11-mavzu. Sanoat korxonalarining investitsion va innovatsion faoliyati
Investitsiyaning rentabellik indeksi
Download 234.8 Kb.
|
10-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Investitsiyaning qoplanish muddati
- Innovatsion faoliyatning maqsadi, mohiyati va roli
Investitsiyaning rentabellik indeksi (Profitability Index - PI). Ushbu ko`rsatkich investitsiya loyihasining samaradorligini ko`rsatadi. Agar:
PI > 1, loyihani qabul qilish kerak; PI < 1, loyihadan voz kechish kerak; PI = 1, loyiha foyda ham, zarar ham keltirmaydi. (3) bu erda I0 - boshlang’ich investitsiyalar, SF-t davrda olingan pul tushumlari. Investitsiya rentabelligi ko`rsatkichi firma (yoki investor) mablag’lari 1 so`m hisobida qanday hollarda o`sishini aniqlash imkonini beradi. Investitsiyaning qoplanish muddati (Payback Period - PP). Ushbu ko`rsatkichning 2 ta ko`rinishi bor: a) oddiy qoplanish muddati – bunda kiritilgan boshlang’ich kapitalning qoplanish muddati ko`zda tutiladi. Ushbu uslub yuqori tavakkalchilikka ega bo`lgan sohalarda keng tarqalgan bo`lib, likvidlikning o`sishidan manfaatdor bo`lgan investitsiya kiritayotgan korxonalar tomonidan qo`llaniladi. b) diskontlangan qoplanish muddati – bunda kiritilgan boshlang’ich kapital investor uchun maqbul foyda normasini hisobga olgan holda qoplanish muddati ko`zda tutiladi. Bunda vaqt oralig’ida pul qiymatining turlicha bo`lishi hisobga olinadi. Ushbu uslub loyihaning tavakkalchilik darajasini aniqlashda ko`maklashadi: qoplanish muddati qancha qisqa bo`lsa, loyiha bo`yicha tavakkalchilik shuncha past bo`ladi. Uni hisoblash formulasi quyidagichadir: , (4) bu erda, I0 - boshlang’ich investitsiyalar; - investitsiya loyihasini amalga oshirishdan olingan yillik pul tushumi summasi. U sof foydani yoki yillik daromad (D) va xarajat (X) o`rtasidagi (amortizatsiyasiz A) farqni ifodalaydi. Innovatsion faoliyatning maqsadi, mohiyati va roli «Innovatsiyalar» atamasini yangi iqtisodiy toifa sifatida fanga avstriyalik (keyinchalik amerikalik) olim Yozef Shumpeter XX asrning birinchi o’n yilligida kiritgan. O’zining «Iqtisodiy rivojlanish nazariyasi» nomli asarida (1911y.) Y.Shumpeter ilk bora rivojlanishda o’zgarishlarning yangi kombinatsiyalari masalalarini (ya’ni innovatsiya masalalarini) ko’rib chiqdi va innovatsion jarayonga to’liq tavsif berdi. Y. Shumpeter rivojlanishdagi besh xil o’zgarishni ajratib ko’rsatdi: 1) yangi texnika, texnologik jarayonlar yoki ishlab chiqarishning yangicha bozor ta’minotidan foydalanish; 2) yangi xususiyatlarga ega bo’lgan mahsulot joriy qilish; 3) yangi xomashyodan foydalanish; 4) ishlab chiqarishni tashkil qilish va uning moddiy-texnika ta’minotida o’zgarishlar; 5) yangi sotuv bozorlarining paydo bo’lishi. U iqtisodiyotda novator-tadbirkor markaziy ishtirokchiga aylanishini isbotlab berdi. Y.Shumpeterga ko’ra, innovatsiya bu – iste’mol tovarlarining yangi turlari, yangi ishlab chiqarish va transport vositalari, yangi bozorlar va sanoatda tashkilotlar shakllarini joriy qilish va foydalanish maqsadidagi o’zgarishlardir. «Yangilik kiritish» va «novatsiya» tushunchalari bilan «tadqiqot»,«ixtiro» va «kashfiyot» tushunchalari chambarchas bog’liqdir. Ilgari ma’lum bo’lmagan ma’lumotlar olish yoki ilgari ma’lum bo’lmagan tabiat hodisalarini yoki insoniyat muhitini kuzatish jarayoni tadqiqot deb ataladi. Ixtiro bu – yangi uskuna, mexanizm, vosita, texnologiya, usul va inson tomonidan yaratilgan boshqalarda o’z aksini topadigan tadqiqot natijasidir. Kashfiyot bu – tadqiqotlarning, ehtimol, qo’shimcha natijasi hisoblanad i. Kashfiyotlar va ixtirolar qoidaga ko’ra, fundamental darajada yuzaga keladi va kamdan-kam hollarda yakka shaxslar tomonidan amalga oshiriladi. Ular tasodifan ro’y berishi va foyda olish maqsadini ko’zlamasligi ham mumkin. Yangilik ishlab chiqarish va boshqaruv tizimiga joriy qilinganidan so’ng bozorda iste’mol qilinadigan yangi mahsulotga aylanadi va uni sotishdan iqtisodiy, ijtimoiy yoki boshqa turdagi samara olinadi, - u yangi toifaga – innovatsiyalarga aylanadi. Innovatsiya (yangilik kiritish) bozorda joriy qilingan yangi yoki takomillashtirilgan mahsulot, amaliy faoliyatda foydalaniladigan yangi yoki takomillashtirilgan texnologik jarayon ko’rinishida yoxud ijtimoiy xizmatlarga yangicha yondashuvda namoyon bo’ladigan innovatsion faoliyatning yakuniy natijasi sifatida tavsiflanadi. Innovatsiyalar ishlab chiqarish sohasiga, iqtisodiy, huquqiy va ijtimoiy munosabatlar, fan, madaniyat, ta’lim va boshqa sohalarga mansub bo’lishi mumkin. Innovatsiya iqtisodiy toifa sifatida yangiliklar yaratish va amalga oshirishning eng umumiy xususiyatlari, belgilari, aloqalari va munosabatlarini aks ettiradi. Innovatsiyalarning mohiyati ularning funksiyalarida namoyon bo’ladi. Innovatsiyalar funksiyalari ularning davlat iqtisodiy tizimidagi vazifalari va xo’jalik jarayonidagi rolini aks ettiradi. Innovatsiyalar korxonalar raqobatbardoshligini oshirishda alohida rol o’ynaydi. Innovatsiyalar tahlili shuni ko’rsatadiki, ular ijtimoiy-iqtisodiy xarakterdagi funksiyalarni bajaradi. Innovatsiya iqtisodiy toifa sifatida ikkita asosiy funksiya – takror ishlab chiqarish va rag’batlantirish funksiyasini bajaradi. Download 234.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling