12-ma’ruza. Suyuqliklar mexanikasi elementlari. Reja


Temperaturalari har xil bo‘lgan ikki jism orasidagi issiqlik almashish


Download 0.76 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/12
Sana19.07.2023
Hajmi0.76 Mb.
#1661208
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
12-MAVZU

Temperaturalari har xil bo‘lgan ikki jism orasidagi issiqlik almashish 
jarayonida temperaturasi yuqori bo‘lgan jismdan temperaturasi past bo‘lgan 
jismga issiqlik uzatilishi sodir bo‘ladi. Ikkala jism temperaturalari 
tenglashganda bu jarayon to‘htaydi. 
4. Muvozanat holatda turgan sistemaning temperaturasi, sistemani hosil 
qilgan atomlar, molekulalar va boshqa zarralar issiqlik harakati intensivligining 
o‘lchovidir. Temperaturaning molekulyar-kinetik talqini mana shundan iboratdir. 
Muvozanat holatda turgan va klassik statistik fizika qonunlariga bo‘ysunuvchi 
zarralar sistemasida zarralarning issiqlik harakat o‘rtacha kinetik energiyasi 
sistemaning termodinamik temperaturasiga to‘g‘ri proporsional
**
. Shuning uchun 
ba’zan temperatura, jismning qizdirilganlik darajasini bildiradi deyiladi. 
Temperaturani o‘lchashda (uni faqat bilvosita yo‘l bilan amalga oshirish 
mumkin xolos), jismlarning to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki bilvosita o‘lchash mumkin 
bo‘lgan qator fizik xossalarini temperaturaga bog‘liqligidan foydaniladi. Masalan, 
temperatura o‘zgarishi bilan jismning uzunligi va hajmi, zichligi, elastiklik 
xossalari, elektr qarsxiligi va boshqalar o‘zgaradi. Shu xossalardan hohlagan 
birining o‘zgarishini temperaturani o‘lchash uchun asos qilib olish mumkin. Buning 
*
Temperatura makraskopik sistema holatining termodonamik paramtri ekanligidan ma’lum bo’ladiki, 
bu tushuncha yakka zarra (atom, molekula va h.k.) uchun ma’noga ega emas. 
** Yaqin vaqtgacha u absolyut temperatura deb nomlangan. 



uchun termometrik jism deb ataladigan biror jismning berilgan xossasini 
temperaturaga funksional bog‘lanishi ma’lum bo‘lishi zarur. 
Temperaturani amalda o‘lchash uchun termometrik jismlar yordamida 
aniqlangan temperaturalar shkalasi qo‘llaniladi. Xalqaro yuz gradusli temperatura 
shkalasida temperatura Selsiy gradusi (
С
0
) bilan ifodalanadi va t bilan belgilanadi, 
bunda normal 
Ра
5
10
01325
.
1

bosimda muzning erish va suvning qaynash 
temperaturalari mos holda 0 va 100 
С
0
dir. Termodinamik temperatura shkalasida 
temperatura Kelpvinlarda (K) ifodalanadi va T bilan belgilanib, termodinamik 
temperatura deb ataladi. Termodinamik temperatura bilan temperaturaning yuz 
graduslik shkalasi orasida T=t+273,15 
С
0
ko‘rinishdagi bog‘lanish bor. T=0 K
temperatura (yuz gradusli shkalada t=

273,15
С
0
) temperaturaning absolyut noli 
yoki temperaturalar termodinamik shkalasining noli deb ataladi. 
5. Sistemaning holat parametrlari tashqi va ichki parametrlarga bo‘linadi. 
Berilgan sistemaga nisbatan tashqi hisoblangan jismlarning fazodagi vaziyatiga va 
turli xossalari (masalan, elektr zaryadlari) ga bog‘liq bo‘lgan fizik kattaliklarga 
sistemaning tashqi parametrlari deyiladi. Masalan, gaz uchun bunday parametr, gaz 
joylashgan idishning hajmi V hisoblanadi, chunki hajm tashqi jism bo‘lgan idish 
devorlarining vaziyatiga bog‘liq. Elektr maydonida joylashgan dielektrik uchun 
tashqi parametr bo‘lib, tashqi manbalar bilan bog‘langan bu maydonning 
kuchlanganligi hisoblanadi. Ochiq idishdagi suv uchun atosfera bosimi tashqi 
parametr vazifasini bajaradi. Sistemaga nisbatan tashqi jismlarning holatiga hamda 
shu sistemani hosil qilgan zarralarning koordinata va tezliklariga bog‘liq bo‘lgan 
fizik kattaliklarga sistemaning ichki parametrlari deyiladi. Masalan, gazning ichki 
parametrlari bo‘lib, molekulalarning koordinatalari, harakat tezliklari va gaz 
zichligiga bog‘liq bo‘lgan uning bosimi va energiyasi hisoblanadi.
1
1
US DOE Fundamentals Handbook. Vol.1.p-26 


Termodinamik jarayon deganda, tekshirilayotgan termodinamik sistema holatining 
termodinamik parametrlarining o‘zgarishi bilan bog‘liq bo‘lgan har qanday 
o‘zgarish tushuniladi. Agar sistema jarayon davomida cheksiz yaqin termodinamik 
muvozanatli holatlarning uzluksiz qatorini o‘tsa, bunday jarayonga muvozanatli 
termodinamik jarayon deyiladi. Sistema holati o‘zgarishining realp jarayonlari 
chekli tezlik bilan sodir bo‘ladi, shuning uchun ular muvozanatli bo‘lishi mumkin 
emas.
6. Biroq ravshanki, agar real jarayonlarda sistema holatining o‘zgarishi qanchalik 
sekinlik amalga oshirilsa, u shunchalik muvozanatli jarayonga yaqin bo‘ladi. 
Shuning uchun muvozanatli jarayonlarni kvazistatik jarayonlar deyiladi.
Quyidagi jarayonlar eng sodda termodinamik jarayonlarga misol bo‘la oladi: 
a) izotermik jarayon, bu jarayonda sistemaning temperaturasi o‘zgarmaydi
(T=const); 
b) izoxorik jarayon, sistemaning hajmi o‘zgarmas bo‘lgan holda o‘tadi (V=const); 
v) izobarik jarayon, sistemadagi bosim o‘zgarmas bo‘lgan holda ro‘y beradi 
(R=const). 
Sistema bilan tashqi muhit issiqlik almashmasdan o‘tadigan adiabatik jarayon 
ham muhim ahamiyatga ega. 

Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling