11-ma’ruza. Mahsulotlarni loyihalash, yaratish va ishlab chiqish tizimi


Download 380.09 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/7
Sana20.06.2023
Hajmi380.09 Kb.
#1630579
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
11-ma\'ruza

Buyumlar sifatini oshirish. Standartlashtirish orqali ishlab chiqarilayotgan 
buyumlarning turlari va o‘lchamlari boshqariladi. Turkumli va ommaviy ishlab chiqarish 
odatda katta samaraga ixtisoslashgan zavodlarda ishlab chiqarilgan detal, yig‘ma 
birliklar va buyumlar qo‘llanilishi tufayli erishiladi. Hozirgi kunda ixtisoslashtirilib 
chiqarilgan, standartlashtirilgan va unifikatsiyalangan agregat va element 
(blok)larning ulushi 10% ga yaqin. Agar bu ko‘rsatkich 20% gacha etkazilsa, 
buyumlar tayyorlash tannarxi kamayishi natijasida iqtisodiy samarasini 2 baravar 
oshirish mumkin. 
O‘zaro almashinuvchanlik ham ishlab chiqarish tejamkorligini oshiradi
Chunki u sezilarli darajada buyumlar yig’shni
soddalashtiradi va u detallarni 
sozlashsiz (to‘liq o‘zaro almashinuvchanlikda) yoki minimal rostlash va tanlash 
ishlari bilan (noto‘liq o‘zaro almashinuvchanlikda) yig‘ma birliklarda oddiy 
birlashtirishga aylanadi. Bunda buyumlardan foydalanish va ularni ta’mirlash 
osonlashadi, Chunki eg‘ilgan yoki ishdan chiqqan detallar yoxud yig‘ma birliklar 
foydalanish 
ko‘rsatkichlarni 
yomonlashtirmasdan 
almashtiriladi, 
Ya’ni 
buyumlarning tiklanishi va ta’mirlashga yaroqliligi oshadi. 
Ishlab 
chiqarish 
jarayonlarini 
majmuiy 
mexanizatsiyalash 
va 
avtomatlashtirish, avtomatik qatorlar, sexlar va korxonalarni yaratish faqat hamma 
buyumlarni joriy qilingan o‘lchamlar, shakllar va sifat bilan chiqarilishini 
ta’minlovchi o‘zaro almashinuvchi ishlab chiqarish asosida amalga oshirilishi 
mumkin. 


Yangi buyumlarni yaratish, o’zlashtirish va ishlab chiqarish jarayonida 
tashkiliy-texnik va metodik jabhadagi ma’lum muammolar paydo bo’ladi, 
mahsulotning sifati, texnik darajasi va raqobatbardoshligi bu muammolarning 
to’g’ri hal qilinishiga bog’liq. 
Mahsulot yaratish va ishlab chiqarishni tashkillashtirish tizimi (O’z MYaT) 
ning asosiy maqsadi iste’molchilarning manfaatlari uchun mahsulotning yuqori 
texnik darajasi, sifati va raqobatbardoshligini ta’minlashning yagona tashkiliy-
metodik asosini shakllantirishdan iborat. O’z MYaT da quyidagi yo’nalishlarni 
belgilovchi nizomlar o’rnatilgan: 
– mahsulotni yaratish yoki takomillashtirish imkonini va maqsadga 
muvofiqligini asoslash; 
– yangi texnologiyalarni qo’llanish va mahsulotga majburiy talablarga 
muvofiqlikni hisobga olgan holda ilmiy-texnikaviy istiqbolning zamonaviy 
yutuqlariga javob beradigan raqobatbardosh mahsulotni yaratish (ishlab chiqish), 
o’zlashtirish va ishlab chiqish; 
– mahsulotni yaratish, o’zlashtirish, ishlab chiqarish va foydalanishga 
topshirish muddatlarini va harajatlarini qisqartirish; 
– mahsulot sifati tarkibining xalqaro standartlarga va bozor talablariga 
muvofiqligini asoslash. 
O’z MYaT standartlashtirish ob’ektlariga mahsulot hayotiy tsiklining 
bosqichlarida ishlarning bajarilishini va manfaatdor tomonlarning o’zaro birga 
harakatini ta’minlash kiradi. O’z MYaT faoliyati boshqa standartlashtirish 
umumtexnikaviy tarmoqlararo tizimlarining standartlari bilan o’zaro harakati bilan 
ta’minlanadi. 

Download 380.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling