11-mavzu. Sanoat korxonalarining investitsion va innovatsion faoliyati


Investitsiya bosqichi – quyidagilarni ko`zda tutadi


Download 234.8 Kb.
bet6/12
Sana09.06.2023
Hajmi234.8 Kb.
#1467271
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
10-mavzu

Investitsiya bosqichi – quyidagilarni ko`zda tutadi:

    • muzokaralar olib borish va shartnomalar tuzish

    • texnik-muhandislik loyihalash

    • qurilish

    • ishlab chiqarish marketingi

    • o`qitish

    • foydalanish uchun topshirish va ishga tushirish.

  1. Foydalanish bosqichi – quyidagilarni o`z ichiga oladi:

    • kengaytirish

    • inovatsiyalar

    • almashtirish

    • qayta tiklash

Investitsiya loyihasi quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

  • loyihalashtirishga texnik topshiriqni ishlab chiqish;

  • investitsiya loyihasining loyihalovchisini aniqlash;

  • loyihaoldi va loyiha hujjatlarini ishlab chiqish;

  • investitsiya loyihasini ro‘yobga chiqarish maqsadida ishlarni amalga oshirish texnologiyalarini, uskunalarini va uslublarini aniqlash;

  • moliyalashtirish manbalarini aniqlash;

  • investitsiya faoliyati ishtirokchilarini aniqlash;

  • investitsiya faoliyati ishtirokchilari va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa organlar bilan birgalikda loyihaoldi va loyiha hujjatlarini ekspertizadan o‘tkazish hamda kelishib olish, shu jumladan investitsiya loyihasining moliyaviy, iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik foydasini baholash;

Loyihaning ushbu barcha bosqichlarida zaruriy moliyaviy resurslarni aniqlash zarur bo`ladi.
«Investitsiya faoliyati to`g’risida» gi Qonuni 19-moddasi va “Investitsiya loyihalari hujjatlarini ishlab chiqish, ekspertizadan o`tkazish va tasdiqlash tartibi to`g’risida”gi NIZOMga asosan davlat byudjeti va byudjetdan tashqari jamg’armalar mablag’lari, ayrim tarmoqlar va korxonalarning Hukumat qarorlari bilan tashkil etilgan maxsus jamg’armalari mablag’lari, O`zbekiston Respublikasi kafolati ostida yoki nomidan jalb etiladigan xorijiy kreditlar, O`zbekiston Respublikasi tiklanish va taraqqiyot jamg’armasi mablag’lari manbalari hisobidan moliyalashtiriladigan loyihalar majburiy ekspertizadan o`tkaziladi. ekspertizadan o`tkazilish tartibini Vazirlar mahkamasi belgilab beradi.
Boshqa manbalar hisobdan moliyalashtiriladigan investitsion loyihalar qonunchilikda belgilangan tarzda sanitar-gigienik, radiatsion, ekologik, arxitektor-shaharsozlik ekspertizalaridan o`tkaziladi.
Kichik korxonalarga tijorat banklari tomonidan ajratilgan kreditlar hisobiga moliyalashtirilgan investitsion loyihalar o`z xususiyatidan kelib chiqib bank tomonidan mazkur loyihani amalga oshirishning maqsadga muvofiqligi to`g’risida ekspertizadan o`tkaziladi.
Hukumatlararo tuzilgan shartnomalar doirasidagi investitsion loyihalar mazkur shartnomalarda belgilangan tartibda ekpertizadan o`tkaziladi.
Investitsiya loyihasi samaradorligi – investitsiya loyihasining xara jatlari va daromadlarining investitsiya loyihasi qatnashchilarining maqsadi va kutayotgan natijalariga mos kelishini aks ettiruvchi ko`rsatkich hisoblanadi. Bunda nafaqat loyihaning bevosita qatnashchilari, balki davlat va aholi ham bo`lishi mumkin.
Samarali investitsiya loyihasini yoki maqbul variantni tanlaganda loyihaning afzalliklari va kamchiliklarini aks ettiruvchi ko`rsatkichlar tizimi qo`llaniladi. Bunday ko`rsatkichlarga quyidagilar kiradi:

  • Sof diskontlangan daromad;

  • Daromadlarning ichki me`yori;

  • Foydalilik indeksi;

  • Oddiy qoplash muddati;

  • Harakatdagi qoplash muddati;

  • Foydaning buxgalterlik me`yori.

Investitsiyalarning samaradorligini belgilovchi yana bir qator samaradorlik ko`rinishlari bo`lib, ularga quyidagilar kiradi:

  • Tijorat

  • Iqtisodiy

  • Ijtimoiy

  • Ekologik


Download 234.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling