11-mavzu: axborot va kommunikasiya Reja


Boshqaruv obyekti va subyekti


Download 0.65 Mb.
bet77/83
Sana13.02.2023
Hajmi0.65 Mb.
#1196110
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   83
Bog'liq
Менежмент маъруза 1

Boshqaruv obyekti va subyekti
Ishlab chiqarishni boshqarish - ishchilarni boshqarishdan iborat bo’lib, ular o’z navbatida mehnat vositalarini boshqaradilar. Odamlarni boshqarish ishlab chiqarishda ularning munosabatlariga ham ta’sir ko’rsatishdir.
Masalan, har bir korxona sexlararo asosiy va yordamchi sexlar o’rtasida, har bir sexda yesa uchastkalararo; o’z navbatida har qaysi uchastka yoki brigadalarning ishchilari o’rtasida ishlab chiqarish aloqalari va munosabatlari mavjud bo’ladi.
Shuningdek, korxonalar boshqa korxonalar bilan mahsulot sotish, ishlab chiqarish vositalari bilan ta’minlash borasida ham ishlab chiqarish aloqalarini o’rnatadi. Bu munosabatlar kooperasiya va mehnatni, ishlab chiqarishni ixtisoslashtirish darajasiga bog’liq.
Iqtisodiy faoliyat ishlab chiqarishdan boshlanadi. har qanday ishlab chiqarishda ikki omil - shaxsiy-insoniy omil va moddiy-ashyoviy omil ishtirok etadi. Chunonchi:

Ik Ich T A I

IChv


Bu yerda: Ik - ishchi kuchi (shaxsiy insoniy omil);
IChv - ishlab chiqarish vositalari (mehnat predmetlari, ya’ni xom-ashyo, materiallar va mehnat qurollari, ya’ni mashina, asbob-uskunalar, o’lchash, hisoblash asboblari va hk.);
Ich - ishlab chiqarish jarayoni;
T - taqsimot;
A - ayirboshlash;
I - iste’mol.
Ishlab chiqarish jarayonida mahsulot yaratiladi va u taqsimot, ayirboshlash orqali iste’mol qilish bilan tugallanadi.
Ishlab chiqarish muhitida boshqarish faoliyatining asosiy maqsadi - bu ishlab chiqarish samaradorligini oshirish va yuqori foyda olishdir. Foyda olish yesa:

  • ishlab chiqarish omillaridan foydalanish samaradorligiga;

  • investisiya samaradorligiga;

  • mahsulot sifati va uning raqobatbardoshliligiga;

  • tez va samarali qarorlarning qabul qilinishiga;

  • yangi texnika va texnologiyaning joriy qilinish darajasi kabi qator omillarga bog’liqdir.

Demak, ishlab chiqarishni boshqarish bevosita, ishlab chiqarish jarayoniga ta’sir qiluvchi tashqi va ichki omillarni boshqarish jarayonlarini o’z ichiga oladi. Chunonchi:

  • ishchi kuchini boshqarish;

  • ishlab chiqarish vositalarini boshqarish;

  • texnikua va texnologiyani boshqarish;

  • ishlab chiqarish samaradorligini boshqarish;

  • mahsulot sifatini boshqarish;

  • investisiya samaradorligini boshqarish;

  • innovasion jarayonni boshqarish va b.

Qayd qilingan obyektlarni boshqarish dastlab rejalashtirishdan boshlanib, ishlab chiqarishni tashkil qilish, uni tartibga tushirish, muvofiqlashtirish bilan davom yettirilib, nazorat bilan tugaydi. Bu yerda rag’batlantirish ishlab chiqarishni boshqarishning barcha funksiyalari jarayonida o’z aksini topadi.

Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling