11-mavzu. Sanoat korxonalarining investitsion va innovatsion faoliyati


Download 234.8 Kb.
bet5/12
Sana09.06.2023
Hajmi234.8 Kb.
#1467271
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
10-mavzu

Investitsion loyihalar samaradorligini baholash

«Loyiha» deyilganda butun dunyoda, resurslar va vaqt birligi bilan cheklangan, nazariy ishlanmalar bilan asoslangan va «loyiha sikli» konsepsiyasi ko’rinishida ta’riflangan belgilangan jarayonni tayyorlash va maqsadli faoliyatni amalga oshirish tushuniladi. O`zbekiston Respublikasi 24.12.1998 yildagi №719-I sonli «Investitsiya faoliyati to`g’risidagi» Qonunining 2-moddasida quyidagicha ta`rif berilgan:
Investitsiya loyihasi (loyiha) - iqtisodiy, ijtimoiy va boshqa manfaat ko`rish maqsadida investitsiyalar kiritgan holda oldindan belgilangan muddat mobaynida amalga oshiriladigan o`zaro bog’liq tadbirlar va ishlar kompleksidir.1
Investitsiya loyihasi - o`zaro bog’liq tadbirlarni amalga oshirish uchun zarur bo`lgan tashkiliy-huquqiy va moliya-hisoblash hujjatlari tizimi.
Investitsiya loyihasi (investmen project) - bu loyiha g’oyasining izohi va reklamasi, investorlarga bo`lgan tijorat taklifi va uning samaradorligini baholash, loyihani amalga oshirish bo`yicha yo`riqnoma va investitsiya ob`ektining biznes rejasi. U loyiha maqsadiga erishish uchun uning qatnashchilari amalga oshiradigan tadbirlar majmuidir.
Istalgan investitsiya loyihasining asosiy maqsadi foydani maksimallashtirish hisoblanadi.
Investitsion loyihalarning tasniflash belgilariga quyidagilar kiradi:

Investitsiya loyihalarini amalga oshirish bosqichlari
Jahon amaliyotida investitsiya loyihasini amalga oshirish 3 bosqichdan iborat:

  1. Investitsiya oldi bosqichi – quyidagilarni o`z ichiga oladi:

    • biznes-g’oyalarni izlash

    • loyihani dastlabki tayyorlash

    • g’oyaning texnik-iqtisodiy va moliyaviy baholash

    • loyiha bo`yicha fikrlarni xulosalash va yakuniy qaror qabul qilish.


  1. Download 234.8 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling