15.2. MOTIVLAShNING ZAMONAVIY NAZARIYaLARI.
Menejment nazariyasida motivlash ikki toifaga bo’linadi: mazmuniy va jarayoniy nazariyalardir.
Motivlashning mazmuniy nazariyalari insonlarni aynan shunday harakat qilishga majburlaydigan ichki ehtiyojlarini, his-tuyg’ularini (yehtiyojlarini) turkumlashga asoslanadi. Motivlashning jarayoniy nazariyalari insonlarning qabul qilishi va bilishi natijasida o’zlarini qanday tutishini aniqlashga qaratilgan. Asosiy jarayoniy nazariyalar – bu kutish nazariyasi, odillik nazariyasi va Porter-Louler modeli hisoblanadi.
Yehtiyojlar birlamchi va ikkilamchi bo’ladi.
Birlamchi ehtiyojlar o’z tabiatiga ko’ra fiziologik hisoblanadi masalan: oziq-ovqat, suv, nafas olish va uxlash hamda inson tanasi talab qiladigan boshqa ehtiyojlardir.
Ikkilamchi ehtiyojlar o’z tabiatiga ko’ra psixologik hisoblanadi masalan: muvaffaqiyat, hurmat, bog’liqliklar, hokimiyat va muayyan guruhga tegishli bo’lish ehtiyoji.
Yehtiyojlar va fyel-atvor motivi – o’zaro bog’liq toifalar hisoblanadi.
Muayyan yo’nalishga ega biron narsaning etishmayotganligini his etish – bu muhtojlik deb ataladi.
Ruhshunoslar insonlarni kuzatib aniqladilarki, ehtiyojlar harakat qilish motivi hisoblanadi. Inson ehtiyojlarni his etsa, ularda maqsad sari intilish hissiyoti uyg’onadi. Muayyan yo’nalishga ega biron narsaning etishmayotganligini his etish – bu muhtojlik deb ataladi. U xulqiy ko’rinishga ega bo’lib, insonlarni maqsad sari intilishga undaydi. Ushbu ma’noda maqsadlar ehtiyojlarni qondirish vositasi sifatida qaraladi. O’z maqsadlariga erishgan insonlarda qoniqish, qisman qoniqish yoki qoniqmaslik paydo bo’ladi.
Insonlar o’z ehtiyojlarini qoniqishiga sabab bo’ladigan fyel-atvorni va harakatlarni takrorlashni, qoniqish keltirmaganlarini esa takrorlamaslikka harakat qiladi. Ushbu jarayon natijalar qonuni deb ataladi.
Motivlash muayyan darajada taqdimlash (mukofotlash) bilan bog’liq. Bunda “taqdimlash” pul mukofoti yoki odatda qoniqish keltiradigan boshqa moddiy manfaatdorlik nisbatan kengroq ma’no kasb etadi. Taqdimlanish – bu inson o’zi uchun qimmatli hisoblaydigan narsalarga ega bo’lishidir. Qadriyatlar tushunchasi insonlar uchun o’ziga xos xususiyatlarga ega, demak, mukofotlarning qimmatini baholash ham nisbiy hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |