12-mavzu. Boshqaruv hisobini tashkil etish


xususiyatlaridan kelib chiqib belgilanadi. SHu sababli amaliyotda tannarxini


Download 0.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/13
Sana09.04.2023
Hajmi0.49 Mb.
#1346804
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
12-mavzu. Boshqaruv hisobini tashkil etish

xususiyatlaridan kelib chiqib belgilanadi. SHu sababli amaliyotda tannarxini 
aniqlashning oddiy, buyurtmali, jarayonli yoki bosqichli va me’yoriy tannarx 


hisoblash usullari mavjud. 
Mahsulot tannarxini kalkulyatsiya qilishning oddiy usuli bir xil mahsulot 
ishlab chiqaradigan korxonalarda qo’llaniladi. Uning mazmun-mohiyati shundan 
iboratki, bevosita va bilvosita ishlab chiqarish xarajatlari to’g’ridan to’g’ri ishlab 
chiqarish xarajatlarini hisobga oluvchi schyotda yig’iladi. Hisobot davri oxirida 
barcha xarajatlarni ishlab chiqarilgan mahsulot hajmi (miqdori)ga bo’lish orqali bir 
birlik mahsulot tannarxi aniqlanadi. 
Tannarxning buyurtmali kalkulyatsiya usuli – bu umumiy atama bo’lib, 
maxsus buyurtma, tovar partiyasi va kontrakt tannarxining kalkulyatsiyasini 
bildiradi. 
Tannarxni 
hisoblashning 
ushbu 
usuli 
kompaniya 
haridordan 
kalkulyatsiya qili-nadigan mahsulotning bir birligini ishlab chiqarishga buyurtma 
olganda qo’llaniladi. Buyurtmalarni bajaradigan korxonalar maxsus bir martalik
tovarlar, masalan, dastgohlar, uskunalar, ehtiyot qismlar va shu kabilarni ishlab 
chiqarish bilan shug’ullanadilar.
Bir qator tovarlarni, masalan, sotilgunga qadar omborda saqlanadigan
elektrmaishiy tovarlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan kompaniyalar tovar 
partiyasi tannarxini kalkulyatsiya qilish usulidan foydalanadi. Ushbu holatda 
tannarxning buyurtmali usulidagi uslubiyot qo’llaniladi. Bunda xarajatlarni 
hisobga olish tizimi bir xildir. Yagona farq shundaki, xarajatlar mahsulot birligiga 
emas, balki mahsulot birligining ma’lum miqdoridan iborat har bir ishlab chiqarish 
partiyasiga hisoblanadi. Buyurtma tayyorlanib yakunlangandan so’ng tovar 
Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling