11-sinf ona tili (34 soat, B1+: 34 soat) O‘quvchilarda shakllantiriladigan tayanch kompetensiya elementlari: Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi
Download 1.01 Mb.
|
11 sinf ona tilidan dars ishlanmalar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Darsning borishi: I.Tashkiliy qism.
- III.Yangi mavzu bayoni.
Darsning borishi: I.Tashkiliy qism. 1. Sinf davomatini aniqlash. 2. Qisqa nazorat (test sinovi). II.O`tilgan mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar bilan ishlash Testlar bilan ishlash 1. Gap bo`laklarining odatdagi tartibi qaysi qatorda qo`llangan? A. Gulga to`lsin bu yorug` dunyo. B. Muhabbat husndir har bir insonga. D. Dugonam osongina qutulgani uchun behad quvondi. E. Siz yoqqansiz menga hamisha. 2. Gap bo`laklarining o`zgargan tartibi qaysi qatorda qo`llangan? A. O`z kasbini sevmagan baxtiyor bo`lmaydi. B. Mehnat sharafli yakun bilan fazilatlidir. D. Nega lablarimda kezar tabassum. E. Temirchi qo`shnimizning bu jasorati meni hayratga soldi. III.Yangi mavzu bayoni. Darslikdagi 1-topshiriq bajariladi. Topshiriq. Insho haqidagi fikrlaringizni bayon qiling. Inshoning tarkibiy tuzilishi, insho matnida fikming mantiqiy izchillikdagi bayoni borasida bahslashing. Bilib oling: Nutq mantiqiyligining buzilishi matn sintaksisi sathida, ya’ni gaplarning o‘zaro mazmuniy-sintaktik bogianishidagi kamchiliklar natijasida ham yuzaga keladi. Ma’lumki, matn tarkibidagi gaplar bir-biri bilan bog`langan bo‘ladi, shunga ko'ra bog'li nutq tushunchasi mavjud. Matnda bog‘lilikning quyidagi uch jihatini farqlash maqsadga muvofiq: 1. Mazmuniy bog‘lilik. Bunday bog‘lilik abzas va mustaqil gaplarni bogiovchi leksik-grammatik vositalar (leksik takrorlar, ko‘rsatish, 3-shaxsdagi kishilik olmoshlari kabi)ning qo‘llanishi orqali namoyon bo‘ladi. 2. Mantiqiy bog`lilik. Bunday bog`lilik gaplar, abzaslar o‘rtasidagi mantiqiy munosabatlarning funksional-sintaktik vositalar (demak, shunday ekan, shunday qilib, bundan tashqari, xullas kabi kirish so‘zlar, yuqorida, quyida, endi, bundan keyin kabi so‘z va so‘z shakllari, va, hamda, ammo, lekin, biroq kabi bog‘lovchilar va sh. k.) orqali ifodalanishida namoyon bo‘ladi. 3. Kompozitsion bog‘lilik. Bunday bog‘lilik qayd etmoq lozimki, aniqki, ta’kidlamoq joizki, yuqorida aytib o'tilgani kabi tarzidagi sintaktik qurilmalar yordamida ifodalanadi. Darslikdagi 47-mashq sharti asosida bajariladi. Matndagi abzaslar aniqlanadi, mazmuniy, mantiqiy, kompozitsion bog`liqliklar tushuntiriladi. Download 1.01 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling