11-ma’ruza. Mahsulotlarni loyihalash, yaratish va ishlab chiqish tizimi


Download 35.64 Kb.
bet7/8
Sana02.12.2023
Hajmi35.64 Kb.
#1779947
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
11-ma’ruza. Mahsulotlarni loyihalash, yaratish va ishlab chiqish-fayllar.org

Iate’mol sohasi 
Маhsulot yoki хizmat
Маhsulot 
sifati 
Ishlab chiqarish sohasida mahsulot sifatini shakllantirish 
Коrхоnа
Коrхоnaning ish sifatini aniqlovchi omillar: 
Jarayon sifati
 Tashkiliy-boshqaruv tizim sifati
Jarayonlar
Jarayonlar sifatini aniqlovchi omilar: 
 Хоdimlar malakasi
 Техnologiya sifati
 Маteriallar sifati
 Qurilmalar sifati
 Каttaliklarni ruxsat etilgan
me’yorlardan og’ishi va h.k.
Jarayon 
sifati 
Sifat 
tizimi 
Ishlab chiqarish sohasida faoliyat natijasini sifatga asoslanib sifatni aks ettirish.


O’z MYaT standartlarining tuzilish strukturasi mahsulot hayotiy tsiklining


barcha bosqichlari bo’yicha taqsimlanadi. O’z MYaTni shakllantirishda mahsulot
hayotiy tsiklining bosqichlari bo’yicha taqsimlangan va o’zaro bog’langan barcha
bajariladigan ishlarni maqsadli va kompleks qamrash tamoyilidan foydalaniladi.
O’z MYaTda ishlarni modul printsipida tashkillashtirish bozor munosabatlariga
o’tish davrida xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning o’zaro aloqalari tashkiliy-texnik
mexanizmini ta’minlashga mo’ljallangan. Xo’jalik yurituvchi sub’ektlar
quyidagilarni nazarda tutishi lozim:
– Qonun hujjatlarining me’yoriy hujjatlarga, me’yoriy hujjatlarning ishlab
chiqarishda qabul qilingan tashkiliy-texnik nizomlarga nisbatan ustunligi, bu esa
turli iqtisodiy-huquqiy vaziyatlar sharoitlarida o’rnatiladigan talablarning
(manfaatdor tomonlar faoliyatini belgilovchi talablarning) tarkibini kengaytirishga
imkon beradi;
– O’z MYaT qatnashchilarining faoliyatini mahsulot hayotiy tsiklining
barcha bosqichlarida, O’z MYaT ni turli boshqaruv shakllaridan foydalanib,
tartibga tushirish;
– ichki va tashqi bozorlarda raqobatbardoshlik talablarini qondiradigan
mahsulot chiqarish bo’yicha O’z MYaT ning so’nggi maqsadiga erishishg;
– O’z MYaT muammolarini hal qilishda iste’molchining ustunligi.
Nol guruh standartlari quyidagilarni o’rnatadi:
– O’z MYaT standartlarini shakllantirish, tuzish va tasniflashda tizim
yasovchi printsiplari bo’yicha umumiy nizomlar;
– mahsulot sifatini ta’minlash;
– mahsulot hayotiy tsiklining bosqichlari;
– mahsulot hayotiy tsiklining bosqichlari bo’yicha ishlarni tashkillashtirish
modullari va modellari.
Birinchi guruh standartlari quyidagilarni o’rnatadi:
– mahsulotning tajriba nushalarini ishlab chiqish ilmiy-texnikaviy yo’llarini
izlash bo’yicha ishlarni bajarishga texnik topshiriq (TT) yoki uning o’rnini
bosuvchi hujjatning tuzilishiga, mazmuniga, bayon etilishiga, kelishish tartibiga va
qabul qilishga buyurtmachining boshlang’ich talablarini ishlab chiqishga talablari;
shuningdek, juda murakkab (va yalpi qo’llaniladigan) mahsulotni shartnoma (yoki
tashabbus) asosida ishlab chiqishning imkoniyatini va maqsadga muvofiqligini
texnik-iqtisodiy asoslash bo’yicha pesh loyihani bajarishga TT;
– tadqiqot va pesh loyihani bajarishga talablar; bularni bajarish va qabul
qilish qoidalari, ishlab chiqish, kelishish va qabul qilish qoidalari;
– tadqiqot va pesh loyiha natijalarini amalga oshirish tartibi.
Ikkinchi guruh standartlari quyidagilarni o’rnatadi:
– buyumlarni ishlab chiqish (takomillashtirish) bo’yicha tajriba-
konstruktorlik ishlarini (TKI) va buyum tarkibiga kiruvchi materiallarni ishlab
chiqish bo’yicha tajriba-texnologik ishlarni (TTI) bajarishga TT (yoki uning
o’rnini bosuvchi hujjat)ning tuzilishi, mazmuni, bayon etilishi, kelishish tartibi va
qabul qilishga talablar;
– TKI, TTI ni bajarishga va qabul qilishga talablar, ularning bosqichlari;
TKI va TTI ning bosqichlarida hujjatlarni ishlab chiqish, kelishish va qabul qilish
tartibi;
– TKI va TTI bo’yicha ishlarni amalga oshirish tartibi;



– TKI va TTI ning o’tkazilishini ta’minlaydigan ishlarni bajarishga talablar


(sinashlar, asosiy namunalarni sinash dasturlari va metodikalari, tajriba nusxa
bo’yicha mahsulot turini sertifikatlashtirish va h.k).
Uchinchi guruh standartlari quyidagilarni o’rnatadi:
– mahsulotni ishlab chiqarishga (tayyorlanish, o’zlashtirish va chiqarishga)
qo’yish tartibiga talablar;
– birlik (bir martalik buyurtmalar bo’yicha takrorlanuvchi) va seriyali
mahsulotni tayyorlashga; nuqsonli (nomuvofiq) mahsulotni va ishlab chiqarishning
foydalanilmaydigan chiqindilardan qayta foydalanishga talablar;
– me’yoriy, konstruktorlik va texnologik hujjatlarning talablarini va ishlab
chiquvchi hamda tayyorlovchining kafolatlangan majburiyatlarini bajarishni
ta’minlash;
– mahsulotni sertifikatlashtirish (muvofiqlikni tasdiqlash)ga va ishlab
chiqish sharoitlariga talablar;
– mahsulotni ishlab chiqarish va (zarur bo’lganda) foydalanish (yoki
iste’mol qilish) jarayonida mualliflik nazoratini o’tkazish tartibi.
To’rtinchi guruh standartlar quyidagilarni o’rnatadi:

O’zbekiston Respublikasi qonunlari va me’yoriy hujjatlarining
iste’molchilarning huquqlarini himoyalash va mahsulotni etkazib berish qoidalari
qismida talablarning bajarilishini ta’minlash tartibi;

Mahsulot muomalasi (idishlarga joylash, taxlash, saqlash va tashish) va
uni buyurtmachi (iste’molchi) ga berish bo’yicha talablar;

Muomalada mahsulot xavfsizligini, sifatning saqlanishini ta’minlash
bo’yicha talablar.
Beshinchi guruh standartlari mahsulotdan iste’molchilarda (savdo
tashkilotlarida) foydalanish bo’yicha talablarni, shu jumladan mahsulotni
foydalanishga qo’yish tartibi va (zarur bo’lganda) qayta foydalanish tartibini
o’rnatadi.
Oltinchi guruh standartlari ta’mirbop mahsulot uchun quyidagilarni
o’rnatadi:
– mahsulotni ta’mirlash korxonasiga qo’yish, shu jumladan ta’mirlashga
tayyorlanish va ta’mirlashni o’zlashtirish tartibi;
– birlik (bir martalik) buyurtma bo’yicha va seriyali ta’mirlashda mahsulotni
ta’mirlashga talablar;
– ta’mirlashga tayyorlash va ta’mirlashga qabul qilishda, ta’mirlash ishlarini
bajarishda va mahsulotni ta’mirdan qabul qilib olishda ta’mir hujjatlari
talablarining bajarilishini ta’minlash tartibi;
– ta’mirlash ishlab chiqarishining sharoitlariga talablar.
Ettinchi guruh standartlari quyidagilarni o’rnatadi:
– etkazib beriladigan mahsulotga e’tirozlar, shikoyatlar va da’volar bilan
ishlash (e’tirozlarni bildirish va qoniqtirish) tartibi;
– mahsulot to’g’risida axborot berish tartibi (byulletenlar, axborotnomalar,
reklamaning qisqacha bayoni va h.k);
– mahsulotdan foydalanish jarayonida texnik nazoratni (monitoringni)
o’tkazish bo’yicha ishlarni tashkillashtirish tartibi;
– mahsulotning belgilangan imkoniyatlarini, xizmat muddatlarini va saqlash
muddatlarini cho’zish tartibi;



– murakkab komplekslarni va boshqa stantsionar ob’ektlarni foydalanishga


kiritish tartibi;
– foydalanish va ta’mirlash hujjatlari, ehtiyot asbob-moslamalar va mahsus
vositalar: o’qitish, tekshirish, o’lchash, sinash, mahsulotga texnik xizmat
ko’rsatish, foydalanish va ta’mirlash vositalari bilan ta’minlash tartibi;
– mahsulotni foydalanishdan olish va undan qayta foydalanish bo’yicha
ishlarni o’tkazish tartibi.
Sakkizinchi guruh standartlari buyumlarni va materiallarni ishlab
chiqarishdan olishga talablarni o’rnatadi.
To’qqizinchi guruh standartlar zahira guruh bo’lib, O’z MYaT ni
rivojlantirish uchun mo’ljallangan.
Bir nechta tasniflash guruhlari uchun talablarni o’rnatuvchi standartlar
birinchi tartib raqamlarining kattalashish tartibi bo’yicha guruhga kiritiladi. O’z
MYaT ning barcha standartlari 15 sinfiga kiradi.

Download 35.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling