11-mavzu: axborot va kommunikasiya Reja


Download 0.65 Mb.
bet71/83
Sana13.02.2023
Hajmi0.65 Mb.
#1196110
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   83
Bog'liq
Менежмент маъруза 1

Ijtimoiy mas’uliyat yuridik mas’uliyatdan farqli ijtimoiy muammolarni yechishga ko’ngilli ravishda yordam berishni, ijtimoiy ehtiyojlarni qondirishga “labbay” deb javob berishni nazarda tutadi. Ushbu yordamlar qonunlar yoki davlat organlari boshqaruvi doirasida yotmaydi. Masalan, mahalliy boshqaruv qonunlariga muvofiq, tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanadigan korxona o’z manziliga yaqin hududlarda tozalikni va tartib intizomni (atrof muhitni muhofaza qilish, oqlash, asfaltlash, yo’llarni tuzatish, yoritkichlarni o’rnatish va h.k.) ta’minlashi lozim. Lekin tashkilot amalda ushbu talablarni faqat 80%ga bajaradi. Shu sababli u qonun oldida javob beradi. Lekin ushbu tashkilotning ijtimoiy javobgarligi ham mavjud, masalan, yozgi ta’til paytida o’quvchilarni sog’lomlashtirish markazlariga yetkazish uchun mikroavtobus tashkil qilish, insonparvarlik tadbir-choralarini amalga oshirish va boshqa shu kabilar.


23.2. Ijtimoiy omillarning biznes va jamiyat uchun ahamiyati.
M.Meskon ijtimoiy mas’uliyatning ijobiy tomonlarini quyidagicha tasvirlaydi.
1. Biznes uchun uzoq muddatli qulay imkoniyatlar ochiladi. Korxona amalga oshiradigan ijtimoiy tadbir-choralar biznesning ijobiy obrazini mustahkamlaydi. Ushbu tadbir-choralar ma’lum xarajatlar bilan bog’liq bo’lsa ham, uzoq kelajakda ular korxonaga foyda ko’rinishida qaytib keladi. Chunki mahalliy iste’molchilar nazarida biznesning jozibadorligi va insonparvarlik qiyofasi oshadi.
2. Keng ommani ijtimoiy kutishlari va ehtiyojlari o’zgarib boradi. Ijtimoiy kutishlar va korxonaning javob reaksiyasi o’rtasidagi farqlarni kamaytirish uchun ular korxonaning ijtimoiy muammolarini yechish jarayoniga jalb etiladi.
3. Ijtimoiy muammolarni hal etishga yordam berish uchun resurslarning mavjudligi. Biznes muayyan insoniy va moliyaviy resurslarga ega. Ijtimoiy ehtiyojlarni qondirish uchun resurslarning bir qismini ushbu ehtiyojlarni qondirishga ajratish mumkin.
4.Korxonalar ijtimoiy mas’uliyatni his etib, o’zining zimmasiga ma’naviy majburiyatni olishlari lozim. Korxonalar ham jamiyat a’zosi hisoblanadi, shu sababli ular ijtimoiy-ma’naviy me’yorlarga amal qilishlari talab qilinadi. Korxonalar jamiyatning yakka insonlari kabi ijtimoiy javobgarlikni his etib, uning ma’naviy asoslarini mustahkamlashga xizmat qilishlari shart. Bundan tashqari qonunlar insonlar hayotining hamma jihatlarini qamrab ololmaydi, shuning uchun korxonalar mas’uliyatli va qonunparvar fyel-atvorga amal qilishlari lozim.
Biznes ijtimoiy majburiyatlarni bajarish uchun emas, balki foyda olish maqsadida yaratiladi. Ijtimoiy majburiyatlarni bajarishga qarshi turadiganlar quyidagilarni ta’kidlaydilar:
1.Foydani maksimallashtirish tamoyilini buzilishi korxonani raqobat mavqyeini pasaytiradi. Korxonaning iqtisodiy manfaatlarga asosiy e’tiborni qaratishi uning ijtimoiy mas’uliyatidan darak beradi, ijtimoiy muammolar bilan davlat va insonparvarlik tashkilotlari shug’ullanishi lozim, deydiganlar ham uchraydi.
2. Ijtimoiy ehtiyojlarga sarflanadigan xarajatlar. Ijtimoiy ehtiyojlarni qondirish uchun sarflanadigan mablag’lar korxona xarajatlarini oshiradi. Pirovard natijada ushbu xarajatlar iste’molchilar zimmasiga tushadi. Bundan tashqari, xalqaro bozorlarda faoliyat ko’rsatadigan firmalar ijtimoiy sohaga mablag’ sarflamaydigan firmalar oldida zaif raqobat mavqyeiga ega bo’ladi. Ushbu firmalarning tovarlari kamroq sotiladi, bu o’z navbatida davlatning tashqi savdo balansini yomonlashuviga olib keladi.
Tashkilotlarning muammolari va yashash uchun kurashishi o’zi uchun birinchi darajali ahamiyatga ega. U o’z muammolarini hal qilib, so’ngra jamiyat muammolari ya’ni, ijtimoiy ehtiyojlar bilan shug’ullanadi.

Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling