11-mavzu: axborot va kommunikasiya Reja
-Mavzu: MENEJMENT tizimida STRATEGIK VA TAKTIK REJALAShTIRISh
Download 0.65 Mb.
|
Менежмент маъруза 1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ichki koordinasiya.
14-Mavzu: MENEJMENT tizimida STRATEGIK VA TAKTIK REJALAShTIRISh.
Reja: 14.1.Strategik rejani shakllantirish jarayoni. 14.2.Strategik rejani baholash. 14.3.Taktik rejalarning tavsifi. 14.1.Strategik rejani shakllantirish jarayoni. Strategik rejalashtirish barcha boshqaruv qarorlari uchun asos bo’lib xizmat qiladi. Tashkilotning funksiyalari motivlari va nazorat jarayoni strategik rejalarni yaratishga qaratiladi. Strategik rejalashtirish – bu tashkilotning missiyasini va maqsadlarini bajarish uchun uzoq kelajakga mo’ljallangan, har tomonlama puxta o’ylangan boshqaruv rejasidir. Boshqaruv sohasidagi ko’pchilik olimlarning fikricha strategik rejalashtirish jarayoni boshqaruv qarorlarini yaratishga yordam beradigan vosita hisoblanadi. Strategik rejalashtirishning vazifasi – tashkilotga yangiliklarni va o’zgarishlarni kirib kelishi uchun keng yo’l ochib berishdan iborat. Tashqi muhitga moslashuvni keng ma’noda tushunish lozim. Tashkilot faqat o’zi bilan ovora bo’lib qolmasligi lozim, chunki biznesni ko’pchilik subyektlarining strategiyalari tovarlarni bozordagi harakatini ta’minlash bilan bog’liq. Bozor dinamik xarakterda bo’lganligi uchun biznesning rivojlanishiga bevosita ta’sir ko’rsatadi. Strategik rejalashtirish biznesning imkoniyatlarini va rivojlanishning ehtimolli yo’nalishlarini baholash uchun imkon yaratadi. Strategik rejalashtirish kompaniyaning atrof muhit bilan munosabatlarini yaxshilaydigan strategik xarakterdagi barcha harakatlarni qamrab oladi. Ichki koordinasiya. Tashkilotning ichki operasiyalarini samarali integrasiyasini ta’minlash maqsadida uning kuchli va zaif tomonlarini o’zida mujassam etadi. Strategik reja ishonchli ma’lumotlarga asoslanishi lozim. Bugungi biznes olamida muvaffaqiyatli raqobatlashish uchun firma muntazam ravishda tarmoq, bozor, raqobat va boshqa omillar to’g’risida katta hajmdagi axborotlarni to’plash va ularni tahlil etish bilan mashg’ul bo’lishi lozim. M.Meskon strategik rejalashtirishning taxminiy jarayonini taklif etgan (rasm 7.1.) Ташкилот миссияси Ташкилот мақсадлари Ташкилотни кучли ва заиф томонларини бошқарув таҳлили Ташқи муҳит таҳлили ва уни баҳолаш Стратегик баҳолаш Стратегияни тадбиқ этиш Стратегияни танлаш Стратегик альтернативлар таҳлили Rasm 7.1. Strategik rejalashtirish jarayoni. Strategik reja firmaga aniqlik va individuallik bag’ishlaydi, rivojlanish istiqbollarini ochib beradi. Bozor dinamikasiga mos ravishda strategik rejalar nafaqat istiqbolli bo’lishi balki, modifikasiyalash va qayta yo’naltirish imkoni beradigan qayishqoq ham bo’lishi lozim. Strategik rejani firmaning faoliyatini uzoq vaqt davomida foydali yo’nalishda harakat qildiradigan dastur sifatida qarash kerak. Lekin o’zgaruvchan tadbirkorlikda va ijtimoiy muhitda turli-tuman muvofiqlashtiruvchi harakatlar amalga oshirilishi mumkin. Strategik rejalashtirish qaror qabul qilish uchun asos hisoblanadi. Asoslangan va sistemalashgan qarorlarni qabul qila turib, rahbariyat sifatsiz va noaniq axborotlar ta’sirida noto’g’ri qaror qabul qilishdan saqlanadi. Rejalashtirish belgilangan maqsadlarni aniq shakllantirishga xizmat qilishi tufayli tashkilot ichida umumiy maqsadlarning yaxlitligini ta’minlaydi. Download 0.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling