12-mavzu. Boshqaruv hisobini tashkil etish


partiyasi xarajatlarining umumiy so`mmasini tovar birligining umumiy miqdoriga


Download 0.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/13
Sana09.04.2023
Hajmi0.49 Mb.
#1346804
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
12-mavzu. Boshqaruv hisobini tashkil etish


partiyasi xarajatlarining umumiy so`mmasini tovar birligining umumiy miqdoriga 
bo’lish orqali mahsulot birligining tannarxi aniqlanadi.
Kontrakt va buyurtma o’rtasidagi farq shundan iboratki, biri hajm bilan, 
boshqasi esa vaqt oralig’i bilan bog’liqdir. Kontrakt tannarxini kalkulyatsiya qilish 
usuli, masalan, ishni bajarish muddati bir necha oy yoki yillarni tashkil etadigan 
kontrakt asosida qurilishda ishlaydigan kompaniyalar tomonidan qo’l-laniladi. 
Aksariyat hollarda ish pudratchining ishlab chiqarish binolarida emas, qurilish 
o’bekti joylashgan joyda bajariladi.
Har bir kontrakt mahsulot tannarxini kalkulyatsiya qilishning alohida birligi 
sifatida qaraladi, chunki rahbariyat har bir kontrakt bo’yicha olinayotgan foyda 
yoki zarar xaqida axborot talab qilishi mumkin. Yirik kontraktlar bo’yicha 
nazoratni takomillashtirish maqsadida yoki qurilishning ma’lum bir bosqichida 
to’lov hisoblarini taqdim etish va ma’lum bir sanaga foydani hisoblash 
imkoniyatini ta’minlash uchun ishning har bir bosqichi bo’yicha subbirliklarni 
belgilash zarurati yuzaga kelishi mumkin.
Buyurtmali kalkulyatsiya kilish tizimining markaziy elementi bo’lib 
buyurtmaning kalkulyatsiya kartochkasi hisoblanadi. Haridorning har bir 


buyurtmasi bo’yicha alohida kartochkasi ochiladi, unda quyidagilar hisobga 
olinadi: 
• buyurtmani bajarish uchun maxsus sotib olingan materiallar ( mol etkazib 
beruvchilarning qabul qilish – topshirish dalolatnomalari yoki hisob – 
faKredituralar asosida); 
• zahiralardan olingan materiallar (talabnomalar asosida); 
• ishlab chiqarish ishchilarning ish xaqlari ( buyuurtmani bajarish uchun vaKreditni 
hisobga olishning tabel kartochkalari asosida); 
• to’g’ri xarajatlar (hisob – fakturalar va boshqalar asosida). 
Buyurtma bajarilgandan so’ng kalkulyatsiya kartochkasida to’g’ri 
xarajatlarning umumiy so`mmasi aniqlanadi, so’ng qabul qilingan usullardan biri 
asosida ustama xarajatlar hisoblanishi va kiritilishi mumkin. Agar hisobot davri 
oxirida buyurtma yakunlanmagan bo’lsa, ma’lum bir sanaga bo’lgan kalkulyatsiya 
kartochkasidagi xarajatlarning umumiy so`mmasi tugallanmagan ishlab chiqarishni 
beradi. Buyurtmaning tannarxini avvaldan qilingan hisob - kitoblar bilan 
solishtirish mumkin. Bu haqiqat va rejadagi qiymat o’rtasidagi farqni tahlil qilish 
imkoniyatini beradi. Agar mahsulot bir necha komponentlardan iborat bo’lsa, 
barcha xarajat komponentlari hisobga olinganligini tekshirib chiqish maqsadga 
muvofiqdir.

Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling