12-ma’ruza. Suyuqliklar mexanikasi elementlari. Reja
Termodinamik sistemalar. Termodinamik parametrlar va jarayonlar
Download 0.76 Mb. Pdf ko'rish
|
12-MAVZU
Termodinamik sistemalar. Termodinamik parametrlar va jarayonlar
1. Termodinamik usullar bilan ko‘rilayotgan va fikran ajratilgan makroskopik sistemalar termodinamik sistemalar deyiladi. O‘rganilayotgan sistema tarkibiga kirmagan barcha jismlar tashqi jismlar yoki tashqi muhit deyiladi. Energiya va modda almashinuvi sistema ichidagi uning bo‘laklari o‘rtasida va shuningdek sistema bilan tashqi muhit orasida sodir bo‘lishi mumkin. Sistemani tashqi muhitdan izolyatsiya qilishning mumkin bo‘lgan usullariga qarab bir necha termodinamik sistemalarni farqlaydilar. Tashqi muhit bilan modda almashishi mumkin bo‘lgan termodinamik sistemaga ochiq sistema deyiladi. Bunday sistemalarga tipik misol qilib barcha tirik organizmlarni, hamda bug‘lanish va qaynash tufayli massasi uzluksiz kamayadigan suyuqlikni olish mumkin. Yopiq sistema tashqi muhit bilan modda almasha olmaydi. Biz bundan keyin kimyoviy tarkibi va massasi o‘zgarmaydigan yopiq sistemalarni ko‘rib o‘tamiz. Agar sistema tashqi muhit bilan energiya ham, modda ham almasha olmasa, bunday sistamaga izolyatsiyalangan (yakkalangan) termodinamik sistema deyiladi. Mexanik nuqtai nazardan yakkalangan, ya’ni ish bajarish yo‘li bilan energiya almashinuvi sodir qila olmaydigan sistemalarni yopiq termodinamik sistemalar deyiladi. Bunday sistemaga misol tariqasida, o‘zgarmas hajmli idishga qamalgan gaz xizmat qila oladi. Agar termodinamik sistema boshqa sistemalar bilan issiqlik almashinuv orqali energiya almasha olmasa, u adiabatik sistema deyiladi. Adiabatik sistemaga misol qilib, issiqlik o‘tkazmaydigan qobiq bilan o‘ralgan jismni (masalan, Dpyuar idishiga joylashgan gaz yoki suyuqlikni) olishimiz mumkin. Agar, biror jarayonda sistema holatining o‘zgarishi etarlicha katta tezlikda sodir bo‘lib (masalan, harakatlanuvchi porshenli silindrdagi gaz birdaniga qisilganda), sistema tashqi muhit bilan issiqlik almashishga ulgurmasa, u holda bunday sistemani taxminan adiabatik sistema deb hisoblash mumkin. 2. Termodinamik sistema holatini ifodalash uchun xizmat qiluvchi fizik kattaliklar, termodinamik parametrlar (holat parametrlari) deyiladi. Termodinamik parametrlarga misol qilib, bosim, hajm, temperatura, kontsentratsiya va boshqalarni olish mumkin. Termodinamik parametrlar ikki xil bo‘ladi: ekstensiv va intensiv. Birincxilari, berilgan termodinamik sistemadagi modda miqdoriga proporsional, ikkinchilari esa sistemadagi modda miqdoriga bog‘liq emas. Eng sodda ekstensiv parametr sifatida sistema hajm V ni olishimiz mumkin. Sistema hajmini uning massasiga nisbatiga teng kattalik sistemaning solishtirma hajmi deyiladi. Bosim p va temperatura T eng sodda intensiv parametrlardir. Bosim deb, dS dF p n formula bilan aniqlanuvchi fizik kattalikka aytiladi. Bunda n dF jism sirtining dS kichik yuzasiga tik ta’sir etuvchi kuchning moduli. 3. Agar bosim va solishtirma hajm tushunarli va sodda fizik ma’noga ega bo‘lsa, temperatura tushunchasi esa ancha murakkab va uni aniq tasavvur qilish qiyin. Avvalo shuni ta’kidlash kerakki, temperatura tushunchasi qat’iy qilib aytganda, faqat sistemaning muvozanat holati uchungina ma’noga ega * . Muvozanatli holat deganda, tashqi sharoit doimiy bo‘lganda sistema parametrlarini o‘zgarmasligi va sistemada hech qanday oqimlarni (masalan, energiya va modda oqimi) yo‘qligi bilan xarakterlanadigan termodinamik sistemaning holati tushuniladi. Bu ta’rifdan shu narsa ayon bo‘ladiki, parametrlarning doimiyligi tashqi muhitda kechadigan hech qanday jarayonlar bilan bog‘liq emas. Boshqacha qilib aytganda muvozanatli holat shunday holatki, tashqi sharoit o‘zgarmas bo‘lganda termodinamik sistema oxir oqibatda unga o‘tadi va shu holatda istagancha uzoq vaqt qoladi. Muvozanatli holatda turgan termodinamik sistemaning hamma qismlarida temperatura bir xil bo‘ladi. Download 0.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling