11-ma’ruza. Mahsulotlarni loyihalash, yaratish va ishlab chiqish tizimi
Download 35.64 Kb.
|
11-ma’ruza. Mahsulotlarni loyihalash, yaratish va ishlab chiqish-fayllar.org
Buyumlar sifatini oshirish. Standartlashtirish orqali ishlab chiqarilayotgan
buyumlarning turlari va o‘lchamlari boshqariladi. Turkumli va ommaviy ishlab chiqarish odatda katta samaraga ixtisoslashgan zavodlarda ishlab chiqarilgan detal, yig‘ma birliklar va buyumlar qo‘llanilishi tufayli erishiladi. Hozirgi kunda ixtisoslashtirilib chiqarilgan, standartlashtirilgan va unifikatsiyalangan agregat va element (blok)larning ulushi 10% ga yaqin. Agar bu ko‘rsatkich 20% gacha etkazilsa, buyumlar tayyorlash tannarxi kamayishi natijasida iqtisodiy samarasini 2 baravar oshirish mumkin. O‘zaro almashinuvchanlik ham ishlab chiqarish tejamkorligini oshiradi, Chunki u sezilarli darajada buyumlar yig’shni soddalashtiradi va u detallarni sozlashsiz (to‘liq o‘zaro almashinuvchanlikda) yoki minimal rostlash va tanlash ishlari bilan (noto‘liq o‘zaro almashinuvchanlikda) yig‘ma birliklarda oddiy birlashtirishga aylanadi. Bunda buyumlardan foydalanish va ularni ta’mirlash osonlashadi, Chunki eg‘ilgan yoki ishdan chiqqan detallar yoxud yig‘ma birliklar foydalanish ko‘rsatkichlarni yomonlashtirmasdan almashtiriladi, Ya’ni buyumlarning tiklanishi va ta’mirlashga yaroqliligi oshadi. Ishlab chiqarish jarayonlarini majmuiy mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish, avtomatik qatorlar, sexlar va korxonalarni yaratish faqat hamma buyumlarni joriy qilingan o‘lchamlar, shakllar va sifat bilan chiqarilishini ta’minlovchi o‘zaro almashinuvchi ishlab chiqarish asosida amalga oshirilishi mumkin. Yangi buyumlarni yaratish, o’zlashtirish va ishlab chiqarish jarayonida tashkiliy-texnik va metodik jabhadagi ma’lum muammolar paydo bo’ladi, mahsulotning sifati, texnik darajasi va raqobatbardoshligi bu muammolarning to’g’ri hal qilinishiga bog’liq. Mahsulot yaratish va ishlab chiqarishni tashkillashtirish tizimi (O’z MYaT) ning asosiy maqsadi iste’molchilarning manfaatlari uchun mahsulotning yuqori texnik darajasi, sifati va raqobatbardoshligini ta’minlashning yagona tashkiliy- metodik asosini shakllantirishdan iborat. O’z MYaT da quyidagi yo’nalishlarni belgilovchi nizomlar o’rnatilgan: – mahsulotni yaratish yoki takomillashtirish imkonini va maqsadga muvofiqligini asoslash; – yangi texnologiyalarni qo’llanish va mahsulotga majburiy talablarga muvofiqlikni hisobga olgan holda ilmiy-texnikaviy istiqbolning zamonaviy yutuqlariga javob beradigan raqobatbardosh mahsulotni yaratish (ishlab chiqish), o’zlashtirish va ishlab chiqish; – mahsulotni yaratish, o’zlashtirish, ishlab chiqarish va foydalanishga topshirish muddatlarini va harajatlarini qisqartirish; – mahsulot sifati tarkibining xalqaro standartlarga va bozor talablariga muvofiqligini asoslash. O’z MYaT standartlashtirish ob’ektlariga mahsulot hayotiy tsiklining bosqichlarida ishlarning bajarilishini va manfaatdor tomonlarning o’zaro birga harakatini ta’minlash kiradi. O’z MYaT faoliyati boshqa standartlashtirish umumtexnikaviy tarmoqlararo tizimlarining standartlari bilan o’zaro harakati bilan ta’minlanadi. Download 35.64 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling