11-mavzu: axborot va kommunikasiya Reja
Ishlab-chiqarish mahsulotini marshrutlash
Download 0.65 Mb.
|
Менежмент маъруза 1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Texnologik jarayonlarni boshqarish
- Yangi korxona uchun qulay joyni aniqlash
- Materiallarni qayta tashish
- Qarorlar daraxti
- Prognozlash.
Ishlab-chiqarish mahsulotini marshrutlash – bu mahsulotni tayyorlashning muqobil texnologik marshrutini aniqlashdan iborat. Bunda mahsulot bir-necha qayta ishlash bo’g’inlaridan birin-ketin o’tadi. Har bir operasiya o’zining xarajatlari va mehnat unumdorligi bilan ifodalanadi.
Texnologik jarayonlarni boshqarish. Bunda material resurslardan samarali foydalanish ya’ni metalni, charmni, matoni kesishda minimum chiqindiga chiqarish yo’llarini izlab topish. Zahiralarni tartiblashtirish. Omborxonalarda saqlanadigan mahsulotlarni muqobil majmuasini ta’minlash. Ishlab-chiqarishni kalendar rejalashtirish. Qurilish montaj ishlarini bajarish muddatlarini va zahiralarini muqobil hajmini hamda ular bilan bog’liq xarajatlarni minimallashtiradigan kalendar rejasini tuzish. Yangi korxona uchun qulay joyni aniqlash. Tayyor mahsulotni tashish, uni savdo nuqtalariga yetkazib berishning muqobil marshrutlarini inobatga olgan holda yangi korxonani joylashuvini rejalashtirish. Transportni kalendar rejalashtirish. Yuk tashish mashinalariga va boshqa transport vositalariga yuk ortish xarajatlarini pasaytirish. Ishchilarni taqsimlash. Ishchilarni ish joylariga taqsimlash bo’yicha xarajatlarni pasaytirish. Materiallarni qayta tashish. Korxonani ichida bo’linmalararo va ochiq omborxonalardan qurilish maydonchasiga yuk tashishlar bilan bog’liq xarajatlarni minimallashtirish. Qarorlar daraxti. Qarorlar daraxti harakat yo’nalishlaridan eng muqobilini tanlashda foydalaniladi. Qarorlar daraxti – qaror qabul qilish muammolarini sxematik ko’rinishda tasvirlash demakdir. Ushbu usul rahbarga turli harakat yo’nalishlarini inobatga olish, moliyaviy natijalarni taqqoslash, voqyealarni yuz berish ehtimolini baholash imkonini beradi. Qarorlar daraxti – bu qarorlarning uzviy bog’liqligini ta’minlashda foydali vosita hisoblanadi. 13.5. Prognozlash usullari. Rahbar kelajakda yuz berish mumkin bo’lgan voqyea va hodisalarni nazorat qila olmaydi. Lekin rahbar istiqbolni rejalashtirishi kerak. Istiqbolni statistik ma’lumotlarga, qonuniyatlarga an’analarga va o’tmish tajribalarga asoslanib, u yoki bu darajadagi og’ishlar bilan prognoz qilish mumkin. Istiqbolga nisbatan ushbu prognoz qanchalik to’g’ri bo’lsa, haqiqatga yaqin kelajak rejalarini tuzish imkoniyati ham shunchalik yuqori bo’ladi. Prognozlash. Kelajakni oydinlashtirish maqsadida o’tmish tajribasidan va joriy vaziyatdagi, o’zgarishlarni inobatga olgan holda foydalanishga harakat qilish prognozlash bo’lsa, rejalashtirish uchun foydalanish mumkin bo’lgan istiqbolga ega bo’lamiz. Quyidagi prognozlar turi keng tarqalgan: iqtisodiy; texnologiyaning rivojlanishi; raqobatning rivojlanishi; ijtimoiy. Prognozlashda axborotlarni to’plash har-xil usullar bilan amalga oshiriladi. Download 0.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling