11-mavzu: axborot va kommunikasiya Reja
Download 0.65 Mb.
|
Менежмент маъруза 1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Motivlash va ehtiyojlar iyerarxiyasi
Taqdimlashning turlari
Rahbar asosan taqdimlashning ikki turidan foydalanadi. Bular ichki va tashqi taqdimlash hisoblanadi. Ichki taqdimlash ishning o’zidan kelib chiqadi. Masalan, natijalardan qoniqish hissi va bajariladigan ishning ahamiyati, o’zini-o’zi hurmat qilish. Do’stona munosabat va muloqotlar ham ichki taqdimlashga kiradi. Ichki taqdimlashning oddiy usuli – bu qulay ish sharoitini yaratish va vazifani aniq belgilashdir. Tashqi taqdimlash ishning mazmunidan kelib chiqmaydi, uni tashkilot beradi. Ish haqi hajmi, xizmat mansablari bo’yicha ko’tarilish, xizmat mavqyeini belgilaydigan simvollar va maqtov, tan olish, hamda qo’shimcha mukofotlar (qo’shimcha mehnat ta’tili, xizmat mashinasi, muayyan xarajatlarni to’lab berish, sug’urta) hisoblanadi. Ishchilarni motivlash uchun ichki va tashqi taqdimlashning hajmini aniqlash lozim. Buning uchun ma’muriyat o’z xodimlarining ehtiyojlarini to’g’ri aniqlashi kerak. Motivlash va ehtiyojlar iyerarxiyasi A.Maslou nazariyasiga muvofiq, hamma ehtiyojlarni 13.1. rasmda ko’rsatilganidek iyerarxik strukturaga joylashtirish mumkin. Inson ehtiyojlar iyerarxiyasidagi qaysi ehtiyojlarni qondirishga harakat qilayotgan bo’lsa, aynan shu ehtiyojlar uning fyel-atvorini belgilaydi. Odatda ehtiyojlarning qondirilishi ularning qo’yi pog’onalaridan boshlanadi. Qo’yi pog’ona ehtiyojlari qondirilgandan so’ng yuqori pog’ona ehtiyojlariga navbat keladi. Muayyan vaziyatda inson o’zi uchun muhim yoki kuchli motivga ega ehtiyojlarni qondirishga harakat qiladi. Rasm 15.1. A.Maslouning ehtiyojlar iyerarxiyasi Inson shaxs sifatida rivojlanib borgan sari uning potentsial imkoniyatlari kengayib boradi, o’z-o’zini namoyish etish ehtiyoji to’lig’icha qondirilishi mumkin emas. Shuning uchun ham ehtiyojlar orqali insonning fyel-atvoriga ta’sir etish, uni motivlash yaxshi imkoniyatlarga ega. Och qolgan inson avvalambor, oziq-ovqatni izlaydi, qorni to’ygandan keyin esa boshpana qidiradi. Qulay va xavfsiz hayot kechirayotgan inson ijtimoiy munosabatlarga ehtiyoj sezadi, keyinchalik esa atrofdagi insonlar o’rtasida hurmat-ye’tibor qozonishga intiladi. Inson ichki qoniqishni va atrofdagilarning hurmatiga sazovor bo’lganligini his etgandan so’ng, uning muhim ehtiyojlari potentsial imkoniyatlari mos ravishda o’sib boradi. Lekin vaziyat keskin o’zgaradigan bo’lsa, inson uchun muhim ehtiyojlar strukturasi ham sezilarli o’zgaradi. Ba’zan ehtiyojlar iyerarxiyasidan o’rin olgan navbatdagi yuqori darajadagi ehtiyojlar inson fyeliga ta’sir qila boshlashi uchun qo’yi pog’ona ehtiyojlarini to’liq qondirilishi shart emas. Shunday qilib, iyerarxik pog’onalar diskret ketma-ketlik emas. Masalan, insonlar odatda, jamiyatda munosib o’rin egallash harakatlarini o’zlarining fiziologik ehtiyojlari qondirilishidan ancha avvalroq boshlaydilar. Jadval 13.1. Download 0.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling