11-ma’ruza. Mahsulotlarni loyihalash, yaratish va ishlab chiqish tizimi


Download 35.64 Kb.
bet5/8
Sana02.12.2023
Hajmi35.64 Kb.
#1779947
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
11-ma’ruza. Mahsulotlarni loyihalash, yaratish va ishlab chiqish-fayllar.org

Aylanish 
va 
sotish 
bosqichida 
standartlashtirish
mahsulotni
buyumdonlarga joylashtirish, konservalash, transportlash va omborga qo‘yish,
saqlash va sotish paytlarida talab, tartib va eng yaxshi sharoitlarni yaratishga
qaratilgan, bu omborlarda, bazalarda, transport korxonalarida va savdo
tashkilotlarida mahsulot sifatini saqlab qoladi.

Iste’mol va foydalanish jarayonida standartlashtirish mahsulotga xizmat
qilish va uni ta’mirlashga (Shu jumladan, kafolatli ta’mirlashga), foydalanishdagi
mahsulot sifati haqida ma’lumotni yig‘ish
va tahlil qilishga qo‘yiladigan yagona
talablarni belgilaydi, bu xizmat qilish va ta’mirlashni tashkil etishni yaxshilaydi,
foydalanishdagi xarajatlarni kamaytiradi va mahsulot unumini oshiradi.
Sanoat mahsulotini attestatsiyalashda standartlar tizimi ob’yektiv baholash uchun
zarur bo‘lgan sifat ko‘rsatkichlarining zaruriy va etarli ro‘yxatini, yagona tartibini
belgilaydi. Bu attestatsiyani tashkil qilish hamda o‘tkazishga sarflanadigan vaqtni
qisqartiradi va mahsulotni sifat toifalari bo‘yicha baholashga xizmat qiladi.
Standartlashtirish mahsulotni sertifikatlashtirishda muhim ahamiyatga ega.
Mahsulot sifati muammosining echimi metrologik ta’minot darajasiga bog‘liq.
O’lchashlar birliligi va ishonchliligini ta’minlash uchun mamlakatda rivojlangan etalon



bazasi yaratilgan, o‘lchashlar birliligini ta’minlovchi standartlar tizimi ishlab chiqilgan.


Standartlashtirish rivojlanishi zamonaviy bosqichining o‘ziga xosligi — alohida
standartlarni ishlab chiqishdan majmuiy standartlashtirish dasturlariga o‘tishdir. Bu
dasturlarni amalga oshirish tayyor mahsulot, jamlovchi buyumlar, xom ashyo, material,
jihozlar va uskunalar hamda ishlab chiqarishni tayyorlash va tashkil qilish usullari, sinash,
nazorat qilish, o‘lchash, buyumdonga joylashtirish qoidalari, saqlash, transportlash,
foydalanish va ta’mirlashga oid o‘zaro bog‘langan standartlari va texnikaviy shartlarini
ishlab chiqish hamda qayta ko‘rib chiqishni o‘z ichiga oladi.
Majmuiy standartlashtirish dasturlarini ishlab chiqish va tatbq etish butun
faoliyatii oxirgi umumiqtisodiy natijalarga erishishga jalb qilish imkonini beradi.
Ilmiy-texnikaviy taraqqiyot sur’atlari tezlashishi bilan standartlarning samarali
ta’sir qilish vaqti mutlaq va nisbiy qisqarish tendensiyasi paydo bo‘lishiga olib keladi.
Standartlashtirish tobora dinamik tavsifga ega bo‘ladi, bu standartlarni ishlab chiqish,
tatbiq etish va qayta ko‘rib chiqish usullari va muddatlariga yangicha talablar qo‘yadi.
Standartlashtirish tizimi dinamikligi va tezkorligi masalasini yechishga istiqbolli,
ilgarilangan standartlar qaratilgan. Ular mamlakat korxonalari, eng yaxshi xorijiy
firmalarning ilg‘or tajribasini aks ettiradi va sanoati rivojlangan mamlakatlarning
progressiv ko‘rsatkichlarini o‘z ichiga oladi.

Download 35.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling