11-ma’ruza. Mahsulotlarni loyihalash, yaratish va ishlab chiqish tizimi
Download 380.09 Kb. Pdf ko'rish
|
11-ma\'ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mahsulot belgisi
- Sifat halqasi (hayotiy sikl tamoyili).
- Sifat halqasi
Mahsulot sifati deganda, uning vazifasiga binoan muayyan extiyojlarni
kanoatlantirishga yarokliligini belgilaydigan xossalar majmuasi tushuniladi. Mahsulot sifati, uni tashkil etuvchi buyum va materiallarning sifatiga bog‘lik. Agar mahsulot mashinasozlik buyumlaridan tashkil topgan bo‘lsa, mahsulotning sifatini belgilovchi, uning ayrim buyumlarining hamda birxillik, o‘zaro almashuvchanlik va boshka shunday xossalarining majmuasidan tashkil topadi. Masalan, paxta terish mashinasining sifati, uni tashkil etuvchi dvigatelning, shpindellarning, bolt va gaykalarning, g‘ildirak va undagi rezina kabilarning sifatiga bog‘lik. Mahsulot belgisi deganda, mahsulotning har qanday xossalari va xolatlarining mikdoriy va sifat tavsiflari tushuniladi. Sifat belgisiga materialning rangi, buyumning shakli, detalning satxida ximoya va bezak uchun ma’lum qoplamalarning bo‘lishi, prokatning yon tomoni (burchak, tavr, shvellar va shunga o‘xshashlar), mahsulot detallarining biriktirish usullari (payvandlash, yopishtirish, parchinlash va shunga o‘xshashlar), sozlash usullari (qo‘lda, yarim avtomatik, avtomatik va shunga o‘xshashlar) kiradi. Sifat belgilari orasida mahsulot sifatini mahsulotda katta axamiyatga ega bo‘lgan statistik nazoratda ko‘llanuvchi mukobil belgisi bo‘lib, faqatgina ikkita bir – birini inkor kiluvchi imkoniyatlari bo‘lishi mumkin. Masalan, buyumlarda yaroksizlikning borligi yoki yo‘qligi, detallarda himoya qatlami borligi yoki yo‘qligi va shunga o‘xshashlar. Mahsulotning mikdoriy belgisi uning parametridir. Mahsulot sifati o‘zining ko‘rsatkich alomati bilan ifodalanadi. Sifat halqasi (hayotiy sikl tamoyili). Mahsulotning hayotiy sikli modeli yoki “sifat halqasi” mahsulotning sifat ko‘rsatkichlarini shakllantirish va o‘zgarishining asosiy bosqichlarini tahlil qilish asosida qurilgan. Modelning asosini mahsulotning sifat ko‘rsatkichlariga sifatni aks ettiruvchi faoliyat turlarining ketma-ketilik zanjirini tashkil etadi (3.12-rasm). Mahsulotning tavsiflarini sifat halqasini tashkil etuvchilariga ta’sir etish yo‘li bilan o‘zgartirish mumkin. Sifat halqasi – iste’molchilarning ehtiyojlarini niqlashdan boshlab to ularning qanoatlanganligini baholashgacha bo‘lgan turli bosqichlarda sifatga ta’sir qiluvchi o‘zaro bog‘liq faoliyat turlarining konseptual modelidir. Sifat halqasi yakuniy natija sifatiga, jarayonlar sifatini navbatma-navbat aks ettirilganligini aniq ko‘rsatadi. Umuman sifat natijasi loyiha, ishlab chiqarish va ekspluatatsiya sifatlarining yig‘indilarini o‘zida namoyon etadi (jadval). Download 380.09 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling