12-ma’ruza. Suyuqliklar mexanikasi elementlari. Reja


Uncha ko‘p siqilmagan gaz molekulalari orasidagi o‘rtacha masofa


Download 0.76 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/12
Sana19.07.2023
Hajmi0.76 Mb.
#1661208
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
12-MAVZU

Uncha ko‘p siqilmagan gaz molekulalari orasidagi o‘rtacha masofa 
shunchalik kattaki, molekulalararo o‘zaro ta’sir kuchlari molekulalarning 
harakatiga deyarli ta’sir qilmaydi. Shuning uchun etarli darajada aniq bilan 
hisoblash mumkinki, molekulalar bir-biri bilan o‘zaro to‘qnashguncha yoki 
gaz joylashgan idish devorlariga urilguncha to‘g‘ri chiziqli tekis harakat 
qiladilar. 
3. Kristall holatdagi qattiq jismlarda zarrachalar (atomlar, molekulalar
yoki ionlar) orasidagi o‘zaro ta’sir kuchlari juda katta. Qattiq jism zarralari orasida 
tortishish va itarish kuchlarining bir vaqtda ta’sir etishi shunga olib keladiki, bu 
zarralar bir-biridan katta masofaga uzoqlasha olmaydilar. Ular kristall panjara 
tugunlari deb ataluvchi biror o‘rtacha muvozanat vaziyatlar atrofida tebranishlar 
sodir qiladilar. 
4. Suyuqlik molekulalarining issiqlik harakati yuqorida ko‘rib o‘tilgan ikki 
harakat turlarining o‘rtasidagi oraliq xarakterga ega bo‘ladi. Unda qattiq jismlar va 


gazlar zarralarining issiqlik harakatiga xos tomonlar ham kuzatiladi. Molekula 
qandaydir vaqt biror muvozanat vaziyati atrofida tebranadi va “o‘troq” holatda 
bo‘ladi, dam-badam molekula o‘lchamiga yaqin masofaga siljiydi. Shunday qilib, 
molekula bir “o‘troq” holatda bo‘lgandan keyin, boshqa o‘troq holatga ko‘chadi. 
Bundan ko‘rinagiki, suyuqlik molekulalari ham tebranadilar, ham idish hajmi 
bo‘ylab asta-sekin ko‘chadilar. 
 Tadqiqotning statistik va termodinamik usullari 
1. Har qanday jismda atomlar (yoki molekulalar) soni beqiyos ko‘p. Masalan, 
odatdagi bosim va temperaturalarda 1m
3
gazda 10
25
tartibda molekula, suyuq va 
qattiq jismlarda 10
28
tartibda molekula bor. 
Agar har bir atomning (yoki molekulaning) harakati klassik mexanika 

Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling