11-mavzu. Sanoat korxonalarining investitsion va innovatsion faoliyati


Download 234.8 Kb.
bet9/12
Sana09.06.2023
Hajmi234.8 Kb.
#1467271
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
10-mavzu

Takror ishlab chiqarish funksiyasi shuni anglatadiki, innovatsiya kengaytirilgan takror ishlab chiqarishni moliyalashtirishning muhim manbasi hisoblanadi. Innovatsiyalarni bozorda sotishdan olingan pul tushumi yaratadigan tadbirkorlik foydasi moliyaviy resurslar manbasi va shu bilan bir paytda innovatsion jarayonning samaradorlik me’yori bo’lib xizmat qiladi. Tadbirkorlik foydasi ishlab chiqarish-savdo, investitsion, innovatsion va moliyaviy faoliyat hajmini kengaytirishga yo’naltirilishi mumkin. Shunday qilib, innovatsiyalardan foyda olish va undan moliyaviy resurslar manbasi sifatida foydalanish innovatsiyalarning takror ishlab chiqarish funksiyasi mazmunini tashkil qiladi.
Rag’batlantiruvchi funksiya ham innovatsiyalarni sotishdan tadbirkorlik foydasi olish orqali amalga oshiriladi. Bu tadbirkorlarni yangi innovatsiyalar rag’batlantirish uchun stimul bo’lib xizmat qiladi, uni marketing faoliyatini tashkil qilishni takomillashtirish, talabni o’rganish, moliyani boshqarishning zamonaviyroq usullarini qo’llashga doimiy ravishda majbur qiladi.
Energiyani minimal sarf qilish umumiy qonuniga bo’ysungan holda inson doimo o’z faoliyatini mehnat sarfini qisqartirish, vaqtni tejash va boshqa samaralarni qo’lga kiritishga yo’naltiradi. Shu sababli innovatsiyalarni ijtimoiy toifa sifatida ham ko’rib chiqish mumkin.
1. Innovatsiyalarning ijtimoiy toifa sifatida birinchi funksiyasi shundan iboratki, amalda barcha ixtirolar jonli mehnat va energiya sarfini qisqartirishga yo’naltiriladi, ishlab chiqarishga yangi ishlab chiqarish kuchlarini jalb qilish uchun imkoniyat yaratadi, ishlab chiqarish va mehnat unumdorligini oshiradi.
2. Innovatsiyalarning ikkinchi funksiyasi – chiqarilayotgan mahsulotlar sifatini oshirish bo’lib, bu ishlab chiqarish va iste’mol darajasining o’sishiga olib keladi hamda turmush sifatini yaxshilashga xizmat qiladi.
3. Innovatsiyalarning uchinchi funksiyasi shundan iboratki, ular mahsulot sifatini oshirib, xarajatlarni kamaytirgan va iste’molni takomillashtirgan holda talab va taklif o’rtasidagi, ishlab chiqarish va iste’mol o’rtasidagi proporsiyalarni saqlashga xizmat qiladi.
4. Va nihoyat, to`rtinchi funksiyasi innovatsiyalar ishlab chiqish va ulardan foydalanish jarayonida insonning rivojlanish jarayoni – uning intellektual qobiliyatlari kamol topishi, ijodiy o’sishning yanada davom etishi uchun sharoitlar yaratilishi ro’y beradi.
Innovatsion faoliyat – yakunlangan ilmiy tadqiqot va loyihalar natijalari yoki boshqa ilmiy-texnik yutuqlarni (fan-texnika yutuqlarini) yangi yoki takomillashtirilgan mahsulotga; bozorda sotiladigan, amaliy faoliyatda foydalaniladigan yangi yoki takomillashtirilgan texnologik jarayonga, shuningdek, shu bilan bog’liq qo’shimcha ilmiy tadqiqot va loyihalarga joriy qilishga yo’naltirilgan jarayondir.
O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Qarorida quyidagi ta’rif taklif etiladi: «Innovatsion faoliyat – yangi yoki takomillashtirilgan mahsulot, yangi yoki takomillashtirilgan texnologik jarayon yaratish, ishlab chiqarishda o’zlashtirish va (yoki) amaliy qo’llash bo’yicha ishlar bajarish va (yoki) xizmatlar ko’rsatish».
Innovatsion faoliyat qatoriga quyidagi faoliyat turlarini kiritish taklif etiladi:

  • amaliyotda qo’llash uchun mo’ljallangan yangi yoki takomillashtirilgan mahsulot, yangi yoki takomillashtirilgan texnologik jarayon yaratish bo’yicha ilmiy-tadqiqotchilik, tajriba- konstruktorlik yoki texnologik ishlar bajarish;

  • yangi yoki takomillashtirilgan mahsulot chiqarish, yangi yoki takomillashtirilgan texnologik jarayon joriy qilish uchun ishlab chiqarishni tayyorlash va texnologik qayta jihozlash;

  • yangi yoki takomillashtirilgan mahsulot, yangi yoki takomillashtirilgan texnologik jarayonni sinab ko’rishni amalga oshirish;

  • xarajatlar o’zini oqlashiga qadar yangi yoki takomillashtirilgan texnologik jarayon qo’llash, yangi yoki takomillashtirilgan mahsulot chiqarish;

  • yangi mahsulotni bozor tomon harakatlantirish bo’yicha faoliyat;

  • innovatsion infratuzilma yaratish va rivojlantirish;

  • innovatsion faoliyatni amalga oshirish uchun kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish;

  • sanoat mulki ob’ektlari yoki maxfiy ilmiy-texnik axborotlarga egalik huquqini boshqalarga berish yoki xarid qilish;

  • yangi yoki takomillashtirilgan mahsulot, yangi yoki takomillashtirilgan texnologik jarayon yaratish va (yoki) amaliyotda qo’llash bo’yicha ekspertiza, maslahat, axborot, yuridik va boshqa xizmatlar ko’rsatish;

  • innovatsion faoliyatni moliyalashtirishni tashkil qilish.

Innovatsion faoliyat sub’ektlari quyidagilar hisoblanadi:

  • innovatsion faoliyat bilan shug’ullanadigan yuridik va jismoniy shaxslar;

  • innovatsiyalarni amalga oshiruvchi turli mulkchilik shaklidagi innovatsion korxonalari;

  • innovatsion faoliyat jarayonida amalga oshiriladigan intellectual mulk egalari: korxonalar loyihalari, qurilmalar, sanoat namunalari, texnologik jarayonlar, «nou-xau», kashfiyot va ixtirolar mualliflari, dizaynerlar;

  • innovatsiyalar amalga oshirishga kapital kirituvchi investorlar: banklar, fondlar, korporatsiyalar, lizing firmalari va h.k.;

  • innovatsion jarayonga xizmat ko’rsatadigan va uning infratuzilmasini ta’minlaydigan vositachilar: konsalting va injiniring firmalari, texnologik inkubatorlar, texnoparklar, texnopolislar, axborot markazlari va h.k.;

  • innovatsion faoliyatni boshqarish, muvofiqlashtirish va tartibga solishda ishtirok etadigan davlat organlari va mahalliy o’zini-o’zi boshqarish organlari.

Innovatsion faoliyatning korxonada quyidagilarni ta’minlaydi:

  • O`zgaruvchan sharoitlarga moslashish;

  • Tovar va xizmatlar sifatini oshirish;

  • Raqobat sharoitida rivojlanish va yashab qolish;

  • Ishlab chiqarish samaradorligini oshirish va saqlab turish;

  • Firmaning moliyaviy holatini yaxshilash;

  • Korxona raqobatbardoshligini oshirish va firma imidjini qo`llab-quvvatlash;

  • Hamkorlik aloqalarini mustahkamlash;

  • Tashkiliy tuzilmani takomillashtirish;

  • Personal malakasini oshirish;

  • Mehnat unumdorligini oshirish.





  1. Download 234.8 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling