11-mavzu. Sanoat korxonalarining investitsion va innovatsion faoliyati


Download 234.8 Kb.
bet11/12
Sana09.06.2023
Hajmi234.8 Kb.
#1467271
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
10-mavzu

Mikrodarajada innovatsiyalarni boshqarish. Korxonaning innovatsion faoliyati ilmiy tadqiqotlar va tajriba konstruktorlik ishlanmalarining natijalarini qo`llash asosida, foydani yangi tovar va xizmatlar yaratish, ularning sifatini yaxshilash, tayyorlash texnologiyasini takomillashtirish hisobiga oshirishga qaratilgan. Innovatsion faol korxonalarga turli innovatsion faoliyat yo`nalishlarini qo`llaydigan korxonalar kiritiladi. Hozirgi vaqtda korxonalarning innovatsion faolligi korxonaning ilmiy-texnik salohiyati bilan o`lchanadi. U o`z navbatida quyidagilarni qamrab oladi:

  • ilmiy-texnik va muhandis kadrlar;

  • ilmiy-texnik faoliyatning moddiy texnik bazasi;

  • axborot bilan ta’minlanganlik;

  • ITTKI tizimining tashkil etilishi va boshqarilishi.

Innovatsiyalar texnologik, mahsulot-innovatsiyalar, jarayon-innovatsiyalarga bo`linadi.

  • Texnologik innovatsiyalar korxonalarning yangi texnologik jarayonlarni ishlab chiqish va o`zlashtirish bilan bog`liq faoliyati tushuniladi.

  • Mahsulot-innovatsiyalar yangi yoki takomillashgan mahsulotlarni ishlab chiqish va tadbiq etish bilan bog`liq faoliyatdir. Bunda korxona umuman yangicha mahsulot ishlab chiqarishga o`tadi va uni taklif etish sohasini o`zgartiradi.

  • Jarayon-innovatsiya yangi yoki mavjud ishlab chiqarish jarayonini o`zgartirishni taqozo etadi. Bunda boshqa korxonalar qo`llagan yangi yoki takomillashgan ishlab chiqarish usullari qo`llaniladi (lisenziya, nou-xau, franchayzing).

Ishlab chiqarish miqyosi, resurslar, ilmiy-texnika faoliyatining tashkil etish shakliga ko`ra korxona quyidagi innovatsion faoliyat turlarini qo`llashi mumkin:

  1. to`liq innovatsiya davri

fundamental tadqiqotlar – izlanishlar – ilmiy-tadqiqot ishlari – tajriba-konstruktorlik ishlari – sanoatda tadbiq etish - ishlab chiqarish – sotish.

  1. Izlanishlar – ilmiy-tadqiqot ishlari – tajriba konstruktorlik ishlari – sanoatda tadbiq etish – ishlab chiqarish – sotish.

  2. Ilmiy-tadqiqot ishlari – tajriba konstruktorlik ishlari – sanoatda tadbiq etish – ishlab chiqarish – sotish.

  3. Tajriba konstruktorlik ishlari – sanoatda tadbiq etish – ishlab chiqarish – sotish.

  4. Sanoatda tadbiq etish

  5. Ishlab chiqarish.

Har bir innovatsion faoliyatni ko`rib chiqamiz:
Fundamental ilmiy tadqiqotlar – bu ilmiy asoslangan nazariy bilimlar bo`lib, tabiat, jamiyat va inson rivojlanishining qonuniyatlarini o`rganishga qaratilgan. Bu bilan turli tadqiqot institutlari shug`ullanadi.
Ilmiy izlanishlar - nazariy bilimlardan jamiyat ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan faoliyatdir. SHu bosqichda haqiqiy innovatsiya jarayoni boshlanadi. Izlanishlar korxona yoki davlat tomonidan moliyalashtiriladi. Bu bilan turli ilmiy-ishlab chiqarish tashkiotlari va o`quv yurtlari shug`ullanadi.
Ilmiy-tadqiqot ishlari – bevosita amaliy maqsadlar va aniq belgilangan vazifalarni echishga qaratilgan faoliyatdir. U miqdoriy jihatdan innovatsiyalarni asoslab beradi.
Tajriba konstruktorlik ishlari – olingan bilimlarga tayanib, yangi materiallar, mahsulotlar, jarayonlar yaratishga va ularni takomillashtirishga qaratilgan faoliyatdir.
ITTKI - innovatsion faoliyatning eng muhim bo`g`inlaridan biridir. Bunda korxonaning 40% xarajatlari aynan shu jarayonga to`g`ri keladi.
SHunday qilib, korxonaning innovatsion faoliyati majmuaviy xarakterga ega bo`lib, ma’lum bir ehtiyojni qondira oladigan yangilikni yaratish, ishlab chiqish, tijoratlashtirish va tarqatish bilan bog`liq faoliyatdir. Bu jarayon innovatsion loyiha orqali amalga oshiriladi.
Korxonada innovatsion faoliyatni tashkil etish bir qancha tadbirlar majmuasini taqozo etadi:

  1. innovatsion faoliyat turini aniqlab olish va strategiyasini belgilash

  2. innovatsion faoliyatni boshqarish tuzilmasini tashkil etish

  3. kadrlar va axborot bilan ta’minlash tizimini qayta ko`rib chiqsh

  4. innovatsion loyihani rejalashtirish, tuzish va uni amalga oshirish

  5. innovatsiyalar marketingini tashkillashtirish

Korxonaning innovatsion rivojlanishi strategiyasi – bu korxonaning yangi texnologiyalar, innovatsion tovar va xizmatlar yaratish bilan bog`liq faoliyatidir.
Korxonada innovatsion jarayonning 6 elementini ajratish mumkin:



Korxonada innovatsion rivojlanish strategiyasini ishlab chiqish quyidagi bosqichlardan iborat:

  • Korxonaning texnik holati va texnologik imkoniyatlari tahlili (texnologik audit)

  • Kadrlar salohiyati tahlili

  • Maqsadlarni aniqlashtirish

  • Maqsadga erishish uchun imkoniyatlarning tahlili

  • Innovatsiyalar bo`yicha marketing tadqiqotlarini tashkil etish

  • Korxona bo`limlari uchun “maqsadlar daraxti” ni ishlab chiqish

  • Tadbirlar dasturini ishlab chiqish





  1. Download 234.8 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling