11-mavzu. To‘ldiruvchilarni ishlab chiqarish va qo‘llashning iqtisodiy samaradorligi. Reja
Download 1.33 Mb. Pdf ko'rish
|
11 Мавзу
n
А R , bu yerda: A=1; n=2 ga teng bo‘ladi. Nisbatan mustaxkam va og‘ir, shu bilan birga kichik g‘ovaklikdagi pemzalar (ularni litoidlar yoki toshsimon deyiladi) yengil konstruktsion betonlar olishda ishlatiladi. Bunday yuqori samarali betonlardan turli xil konstruktsiyalar, yahni tom yopma plitalari, ko‘priklar, gidrotexnika inshoatlari ishlab chiqariladi. Vulqon Shlаki konlari O‘zbekistonning turli rayonlarida Armanistonda, Gruziya, Kamchatkada uchraydi. Vulqon Shlаki suyuq magmani asosiy tarkibining havoda qotishi natijasida yuzaga keladi. Vulqon Shlаki asosidagi qum va shag‘al yirik toshlarni maydalash va saralash (fraktsiyalash) natijasida olinadi. Vulqon Shlаkining tashqi ko‘rinishi yoqilg‘i Shlаki kabi bo‘lib, to‘q qizg‘ishdan qora ranggacha bo‘ladi. Strukturasi yirik g‘ovakli. Vulqon Shlаki shag‘alining uyilma zichligi 400-850 kg/m 3 , vulqon Shlаki qumi esa 650-1300kg/m 3 . Vulqon Shlаki to‘ldiruvchi sifatida turli yengil betonlarda ishlatiladi. Vulqon tuflari, bu mayda g‘ovakli jinslar bo‘lib, vulqon changlarining turli darajadagi zichlanishi va ko‘pchishidan yuzaga keladi. Lava tuflari esa bu tezda qotgan g‘ovaklangan lava bo‘lib, unda vulqon changi va qumlari mavjud bo‘ladi. Tuflar va lava tuflari asosida tosh devorlar va yirik bloklar ishlab chiqariladi. Tosh 309 kesish mashinalarida qayta ishlangan, karg’erlarda chiqqan sanoat chiqindilari (ishlanayotgan toshning 50% dan ko‘p xajmi chiqindiga aylanadi)ni maydalash va navlarga ajratishda yengil betonlar uchun yaroqli bo‘lgan, uyilma zichligi 600-800 kg/m 3 g‘ovak shag‘al va uyilma zichligi 700-1000 kg/m 3 bo‘lgan g‘ovak qum olinadi. Tuflar donador strukturaga ega bo‘ladi. Lava tuflari esa aralash strukturaga ega bo‘lib, bahzan yacheykali strukturaga ega bo‘ladi, ular mustahkamligining zichligiga bog‘liqligidan kelib chiqib, kvadrat parabola formulasi bilan baholanadi: n А R , bu yerda: n-daraja ko‘rsatkichi; n- lava tuflari uchun 3 gacha olinadi; n- tuflar uchun 4 va undan yuqori olinadi; SHu sababli bir xil zichlikdagi lava tuflari tuflarga nisbatan mustahkam va pemzaga nisbatan mustahkamligi pastroqdir. Tuflarning bir qancha turlarining suvga chidamligi va sovuqqa chidamligi yetarli bo‘lmaydi, bu uning strukturasidagi donalarni bog‘lanishini sustligi bilan ifodalanadi. Bunday tuflar betonda qo‘llanilmaydi, biroq yuqori samarali sun’iy g‘ovak to‘ldiruvchi olish uchun xomashyo sifatida ishlatiladi. 2. CHo‘kindi tog‘ jinslari asosidagi g‘ovak to‘ldiruvchilar olishda asosan karbonat g‘ovak oxaktoshlar, chig‘anoqlar va krenezyom g‘ovak jinslar ishlatiladi. Ohaktoshlarni maydalashda zichligi 1800 kg/m 3 dan kam bo‘lgan va uyilma zichligi 1000 kg/m 3 gacha bo‘lgan g‘ovak shag‘al (donalar orasidagi bo‘shliqlik 40-50%) olinadi, bu material QMQ bo‘yicha g‘ovak to‘ldiruvchiga klassifikatsiyasiga mos keladi. Ohaktosh chig‘anoqlar o‘zida cho‘kindi jinslarni kichik chig‘anoq, ohaktosh bo‘laklarining tsementlashgan holatidagi yig‘indisini mujassamlashtiradi. Ular oddiy mayda g‘ovakli ohaktoshlardan yirik g‘ovakli strukturasi bilan farqlanadi. Ohaktosh chig‘anoqlarning zichligi asosan 1000 – 1600 kg/m 3 ni tashkil etadi, bunda siqilishdagi mustahkamligi 0,5-10MPa ga tengdir, oddiy g‘ovak ohaktoshlarda esa zichlik 1600-1800 kg/m 3 ni tashkil etib, bunda mustahkamlik chegarasi 25MPa gacha bo‘ladi. Bundan tashqari g‘ovak ohaktoshlarni boshqa turlari xam uchraydi, ohaktosh tuf zichligi 1400-1800 kg/m 3 bo‘lib, siqilishga mustahkamlik chegarasi 5-15MPa ni tashkil etadi. Maydalangan bunday to‘ldiruvchining donalari mustahkamligi, tog‘ jinslari mustahkamligiga nisbatan yuqori bo‘ladi. SHu sababli g‘ovak ohaktosh va chig‘anoqlardan tsement sarfini oshirmagan holda zichligi 1800-2200 kg/m 3 va mustahkamlik chegarasi 5-20 MPa ga teng beton olish mumkin. G‘ovak ohaktosh va chig‘anoq zahiralari asosan O‘zbekistonda, O‘rta Osiyoda, Ukraina, Moldaviya va Ozarbayjonda mavjud. Ulardan asosan massiv tosh materiallar olishda, 310 karerlarda qolgan chiqindilarni maydalab va saralab beton uchun yaroqli to‘ldiruvchilar olinadi. CHo‘kindi kremnezyom jinslardan to‘ldiruvchi sifatida opoka, spongolit, alevrolitni beton ishlab chiqarishda qo‘llash chegaralangan. Ularning katta zahiralari O‘zbekistonda mavjud. Bu jinslar zichligi 800-1400 kg/m 3 , siqilishda mustahkamlik chegarasi 2,5-15 MPa ni tashkil etadi. Donalari strukturasi donador va mayda g‘ovaklikka ega. Yuqorida ko‘rsatilgan jinslar tarkibida amorf kremnezem, opal va xaltsedon ko‘rinishda uchraydi. Ular tsement ishqorlari bilan aktiv bog‘lanadi. SHu sababli bu to‘ldiruvchilarning tsementli betonda qo‘llash xavfli bo‘lib, unda yemirilishni keltirib chiqaradi. G‘ovak to‘ldiruvchilarni boyitish, bu ularning zichligi va mustahkamligi bo‘yicha bir jinsliligini oshirish, donalar shaklini yaxshilash va chang miqdorini kamaytirishdan iborat. Zich jinslardan olinadigan to‘ldiruvchilarni boyitish jarayoni g‘ovak to‘ldiruvchilarga ham taaluqlidir. Biroq yengil g‘ovak to‘ldiruvchilarning spetsifik xususiyatlarini aniqlashda, boshqa boyitish usullaridan foydalaniladi. Masalan, pemzada og‘ir vulqon shishasi(obsidian) donalari mavjud bo‘lib, ularni olib tashlab to‘ldiruvchining sifatini oshirish mumkin. G‘ovak tog‘ jinslari asosidagi chaqiq tosh dona shakli bo‘yicha QMQ ga ko‘ra 4ta guruxga bo‘linadi, yahni plastinkasimon shakldagi donalarning massa ulushi bo‘yicha: oddiy-30% dan ko‘p emas; yaxshilangan – 20% gacha; kub shaklidagi – 15% gacha; qirrali – 10%gacha. G‘ovak chaqiq toshning donalarini shaklini yaxshilash, olinadigan tog‘ jinsini maxsus baraban tipidagi maydalagichda maydalab erishiladi. Download 1.33 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling