Norasmiy usullar.
Verbal axborotlar.
Tashqi muhitni tahlil etishda verbal, og’zaki axborotlarni to’plash usullaridan keng foydalaniladi. Radio va televideniyaning iste’molchilarning, ta’minotchilarning, raqobatchilarning, yuristlarning, hisobchilarning moliyaviy taftishchilarning, maslahatchilarning axborotlari, kengashlarda tarqaladigan axborotlar shular jumlasidandir.
Bunday verbal axborotlar tashkilotni qiziqtiradigan barcha tashqi muhit omillariga tegishlidir. Ushbu axborotlar o’zgaruvchan bo’lib, odatda ko’pchilik unga ishonib ish ko’radi. Ba’zan esa ular noaniq, eskirgan va tarqoq bo’ladi.
Yozma axborotlar. Tashqi muhitdagi yozma axborotlar manbai – bu gazeta, jurnallar, axborot byulletenlari, ixtisoslashgan axborot manbalari va yillik hisobotlardir. Lekin ushbu axborotlar ham eskirgan, noaniq va tarqoq bo’lishi mumkin.
Sonli usullar.
Agar o’tmishda tashkilotning faoliyati muayyan an’analar doirasida kechgan bo’lib, ushbu an’analarni davom ettirish mumkin bo’lsa, hamda mavjud axborotlar statistik ishonchli an’analarni tasdiqlasa, sonli usullardan foydalanish uchun asos mavjud deyish mumkin. Sonli prognozlashning ikki tipik usuli mavjud. Bular vaqt birliklari qatorini tahlil etish va kazual (sabab-oqibat) modellashtirishdir.
Vaqt birliklari qatorini tahlil etish.
Ushbu usulga muvofiq, o’tmishda yuz bergan voqyealar kelajakni baholash uchun yaxshi asos bo’ladi. Ushbu tahlil o’tmish an’analarini aniqlash va ularni kelajakda davom ettirish usuli hisoblanadi. Undan foydalanish uchun jadval yoki grafik ko’rinishdagi koordinatlar sistemasiga o’tmish voqyealari bir nuqta sifatida kiritiladi.
Kazual (sabab-oqibat) modellashtirish. Ulardan o’zgaruvchanlar soni bittadan ortiq bo’lganda foydalaniladi. Kazual modellashtirish – bu o’xshash vaziyatlarda tahlil etiladigan omillar va boshqa o’zgaruvchanlar o’rtasidagi statistik bog’liqliklarni aniqlash orqali kelajakni prognoz qilishdir. Talabning elastiklik darajasi bilan tovar narxi o’rtasidagi bog’liqlikni aniqlashda kazual modellashtirishdan foydalaniladi (Masalan, agar tovarlarning narxi 1%ga o’zgarishi natijasida ularga bo’lgan talab 1%dan ko’proq o’zgarsa, talab elastik hisoblanadi).
Do'stlaringiz bilan baham: |