11-mavzu: axborot va kommunikasiya Reja
Modellashtirish jarayolari
Download 0.65 Mb.
|
Менежмент маъруза 1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Modellashtirish muammolari.
13.3. Modellashtirish jarayolari
Modelni yaratish ham boshqaruvdagi kabi jarayon hisoblanadi. Ushbu jarayonning asosiy bosqichlari: vazifalarni qo’yilishi, modelni yaratish, uni ishonchliligini tekshirish, modelni hayotga tadbiq etish va yangilash. Modelni yaratishda birinchi eng muhim vazifa bu – vazifalarning to’g’ri qo’yilishidir. Agar vazifa noto’g’ri qo’yilsa, hyech qanday matematik apparat ham dasturlovchi qo’rilma ham yordam bera olmaydi. Vazifalarning to’g’ri qo’yilishi hattoki uni yechimidan ham muhimroq hisoblanadi. Muammoning muqobil yechimini topish uchun avvalambor, muammoni yaxshi tushunish lozim. Rahbar muammoning sabablarini uni oqibatlaridan ajrata bilishi lozim. Vazifa to’g’ri qo’yilgandan keyingina modelni yaratishga kirishish mumkin. Buning uchun modelning asosiy maqsadini aniqlash va boshlang’ich axborotlarni to’plash lozim. Model yaratilgandan keyin uni ishonchliligini tekshirish mumkin. Modelni real hayotga mos kelishini aniqlash bu – tekshiruv jarayonining muayyan jihatlaridan hisoblanadi. Modelni ishlashiga shubha qilmaslik uchun maqsadli funksiyalarga va operasiyalarga nisbatan sinab ko’rish lozim. Modelni tajribada sinash muvaffaqiyatli bo’lsa ham, uni yangilab turish talab qilinadi. Tashqi muhitdagi o’zgarishlar, yangi iste’molchilarning, ta’minotchilarning va texnologiyalarning paydo bo’lishini inobatga olsak, modelni yangilash sabablarini tushunamiz. Modellashtirish muammolari. Har qanday usullar va vositalar kabi boshqaruv modellari ham xatoliklarga sabab bo’lishi mumkin. Boshlang’ich axborotlardagi xatoliklar, relevant axborotlarni to’plashdagi to’siqlar va boshqa shu kabilar modellarning samaradorligini pasaytirishi mumkin. Masalan, tashkilot bo’yicha xodimlarning o’rtacha soni aniqlangan bo’lib, bo’linmalar va mansablar bo’yicha noma’lum bo’lsa, bunday axborotlarga tayanib modelni yaratib bo’lmaydi. Iste’molchini model oldidagi qo’rquvi, ishonchsizlik bilan qarashi, model narxini yuqoriligi, model bilan ishlash ko’nikmalarining mavjud emasligi, olingan natijalarni tushunmaslik modelning samadorligini pasaytiradi. Download 0.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling