11-mavzu. Sanoat korxonalarining investitsion va innovatsion faoliyati


Innovatsiyalar samaradorligani baholash


Download 234.8 Kb.
bet12/12
Sana09.06.2023
Hajmi234.8 Kb.
#1467271
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
10-mavzu

Innovatsiyalar samaradorligani baholash

Innovatsiyalar samaradorligini baholashda innovatsion loyiha tushunchasi qo`llaniladi. “Innovatsion loyiha” tushunchasi quyidagicha ko`rib chiqilishi mumkin:

  • innovatsion faoliyatni maqsadli boshqarish shakli;

  • innovatsiyalarni amalga oshirish jarayoni;

  • hujjatlar majmuasi.

Innovatsion loyiha innovatsion faoliyatni maqsadli boshqarishni shakli sifatida fan va texnikani ustuvor yo`naltirilgan rivojlantirishning aniq maqsadlari (vazifalari)ga erishishga qaratilgan tadbirlarning resurslar, muddatlar va ijrochilar bo`yicha o`zaro asoslangan va o`zaro bog`langan murakkab tizimidan iboratdir.
Innovatsiyalarni amalga oshirish jarayoni sifatida – bu innovatsiyalarga olib keluvchi ilmiy, texnologik, ishlab chiqarish, tashkiliy, moliyaviy va tijorat tadbirlarini belgilangan izchillikda bajariladigan majmuasidir.
SHuning bilan bir vaqtda innovatsion loyiha – bu loyiha maqsadlarini amalga oshirish uchun zarur bo`lgan texnik, tashkiliy, rejaviy va hisoblash – moliyaviy hujjatlarning yig`indisidir.
Bu uchta nuqta nazarlarni hisobga olish bilan, quyidagi ta’rifni berish mumkin: innovatsion loyiha – bu masofa va vaqtda muammolarni hal qilish, innovatsion jarayonlarni tashkil qilish bo`yicha ilmiy asoslangan maqsadlar va tadbirlarni belgilab beruvchi hujjatlarining yig`indisidir. Maqsadlar va tadbirlarni ilmiy asoslanishiga menejmentga ilmiy yondashishlarga rioya qilish, zamonaviy usullarni qo`llash yo`li bilan erishiladi.
Innovatsion loyihani ishlab chiqish va amalga oshirishga rahbarlik loyiha rahbari (loyiha menejeri) va ilmiy texnik kengashi (ITK) tomonidan amalga oshiriladi. ITK tarkibiga ilmiy – texnik echimlarni tanlash, ular amalga oshirish darajasi, loyihaviy maqsadlarga erishish uchun zarur talbirlarning to`liqligi va butligi uchun javobgarlikka ega, ijrochilarni tanlov asosida tanlash va olingan natijalarning ekspertizasini tashkil qiluvchi loyihaning tematik yo`nalishlari bo`yicha etakchi mutaxassislar kiradilar.
Firmaning yangilik kiritishdan foydalanish sohasidagi faoliyatini tashkil qilish alohida bosqichlardan iborat g`oyat murakkab tadbirlardan tashkil topadi, ular umuman yangilikning yashash davriga ta’sir ko`rsatadi. Loyihaviy yondashuv butun ilmiy ishlab chiqarish doirasini chiqishga asoslanadi, unda yangiliklarni ishlab chiqish, yaratish, tatbiq etish va tarqatishdan tortib mahsulotni foydalanishdan olib tashlashgacha bo`lgan jarayon tushuniladi. Innovatsiya bo`yicha ilmiy-ishlab chiqarish davra tushunchasi prinsipial texnik-texnologik tizimlar hamda tajribali namunalar almashuvi va uskunalarning mavjudlarini almashtirishga tegishlidir.
Ishlab chiqarishdagi texnologik qarorlar, texnika va tayyor mahsulotlar modellarining doiraviy aylanishi va almashuvi innovatsion jarayonning asosiy mazmuni hisoblanadi. Ishlab chiqarish tizimlarining yashash davri ishlab chiqish bosqichidan boshlanadi. Bu erda ilmiy tadqiqotlar, tajribaviy namunalarni tuzish va yaratish, sinovlarni o`tkazish amalga oshiriladi.
Mahsulot murakkablashgani va modernizasiyalangani sari bu bosqich borgani sari kattaroq ahamiyat kasb etadi. Birinchi bosqich seriyali ishlab chiqarishga o`tish to`g`risida qaror qabul qilish bilan yakunlanadi. Mahsulotning ilm iste’moli qancha yuqori bo`lsa, kichik seriyali ishlab chiqarishning roli va qo`llanilayotgan texnologik qarorlarning egiluvchanligi va moslashuvchanligi shunchalik yuqori.
Keyingi bosqich ishlab chiqarishni texnologik tayyorlash va texnologiyalarni tanlashni o`z ichiga oladi. YAngi materiallar va mahsulotlarni ishlab chiqarishni o`zlashtirish usulini tanlashga ishlab chiqarishning texnik-iqtisodiy tayyorgarligini tashkil qilish tizimi va zarur texnologik uskunalarning tarkibi katta ta’sir ko`rsatadi. Ishlab chiqarishni texnologik tayyorlashning yagona tizimi (ICHTTYAT)ga muvofiq mahsulotlarni ommaviy va seriyali ishlab chiqarishga texnologik tayyorlash texnologik jarayonlarni ishlab chiqish, jihozlarni loyihalashtirish va ishlab chiqarish, mahsulotning tajribaviy namunasini ishlab chiqarish va sinovdan o`tkazish, umuman ishlab chiqarish tizimini tashkil qilish va vujudga keltirishni o`z ichiga oladi.
Texnologik jarayonni ishlab chiqishda ta’sir ko`rsatish usullari operasiya turlari va ularning izchilligi, mahsulotla, oraliq turlari, detallar yoki qismlarni olishusullari belgilanadi. Nihoyat, jarayonning asosiy, yordamchi va yakuniy bosqichlari birlashtiriladi. Texnologik uskuna uning texnik ta’riflari (quvvati, ishonchliligi, unumdorligi) yoshi, eskirish darajasi, ta’mirlanishning texnologik ta’riflari bo`yicha tanlab olinadi.
Yangilik kiritish loyihasini amalga oshirish uchun texnologik echimni tanlash muqobillik asosida amalga oshiriladi. Tanlash mezonlari g`oyatda turli-tuman, ammo moliyaviy maqsadga muvofiqlik va texnologik amalga oshirilishi hal etuvchi hisoblanadi. Buni odatda qabul qilinayotgan loyihaning rentabelligi, uning texnologiya, uskunalar, asboblar, jihozlar, ijrochilarning sifati va soni jihatidan amalga oshirish mumkinligi tushuniladi.
Innovatsion faoliyatning mufaqqiyati ko`proq darajada uni tashkil qilish shakllari va moliyaviy qo`llab quvvatlash usullari bilan belgilanadi. YAngi ilmiy ishlamalar va texnologiyalar davlat milliy kuchining asosiy tashkil qiluvchilari bo`lganlari sari rivojlangan davlatlar innovatsiyalarni qo`llab quvvatlash va riaojlantirishning turli tuman imkoniyatlarini topadilar. Bunda innovatsion faoliyatni moliyatirishning turli tuman usullari va innovatsiyalarni vositali qo`llab quvvatlash bo`yicha tadbirlarning rang barangligi kengayadi.
Innovatsion faoliyatni moliyalashtirish tizimi mulkchilik turi, markazlashtirilganlik darajasi, ham mulk egalarining darajasi va moliyalashtirish shakllari bilan farqlanuvchi shvkllar va manbalarning murakkab birikib ketishidan iboratdir.
Innovatsion loyiha samaradorligini tahlil qilish uchun uni amalga oshirish davridagi quyidagi uchta bosqichni ajratish muhimdir:

  • investitsiya kiritishdan oldingi (bundan loyihadan oldingi tadqiqotlar, loyihani amalga oshirilishligini baholash o`tkaziladi, uni texnik-iqtisodiy asoslanishi tayyorlanadi);

  • investitsiya kiritish;

  • foydalanish (loyihaga muvofiq innovatsion faoliyatni amalga oshirish).

Innovatsion faoliyatni boshqarishga tizimli yondoshish investitsiyalarni kiritishdan oldingi bosqichda investitsion qarorlarning muqobil variantlarini ko`rib chiqish va tahlil qilishni ko`zda tutadi. Muqobillarnig tahlili investitsion qarorlardagi xatolarning yuqori bahoga egaligi tufayli g`oyatda muhim, ular innovatsion loyihalardan foydalanish bosqichidayoq topiladilar. Bunday xatorlardan qochish-demak loyhaning yuqori samaadorligini ta’minlashdir.
Innovatsion loyihalarni boshqarishga tizimli yondoshish ularning tijorat tahlilini samaradorlikni tahlil qilishning boshqa turlari bilan uzviy to`ldirishni ko`zda tutadi. SHubhasiz, innovatsion loyihaning yuqori samaradorligini ta’minlash uchun uning ilmiy-texnik tahlili hal qiluvchi ahamiyatga ega bo`ladi, uni borishida loyiha ilmiy yangiligi darajasi, u tomonidan taklif qilinayotgan ilmiy-texnik qarorlarni zamonaviy ilmiy istiqbolligi va texnik asoslanishi tadqiqot qilinadi.
Innovatsion loyihalarni boshqarishga tizimli yondoshish nuqtai nazaridan sotsial tahlil ularning samaradorligini tahlil qilishda markaziy o`rinni egallaydi. Innovatsion loyiha samaradorligi sosial tahlilning maqsadlari va vazifalarga o`ar xil sosial guruhlar manfaatlarini loyiha natijalariga mosligini ta’minlash bo`yicha masalalarni tadqiqot qilish va choralarni ishlab chiqish bilan bog`liqdir. Bunday moslik loyihaning yetarlicha yuqori samaradorligiga erishish uchun zarurdir, chunki u loyihani aholi tomonidan qo`llab-quvvatlanishini ta’minlaydi. Loyiha maqsadlariga erishishni rag`batlantiruvchi belgilangan sosial guruhlarning ttasavvurlari va xulqiga ta’sir ko`rsatish mumkin bo`ladi.
Vaqt omili hisobi loyiha samaradorligini baholashning muhim tamoyillaridan biridir. Bu hisob pullarning vaqtdagi qiymati nazariyasi tushunchalariga asoslanadi, unga ko`ra bittagina pul summasi vaqtda joriy paytga nisbatan, masalan, inflyasiya, pul mablag`laridan muqobil foydalanish imkoniyatlari (pulni innovatsion loyihaga kiritmaslik, balki bankka qo`yish mumkin va ularning qiymati vaqt davomida o`zgaradi), ushbu ob’ektga investitsilar kiritish bilan bog`liq xatarlar va noaniqlilik va boshqa sabablar tufayli har xil qiymatga ega bo`lishlari mumkin.
Ko`pincha bu miqdorni sarmoya daromadligining o`rtacha darajasi bilan taqqoslanishi loyihani amalga oshirilishini maqsadga muvofiqligi haqidagi xulosaga olib keladi.
Iqtisodiy samaradorlikning diskontlantirilgan mezonlari:
Diskontlashtirilgan mezonlar pullarning vaqtdagi har xil qiymatini hisobga oladi. Umumiy ko`rinishda diskont stavkasi (r) quyidagicha taqdim etilishi mumkin:
, bu erda

IR (inflation rate) –iflyasiya sur’ati,


MRR- (minimal roleof return) –foydaning eng kichik haqiqiy me’yori, ya’ni pul mablag`laridan muqobil foydalanishda olinadigan foydaning eng kam me’yori.
IR (risk of investments) - investitsion xatar darajasini hisobga oluvchi koeffisient.
Ammo aniq investitsion loyihalarni ishlab chiqishda diskont stavkasini hisoblash muammosi ko`rib chiqilmaydi. Odatda u ekzogenli miqdor (ya’ni tashqaridan berilgan) sifatida beriladi va qoidaga ko`ra, teng kreditli foiz (sarmoyaning muqobil qiymati)ga tegishli bo`ladi. Ko`pgina firmalar diskont stavkasini uzoq muddatli bank kreditlari bo`yicha o`rtalashtirilgan foizli stavkalardan kelib chiqqan holda belgilaydilar.
Bir necha muqobil loyihalardan tanlab olishda daromadlikning ichki me’yori yagona ziddiyatli bo`lmagan ko`rsatkich bo`ladi. U ko`rib chiqilayotgan loyihalarni investitsiyalardan foydani ko`paytirish maqsadida ishonchli ranjirovkasini amalga oshirishga imkon beradi. SHunday qilib, innovatsion faoliyat samaradorligining tahlili innovatsiyalar menejmentining dolzarb vazifasi bo`ladi, u innovatsion loyihalarni boshqarishga tizimli yondoshishni qo`llash asosida hal qilinishi mumkin.



  • 1 lex.uz – O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi

Download 234.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling