11-ma’ruza. Mahsulotlarni loyihalash, yaratish va ishlab chiqish tizimi


Download 35.64 Kb.
bet4/8
Sana02.12.2023
Hajmi35.64 Kb.
#1779947
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
11-ma’ruza. Mahsulotlarni loyihalash, yaratish va ishlab chiqish-fayllar.org

Ekspluatatsiya sifati mahsulot sifatini o‘zgarish jarayonlarida namoyon
bo‘ladi. Ekspluatatsiyada bo‘lgan mahsulot sifatiga ekspluatatsiya, servis xizmat
ko‘rsatish va ta’mirlash ishlarini olib borish jarayonlarining sifati ta’sir ko‘rsatadi.
Ekspluatatsiya tajribasi kelgusida mahsulotni takomillashtirish uchun zarur
bo‘lib hisoblanadi.
Hayotiy siklning oxirgi bosqichi ikkilamchi qayta ishlash yoki utillashtirish
bo‘lib hisoblanadi. Bu jarayonlarning sifati ekologik, sanitar va boshqa normalar
bilan belgilanadi.
Bunday tugallanuvchi jarayon modeli sifat halqasi deb ataladi. YUqorida
keltirilgan barcha turdagi faoliyatlar sifat halqasi modelini tashkil etib, yakuniy
natija sifatiga bevosita ta’sir etadi.
2. Mahsulot yaratish va ishlab chiqarishni tashkillash tizimi. 
I
shlab chiqarishni konstruktorlik va texnologik tayyorlash.

Konstruktorlik tayyorgarlik biron bir yangi mahsulot yoki texnologiyani


loyihalashtirish bilan bog’liq bo’lgan ishlardan tashkil topadi. Konstruktorlik
tayyorgarlikni amalga oshirishda iqtisodiy hisob-kitoblar katta ahamiyatga ega
bo’ladi, chunki
ular yangi mahsulot ishlab
chiqarishni yoki modernizasiya
qilishning maqsadga muvofiqligini aniqlab bo’ladi, sarflanadigan xarajatlar «min»
bo’lgan sharoitlarni yaratishlari lozimdir. Mashina va priborlarning yangi turlarini
ishlab chiqarish jarayonida ularning texnik afzalligini xarakterlovchi quyidagi
ko’rsatkichlar hisobga olinadi:
- yangi mashina va proiborlarni (mahsulotlarni) yaratishga sarflangan
mehnat sig’imi;
- mahsulot o’lchovi;
- metaldan foydalanish koeffisiyenti;
Mahsulot tannarxi va boshqalar yangi mahsulot yaratish quyidagi
etaplardan tarkib topadi:
1. texnik vazifalarni ishlab chiqarish;
2. texnik taklifni tuzish;
3. eskiz loyihasini yaratish;
4. texnik loyihalashtirish;
5. ishchi hujjatlarni ishlab chiqarish.



Texnik vazifada ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning barcha texnik


iqtisodiy xarakteristikalari, ularga quyidagi talabalar, ekspluatasiya qilish
shartlari aniq belgilab beriladi. Texnik vazifaga asoslanib texnik taklif ishlab
chiqariladi. Unda mahsulotni ishlab chiqarishning texnik-iqtisodiy jihatdan
maqsadga muvofiq ekanligi asoslab beriladi, mumkin bo’lgan bir necha
variantlar solishtiriladi, mexnatni loyihalashtirish va ishlab chiqarishga
sarflangan
harakatlarning
hisob-kitobi, undan olinadigan
iqtisodiy
samara
hisob-kitob beriladi.
Eskiz loyihasi tanlangan texnik parametrlarni va iqtisodiy ko’rsatkichlarni
tekshirish imkoniyatini
beruvchi hujjatdir.
Eskiz
loyihasi
ishlab
chiqarilayotgan mahsulotni umumiy ko’rinishi chizmasidan, mahsulotning
tuzilishi va ishlash prinsipi, asosiy o’lchovlari, tannarxi to’g’risida
tushuncha
beruvchi, konstruktiv yechimlardan tashkil topadi. Texnik loyiha eskiz loyihaning
to’ldirish natijasida tuzilib, mahsulotning barcha asosiy bo’g’inlarini yaratish,
barcha ko’rsatkichlarni aniqlashtirishdan iborat. Ishchi loyihani tuzishda,
barcha hujjatlar
ishlab chiqish
yakunlanadi, ishlab
chiqarilayotgan
mahsulotning barcha ko’rsatkichlarini ko’rsatuvchi ishchi chizma, tushuntirish
xati,
ekspluatasiya
qilish
instruksiyasi,
tajriba protokollari
beriladi.
Konstruktorning asosiy vazifasi tuzilishi jihatdan sodda va ixcham, lekin
texnik jihatdan takomillashgan chidamli mahsulot yaratishdan iboratdir.
Davlat standartlari yuqori sifatli mahsulotning yangi turlarini ishlab chiqish
jarayonlarini takomillashtirish asosida ishlab chiqish va o‘zlashtirishni
tezlashtirish, tajribaviy namunalarni ishlab chiqish va sinashni tashkil qilish, ishlab
chiqarishni tayyorlash va seriyali mahsulot chiqarishni yo‘lga qo‘yish, fan va
texnikaning eng yangi yutuqlarini tatbiq etish asosida mahsulotni ishlab chiqarish
texnologiyasini va konstruksiyasi elementlarini ishlash bo‘yicha ilmiy-tadqiqot
ishlarini o‘tkazish, mahsulot ishlab chiqaruvchi va buyurtmachi (iste’molchi)
o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan.
Yangi
mashina,
jihozlarni loyihalash yoki
mavjud
jihozlarni
modernizasiya qilishda 2 xil yo’nalishdagi iqtisodiy hisoblar olib boriladi:
1. Mashina va jihozlar qiymati aniqlanadi va shu asosida zaruriy
kapital xarajatlar belgilanadi.
2. Mashinani ishlab chiqarishga joriy etish sharoitida mahsulot yoki
xizmatlar qiymati hisoblanadi.
Mahsulotning qiymati avvalgi qiymat bilan solishtiriladi. Bunda ishlab
chiqarilayotgan mahsulotlar qiymatining pasayishidan olinadigan iqtisod
belgilangan
muddatda
sarflangan
kapital
xarajatlarni
qoplashi
lozim.
Yangi
loyihalashtirilayotgan mashina
va
mahsulotlar
qiymati
quyidagi
xarajat moddalari bo’yicha hisoblanadi:
- xom-ashyo va materiallar (chiqindisiz);
- texnologik maqsadlar uchun yonilg’i va energi;
- ishchilarning asosiy ish haqi;
- ishchilarning qo’shimcha ish haqi;
- ijtimoiy sug’urta ajratmalari;
- ishlab chiqarishni tayyorlash va o’zlashtirish xarajatlari (konstruktorlar,
texnologlar, chizmakashlar va boshqa xodimlarning asosiy va qo’shimcha
ish haqi);



- jihozlarni saqlash va ekspluatasiya qilish xarajatlari;


- sex xarajatlari;
- umumzavod xarajatlari;
- ishlab chiqarishdan tashqari xarajatlar.
Standartlashtirish tizimi yangi mahsulotga oid yuqori sifatli loyiha-
konstruktorlik
hujjatlar
ishlab
chiqilishini,
korxona
sifatning
berilgan
ko‘rsatkichlari bilan uni ishlab chiqarishga tayyorligini va uni o‘z vaqtida ishlab
chiqarishdan olib tashlanishini me’yorlaydi.
Korxona standartlari mahsulotni ishlab chiqarish bosqichida chiqarilayotgan
mahsulot tavsifi va o‘ziga xosligini, korxonalarning tashkiliy-texnikaviy darajasini,
zavodning ichki ixtisoslashishini, muxandis va ishchilar tajribasini hisobga oladi,
korxonalarda sifat bo‘yicha ishlarni aniq va ma’suliyatli tashkil qilishning
imkonini beradi. Ular mahsulot sifatini majmuiy boshqarishga doimiy faoliyat
ko‘rsatuvchi tizim tusini beradi, ilg‘or tajriba asosida unga muntazam rivojlantirish
imkoniyatini yaratadi. Loyihalash, ishlab chiqarish va foydalanish (iste’mol qilish)
jarayonlarida mahsulot sifatini oshirishni rejalashtirish tartibi va usullarini
belgilaydi, mahsulot sifatini nazorat qilish va baholash vositalari va usullariga
bo‘lgan talablarni joriy qiladi, mahsulotni attestatsiyalash tartibini aniqlaydi,
yetkazib beruvchilar va yetkazib berilayotgan xom ashyo, material, jamlovchi
buyumlar sifatini yaxshilash bo‘yicha ishlash tartibini aniqlaydi. Ishlab
chiqarishning bir tekisligini, texnologik intizomni saqlash, yangi mahsulotni ishlab
chiquvchilar, xom ashyo, material va jamlovchi buyumlarni yetkazib beruvchilar
hamda iste’molchilar bilan ishlashni yaxshilash, korxonaning tashkiliy tuzilmasini
takomillashtirish yaroqsizlikdan talafotlarni kamaytirish, bajaruvchilar mehnati
sifatini oshirish, minimal sarflar bilan sifatning yuqori darajasini ta’minlash
imkonini beradi.


Download 35.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling