12-ma’ruza. Suyuqliklar mexanikasi elementlari. Reja


qonunlariga bo‘ysunadi desak, bunday ko‘p sondagi molekulalar


Download 0.76 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/12
Sana19.07.2023
Hajmi0.76 Mb.
#1661208
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
12-MAVZU

qonunlariga bo‘ysunadi desak, bunday ko‘p sondagi molekulalar 
harakatining differensial tenglamalar sistemasini amalda hatto yozish 
mumkin emas
*
. Ammo, bunday tenglamalar sistemasi yozilganda ham, 
ularning echimi haqida hech narsa deyish mumkin emas (hatto eng 
mukammal EHM lari yordamida ham). Shuning uchun jismning alohida 
molekulasi (yoki atomi)ning hatti-harakati, masalan uning traektoriyasi, 
vaziyatining o‘zgarish ketma-ketligi va tezligini klassik mexanika usullari 
bilan o‘rganib bo‘lmaydi, chunki ular vaqt o‘tishi bilan tasodifiy ravishda 
o‘zgaradi. 
2. Juda ko‘p zarralardan tashkil topgan makroskopik sistemalarning fizik 
xossalari bir-birini o‘zaro to‘ldiruvchi ikki xil - statistik va termodinamik usullar 
bilan o‘rganiladi. Statistik usul ehtimolliklar nazariyasidan va o‘rganilayotgan 
sistema tuzilishining aniq modellaridan foydalanishga asoslangan. Koordinatalari va 
impulslari vaqtning har qanday momentida tasodifiy bo‘lgan ko‘p sonli zarralar 
umumiy hatti-harakatida o‘ziga xos statistik qonuniyatlar nomoyon bo‘ladi. 
Masalan, gazda molekulalar issiqlik harakat tezliklari va ular energiyalarining 
o‘rtacha qiymatlarini gaz temperaturasiga bir qiymatli bog‘lanishda aniqlash 
mumkin. Shuningdek, qattiq jism zarralarining o‘rtacha tebranma harakat 
energiyasini temperaturaga bog‘lanishini ham topish mumkin. Çarralar 
makroskopik sistemasining xossalari nafaqat zarralarning individual xususiyatlari, 
balki ularning birgalikdagi harakatining o‘ziga xosligi va zarralar dinamik 
*
Buning uchun Yer yuzasidagi qog’ozlarni hammasi ham etmas edi! 


xarakteristikalarining o‘rtacha qiymatlari(o‘rtacha tezlik, o‘rtacha energiya va 
boshqalar) tufayli ham kelib chiqadi. Makroskopik sistemalar fizik xossalarini 
statistik usul yordamida o‘rganiladigan nazariy fizikaning bo‘limiga statistik fizika 
deyiladi. Sistemaning alohida zarrasi harakatini ifodalovchi dinamik qonuniyatlar 
bilan statistik qonuniyatlar orasidagi aloqa shundan iboratki, alohida zarraning 
harakat qonunlari butun sistema bo‘yicha o‘rtachalashtirilgangan keyin, u statistik 
usul bilan ifodalanuvchi zarralar sistemalarining xossalarini aniqlaydi. 
3. Fizik hodisalarni tagqiqot qilishining statistik usulidan tashqari 
termodinamik usuli ham bor, bunda o‘rganilayotgan jismning ichki tuzilishiga va 
uning alohida zarrasining harakat xarakteriga e’tibor berilmaydi. Termodinamik 
usul sistemada sodir bo‘luvchi energiyaning turli xil aylanishlaridagi miqdoriy 
munosabatlarni va shart-sharoitni tahlil qilishga asoslangan. Energiyaning turli 
ko‘rinishlari orasidagi munosabatlar, tekshirilayotgan sistema qatnashayotgan turli 
xil jarayonlarda sistemalarning fizik xossalarini o‘rganishga imkon beradi. 
Makroskopik sistemaning fizik xossalarini termodinamik usul bilan o‘rganadigan 
nazariy fizikaning bo‘limiga termodinamika deyiladi. 
Termodinamika tajriba orqali o‘rnatilgan ikki qonunga - termodinamikaning 
birinchi va ikkinchi qonunlari, hamda Nernstning issiqlik haqidagi teoremasi yoki 
termodinamikaning uchinchi qonuniga tayanagi. Oxirgi qonunni qo‘llash, nisbatan 
uncha ko‘p bo‘lmagan masalalarni echish uchun zarurdir. Termodinamika qonunlari 
turli sharoitlardagi makroskopik sistemalarning fizik xossalari haqida ko‘pgina 
ma’lumot olishga imkon beradi. Bunda o‘rganilayotgan sistemaning ichki tuzilishi 
va sistema jismlari tashkil topgan zarralarning harakat xarakteri haqidagi aniq 
tasavvurlardan foydalanish kerak emas. Termodinamikaning ustunligi ham mana 
shundadir. U fizikaning turli bo‘limlariga (masalan, molekulyar fizika, 
elektrodinamika va h.k.) taalluqli bo‘lgan hodisalarni o‘rganishga qo‘llanilishi 
mumkin. Moddaning ichki tuzilishi asosiy rolp o‘ynaydigan hodisalarni o‘rganishda 
termodinamika ojizlik qiladi. 

Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling