11 II. Leksikologiya va uning turlari boʻyicha olib borilayotgan tadqiqotlar


Download 61.52 Kb.
bet2/7
Sana04.10.2023
Hajmi61.52 Kb.
#1691505
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
kurs ishi.ramanova.z

Kurs ishining maqsadi: leksikologiya va ularning turlari, ularning tuzulishi munosabatiga oid nazariy bilimlar bilan qurollantirish, shu bilimlarga tayangan holda ularga hozirgi oʻzbek adabiy tilining strukturaviy, mazmuniy va vazifaviy xususiyatlari, ogʻzaki va yozma shakllari haqida ma’lumot berish.


Kurs ishinining vazifalari:
a) sohaga oid adabiyotlar ustida ishlash, asosiy tushunchalar, terminlar va nazariy umumlashmalar bilan tanishish;
b) hozirgi oʻzbek adabiy tilining tarixiy ildizlari va qoʻshma gap asoslari, adabiy til taraqqiyotini bogʻlovchi omillar haqida ma'lumot berish. Ularda hozirgi oʻzbek adabiy tilidagi qoʻshma gap xususiyatlarini mustaqil tahlil qila olish koʻnikmalarini shakllantirish.
Kurs ishining obyekti: leksikologiya va uning turlari haqida ilmiy va amaliy tushunchalar.
Kurs ishining predmeti: leksikologiya va uning turlari oʻrganishning metodlari va dasturlari.
Kurs ishining metodologik asosi: Tadqiqotning metodologik asosini Sh.M. Mirziyoevning 2019-yil 21-oktyabr kuni «Oʻzbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi farmoni, shuningdek, A.Gʻulomov, B.Mengliyev, G.Boqiyeva, Jamolxonov, M.Asqarova, M.Mirtojiyev, M.Abuzalova, Z.Sayfullayeva, Z.Yunusova kabi oʻzbek tilshunoslarining asarlari va gʻoyalari ilmiy-nazariy hamda metodologik jihati tashkil etdi.
Kurs ishining tuzilishi va xajmi: Kirish, 2 bob, 4 boʻlim, xulosa, foydlanilgan adabiyotlardan iborat. Jami 27 sahifadan tashkil topgan.


I. Leksikologiya va uning turlari
1.1. Umumiy va xususiy leksikologiya
Leksikologiya grekcha: -leksikos -soʻz va logos-ta’limot; soʻz haqida ta’limot demakdir. Leksikologiya tilshunoslikning alohida boʻlimi sifatida boshqa baʼzilaridan, masalan, grammatikadan kechroq paydo boʻlgan. Hatto XX asrda ham strukturalizmning ba'zi ilk yoʻnalishlari leksikologiyani alohida ajratib koʻrsatish zaruratini yo lugʻatning goʻyoki zaif tuzilganligi, yoki tilshunoslik leksikologiyaning oʻzagi boʻlgan semantika bilan umuman shugʻullanmasligi kerakligni inkor etgan Leksikologiyaning bir qator muammolari tilshunoslikning maxsus tarmogʻi sifatida shakllanishidan ancha oldin muhokama qilingan. Qadim zamonlarda va oʻrta asrlarda soʻzning semantikasi va tuzilishi masalalari koʻrib chiqilgan. Qadimgi ritorika soʻzning badiiy vazifasiga e’tibor bergan. 16—18-asrlarda Yevropada leksikografiyaning rivojlanishi. leksikologiyaning rivojlanishiga turtki berdi. Izohlovchi lugʻatlarning soʻzboshilarida (masalan, Fransuz akademiyasi lugʻati, 1694 yil, S. Jonsonning ingliz tili lugʻati, 1755 yil) bir qator leksikologik kategoriyalar (sinonimiya, soʻz birikmasi, birlamchi va hosila soʻzlar va boshqalar) qayd etilgan.). Leksikologiya” atamasi birinchi marta 1765 yilda fransuz ensiklopediyasi D. Didro va J. L. D’Alember tomonidan kiritilgan boʻlib, bu yerda leksikologiya til haqidagi ta’limotning ikkita (sintaksis bilan birga) boʻlimlaridan biri sifatida ta’riflanadi. Mualliflar leksikologiyaning vazifasini soʻzlarni nutqda oʻziga xos qoʻllashdan tashqari oʻrganishda, til lugʻatini tashkil etishning umumiy tamoyillarini oʻrganishda koʻrgan. Ular leksikologiyada soʻzlarning tashqi shakli, ma'nosi va etimologiyasini oʻrganadigan fanni ajratib koʻrsatdilar (bu soʻz yasalishini ham anglatadi). 18-asr uslubi haqidagi risolalarda. soʻzlarning koʻchma ma’nolarini yasash yoʻllari batafsil yoritilgan.
Qiyosiy tarixiy tilshunoslikka oid ilk asarlar (R. K. Rask, F. Bopp) qiyosiy leksikologiyaga asos solgan. 19-asrda Evropada leksikologik tadqiqotlarning asosiy yoʻnalishi semantika edi: soʻzning ichki shakli (V. von Gumboldt), soʻz ma'nolarining shakllanishi va evolyutsiyasining umumiy qonuniyatlari (A. Darmsteter, G. Pol) oʻrganildi, tarixiy leksikologiya katta taraqqiyotga erishdi. Semasiologiyaning yutuqlari M. Breal (1897) asarida umumlashtirildi va rivojlantirildi, bu yerda semasiologiya til fanining maxsus tarmogʻi sifatida paydo boʻldi. 20-asrgacha davom etadi semasiologiyaning rivojlanishi, bir tomondan, mantiq yoki psixologiya ma'lumotlaridan foydalangan holda soʻz ma'nolari evolyutsiyasining umumiy semantik qonuniyatlarini aniqlashga qaratilgan edi (E. Kassirer, X. Kronasser, S. Ullman, G. Stern va boshqalar), keyinchalik semantik universallarning rivojlanishiga olib keldi, boshqa tomondan - ob'ektlar tarixi bilan bogʻliq holda soʻzlar tarixini oʻrganishga olib keldi ("Soʻzlar va narsalar" maktabi, xususan, dialektologiyaga xosdir). Leksikologiyada soʻz turkumlarini oʻrganishga hissa qoʻshgan onomasiologik yoʻnalish B.Kuadri (1952) kitobida bayon etilgan.
Tilshunoslikning leksik birliklarini oʻrganuvchi sohasiga leksikologiya deyiladi. Tildagi soʻzlarning jami leksika (lugʻat sostavi)ni tashkil etadi. Leksika atamasi ayrim shaxs yoki asarga nisbatan ham ishlatiladi. Masalan: H.Olimjon leksikasi, Navoiy romani leksikasi.
Leksikologiyada soʻzning semantik tarkibi, soʻzlarning shakl va ma’no munosabatiga koʻra turlari, lugʻat sostavidagi aktiv va passiv soʻzlar, tarixiy jihatdan oʻzbek tili leksikasi, soʻzlarning ekspressiv-uslubiy xususiyatlari va hokazolar oʻrganiladi. Leksikologiya dastlab ikki turga boʻlinadi:
1.Umumiy leksikologiya-qardosh yoki noqardosh til boʻlishidan qat’iy nazar, umuman, inson tili soʻz boyligini tekshiradi.
2.Xususiy leksikologiya-aniq bir tilning soʻz boyligini oʻrganadi.
Leksikologiyaning bu ikki tarmogʻi oʻzaro bogʻlangan holda ish koʻradi.
Tilning lugʻat sostavi asosan ikki xil yoʻl bilan tekshiriladi. Shunga koʻra leksikologiya ikki tarmoqqa ajraladi: 1) sinxronik (hozirgi); 2) diaxronik (tarixiy) leksikologiya. Lugʻat sostavini tekshirishda bu ikki xil usulni qoʻshib olib borish ahamiyatlidir.
Leksikologiyada 3 tarkibiy qism oʻzaro zich bogʻlangan boʻladi:
1. Leksika-soʻz yoki lugʻat sostavi;
2. Semantika-soʻzning ma’nosi;
3. Etimologiya-soʻzning kelib chiqishi.
Masalan: kitob-soʻz. Oʻquv quroli, arabcha; ishchi-soʻz, shaxs oti, yasama, ish soʻzidan hosil qilingan.
Hozirgi kunda leksikologiya boʻlimida semasiologiya, etimologiya, onomasiologiya (marosim), antroponimiya, gidronimiya, toponimiya, oronimiya, giponimiya, graduonimiya, partonimiya va boshqalar oʻrganilib kelinmoqda.
Oʻzbek tilshunosligida, sal oldinroq frazeologiya, soʻz yasalishi, hatto leksikografiya ham leksikologiya tarkibida oʻrganilib kelinar edi. Hozir ularning har biri tilshunoslikning mustaqil bir sohasi boʻlib ajralib chiqqan. Oʻzbek semasiologiyasini ham yaratish davri allaqachonlar yetib keldi.
Leksikologiya tilshunoslikning fonetika va grammatika boʻlimlari bilan bevosita bogʻlangan: tovush boʻlmasa, soʻz boʻlmaganidek soʻz boʻlmasa, grammatikaning ham boʻlishi mumkin emas. Lugʻat sostavidan nutqda maqsadga muvofiq tarzda foydalanishni nazarda tutsak leksikologiya uslubiyat bilan ham uzviy aloqadadir.
Tilning leksikasi tildagi barcha soʻzlami oʻz ichiga oladi. Tilda bor boʻlgan barcha soʻzlar uning lugʻat tarkibini tashkil etadi. Tilda bor boʻlgan soʻzlaming hisobi aniq emas. Har bir til oʻzining lugʻat tarkibiga ega boʻlib, yuz minglab soʻzlami oʻz ichiga olgan. Eng mukammal tuzilgan lugʻat ham barcha soʻzlarni qamrab ololmaydi. Chunki tilning asta-sekin rivojlanish jarayonida uning lugʻat tarkibi ham takomillashib boradi. Barcha yangi soʻzlar yoki eski soʻzlar lugʻatdan oʻrin olmagan boʻlishi mumkin.
Odatda lugʻat tarkibidagi soʻzlar ishlatilishiga koʻra ikki guruhga boʻlinadi: koʻp ishlatiluvchi soʻzlar yoki faol lugʻat va kam ishlatiluvchi soʻzlar yoki nofaol lugʻat. Koʻp ishlatiluvchi soʻzlar barcha uchun tushunarli boʻlishi bilan ajralib turadi. Masalan, choy, non, ovqat, kelmoq, ketmoq, chiroyli, xunuk, gul, yoʻ1 kabi. Bundan tashqari, xalqning turli gumhlari ham oʻz faol lugʻatiga ega boʻlishi mumkin. Jumladan, tilshunoslar affiks, fonema, morfema, sintaksis, sinonim, omonim kabi soʻz terminlami koʻp qoʻllaydilar. Faylasuflar esa zamon, makon, obyektiv borliq, bazis, ustqurma kabi terminlardan koʻproq foydalanadilar. Bu esa har bir guruhdagi kasb egalarining oʻz faol lugʻati borligini koʻrsatadi.
Kam ishlatiluvchi soʻzlar (nofaol lugʻat)ga tilda mavjud boʻlgan, lekin doim ham qoʻllanmaydigan soʻzlar kiradi. Masalan, yuho, poʻrtana, moʻndi kabi soʻzlar oʻzbek tilida nofaol lugʻatni tashkil etadi.
Faol va nofaol lugʻat oʻrtasida aniq chegara yoʻq. Ba’zan faol soʻzlar yangi soʻzlar bilan almashtirilib, kamroq ishlatilishi natijasida nofaol lugʻatga oʻtadi. Masalan, bir vaqtlar faol lugʻatga mansub boʻlgan omoch, qozi, ellikboshi kabi soʻzlar keyingi paytda nofaol lugʻatgʻa oʻtdi. Aksincha, nofaol lugʻatdagi soʻzlaming ishlatilishi faollashadi.
Masalan, jamiyat taraqqiyotida paydo boʻlib turadigan yangi soʻzlar dastlab nofaol lugʻatga kiradi. Ulaming ma’lum qismi keyinchalik qoʻllanish doirasi kengayib, hammaga tushunarli boʻlib, faol lugʻatgʻa oʻtishi mumkin: traktor, gektar, invistitsiya va boshqalar. Bu hol jamiyatning rivojlanish jarayonida kishilar nutq madaniyatining ham oʻsib borishi bilan bogʻliq. Faol va nofaol lugʻat tushunchalari chet tiliga oʻrgatishda koʻp qoʻllanadi.
Leksikologiya tilning lugʻat tarkibini turli qatorlarga yoki guruhlaiga ajratib oʻrganadi. Lugʻat tarkibini bunday tasnif qilishda ulaming tarixiy kelib chiqishi va ishlatilishiga e’tibor beriladi. Jumladan, barcha kishilar tomonidan keng qoʻllanuvchi soʻzlar alohida gumhni tashkil etadi. Ular kundalik turmushda eng koʻp ishlatiluvchi soʻzlardir. Qoʻllanishi ma’lum bir hudud bilan chegaralangan soʻzlar dialektizmlar deb ataladi va ular ham alohida gumhni tashkil etadi. Masalan, shoti soʻzi Toshkent shevasida arava qismining nomi; Fargʻona shevalarida: a) narvon, b) arava qismi; pashsha soʻzi Toshkent shevasida pashsha, Fargʻona shevasida chivin; tuxum soʻzi Toshkent shevasida tuxum shevalarda mayak, qipchoq shevalarida urugʻi deb ishlatiladi.
Lugʻat tarkibidagi fan va texnika sohalarida ishlatiluvchi soʻzlar terminlar deb, ulami oʻiganuvchi soha esa terminologiya deyiladi. Bunday soʻz-terminlar nutqda koʻpincha ekspressiv boʻyoqqa ega boʻlmaydi. Ekspressiv boʻyoqqa ega boʻlishi va bo’lmasligiga koʻra soʻzlar tasnif qilinadi. Ekspressiv boʻyoqqa ega bolmagan soʻzlar neytral soʻzlar deyiladi. Bunday soʻzlarga kelmoq, istamoq, kitob, qalam kabi kundalik hayotda qoʻllanuvchi soʻzlar kiradi. Ekspressiv boʻyoqqa ega boʻlgan soʻzlar stilistik ma'noda qoʻllangan soʻzlar deb ham ataladi. Bunday soʻzlarga oy, kun, chashma, qosh, yer, nazar tashlamoq, chehra kabi soʻzlar kiradi.
Tilning lugʻat tarkibidagi soʻzlar, asosan, toʻrt guruhga boʻlinadi: 1) umumsoʻzlashuv nutqiga xos leksika; 2) mahalliy soʻzlashuv nutqi leksikasi (dialektizmlar); 3) adabiy-kitobiy leksika; 4) umumadabiy til leksikasi (ogʻzaki va yozma nutqda ishlatiluvchi soʻzlar). Albatta, bu guruhlarga oid soʻzlaming ishlatilishi aniq chegaraga ega emas. Umumsoʻzlashuv nutqiga xos soʻzlar barcha stillarda ishlatiladi. Odatda, adabiy tillarda quyidagi stillar farqlanadi: 1) badiiy stil; 2) publitsistik stil; 3) ilmiy stil; 4) rasmiy ish qogʻozlari stili; 5) soʻzlashuv stili.
Soʻzlar ham bu stillarda ishlatilishiga koʻra tasnif qilinadi. Neytral soʻzlar barcha stillarda qoʻllanaveradi. Terminlar esa fan va texnikaga oid ilmiy asarlarda ishiaiiladi. Terminlar badiiy uslubda ham ba'zan uslub talabiga koʻra qoʻllaniladi. Masalan, urush mavzusida yozilgan asarlarda harbiy terminlar qoʻllaniladi. Asqad Muxtoming “Daryolar tutashgan joyda" asarida sanoat va ishlab chiqarishga oid terminlaming keng qoʻllanilganligi kuzatiladi.
Dialektizmlar ilmiy va rasmiy nutqda, badiiy (muallif nutqida) va publitsistik asarlarda qoʻllanmaydi. Soʻzlashuv uslubida, badiiy asar qahramonlari nutqini aynan berishda dialektizmlardan foydalaniladi: Eshitdigu moro boʻsinga kelaverdik (Rahmat Fayziy). Eskirgan soʻzlar ham, asosan, badiiy nutqda shu maqsadda qoʻllanadi: Ey bizning birinchi rais jumhur, Ismingdan oʻzbekning sha’niga gʻurur. (G ‘afur Gʻulom)
Umumsoʻzlashuv stilida ishlatiluvchi soʻzlar barcha kishilar nutqida qoʻllanuvchi odatiy soʻzlardir: daraxt, togʻ, oʻrmon, suv, kiyim, ovqat kabilar. Umumsoʻzlashuv stilida ishlatiluvchi soʻzlar ba’zan poeziyada ham qo’llanadi. Masalan, Oʻzbekiston vatanim manim (A.Oripov). Bu oʻrinda mening soʻzi jonli soʻzlashuv nutqi shaklida ishlatilgan.
1.Umumiy leksikologiyada barcha tillarning lugʻat boyliklaridagi umumiy holatlar,bu tizimlarning taraqqiyotini belgilovchi umumiy qonuniyatlar koʻriladi. Masalan: - barcha tillarning lugʻat boyliklarida struktura va sistema munosabatlari bor; -barcha tillarning lugʻat boyliklari rivojida lisoniy va nolisoniy omillar ishtirok etadi; - barcha tillarning lugʻat boyliklari taraqqiyotida til va jamiyat, til va ong, til va tafakkur munosabatlarining ta’siri bor; - barcha tillarning lugʻat boyliklarida tadrijiy ravishda eskirish va yangilanish jarayonlari boʻlib turadi; - barcha tillarda lugʻaviy birliklarning zamoniylik, tarixiylik, emotsionalekspressivlik va boshqa jihatlardan qatlamlanishi yuz beradi; -barcha tillarda lugʻaviy birliklar ma’lum tematik va leksik-semantik guruhlarga uyushadi,bunday guruhlar oʻz navbatida sistema va tagsistena yoki makrosistema va leksikologiyaning turlari: umumiy leksikologiya xususiy leksikologiya 6 mikrosistema munosabatlarida boʻladi.
2. Xususiy leksikologiya muayyan bir tilning lugʻat boyligi oʻrganiladi: oʻzbek tili leksikologiyasi, rus tili leksikologiyasi, ingliz tili leksikologiyasi kabi. Xususiy leksikologiya muayyan bir tilning lugʻat boyligini tadqiq qilishda umumiy leksikologiyadagi nazariy umumlashmalarga va har bir tilning oʻz materialiga asoslanadi. U oʻz navbatida ikki turga- tavsifiy (sinxron) va tarixiy (diaxron) leksikologiyalarga boʻlinadi.

Download 61.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling