11-ma’ruza. Mahsulotlarni loyihalash, yaratish va ishlab chiqish tizimi
Download 380.09 Kb. Pdf ko'rish
|
11-ma\'ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. Mahsulot hayotiy sikli.
- Ishlatilishi
11-ma’ruza. Mahsulotlarni loyihalash, yaratish va ishlab chiqish tizimi. Reja: 1. Mahsulot hayotiy sikli. 2. Mahsulot yaratish va ishlab chiqarishni tashkillash tizimi. 1. Mahsulot hayotiy sikli. Jahon global iktisodiyotini zamonaviy sharoitlarida, bozorda faqat bozor talab qilgan, bozorda qiymatga ega mahsulotni etkazib beruvchi korxonalargina muvaffakiyatga erishishi mumkin. Zamonaviy iktisodiy holat korxonalar rahbarlari e’tiborni alohxida ishchilar samaradorligiga emas, balki korxonani mahsulotga tizimli yondoshishga qaratishga undamokda, bunda korxonaga, iste’molchilar talablariga, shuningdek atrof – muhitni muhofazasi talablariga muvofiq bo‘lgan mahsulot ishlab chiqarish yoki xizmatlar ko‘rsatishga olib keladigan ko‘p jarayonlarni uyg‘unlashgan o‘zaro aloqasi sifatida qaramokdalar. Mahsulotga bunday yondoshishni, jahon iqtisodiyoti rivojlanishini zamonaviy bosqichida korxonalarni oldida turgan maqsadlar va vazifalarni kayta ko‘rib chiqish va mukammallashtirishni davomiy jarayonini okibati bo‘lgan prioritetlar (ustivor yo‘nalishlarni) qayta baholanishi bilan tushintirish mumkin. Mahsulot deganda, mehnat faoliyati jarayonining moddiylashtirilgan natijasi tushunilib, u foydali xossalarga ega bo‘ladi, aniq ishlab chiqarish jarayonlarida olinadi va muayyan jamoa va shaxsiy xarakterli extiyojlarni qanoatlashtirishi uchun mo‘ljallanadi. Mahsulotlar tayyor holda, aniq bozorda sotilishi uchun yaroqli yoki tayyorlash jarayonida, ishlashda, etishtirishda, ta’mirlashda va shunga o‘xshashlarda bo‘lishi mumkin. Mahsulot ta’rifi yana boshka bir hujjat – xalqaro standart ISO 8402 (1991y) da qisqa holda keltirlgan bo‘lib, «mahsulot - faoliyat yoki jarayon natijasi» deb ta’riflangan. Mahsulot moddiylashtirilgan (masalan, qismlar, qayta ishlanadigan materiallar) yoki moddiylashtirilmagan (masalan, axborot yoki tushuncha) yoki ularning o‘zaro uyg‘unlashgan birikmasi sifatida bo‘lishi mumkin. Mahsulot o‘z ichiga xizmatni ham oladi. Mahsulotni yaratilishida, sotilishida va iste’molida yoki ishlatilishida namoyon bo‘ladigan xossasi uning xolisona ko‘rsatkichi hisoblanadi. Mahsulot ko‘pgina turli xossalarga ega bo‘lib, u yaratilishida, sotilishida va iste’molida yoki ishlatilishida namoyon bo‘lishi mumkin. «Ishlatilishi» atamasi shunday mahsulotga nisbatan ishlatilishi mumkinki, bunda mahsulotdan foydalanish jarayonida u o‘z resursi hisobiga sarflanadi. «Iste’mol» atamasi shunday mahsulotga nisbatan ishlatiladiki, uning vazifasiga ko‘ra, ishlatilishida o‘zi sarflanadi. Mahsulot xossalarini shartli ravishda oddiy va murakkab turlarga bo‘lish mumkin. Mahsulotning oddiy xossasiga massa, sig‘im, tezlik va boshka ko‘rsatkichlar kiradi. Mahsulotning murakkab xossasiga misol sifatida buyum ishining ishonchliligini olishimiz mumkin. Bu esa o‘z navbatida bir kator oddiy xossalarni o‘z ichiga qamrab oladi (buzilmasligi, chidamliligi, ta’mirlanuvchanligi va saqlanuvchanligi kabilar). Download 380.09 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling