12-mavzu. Boshqaruv hisobini tashkil etish


Chizma 1.1 Korxonalarda rejalashtirish va boshqarish jarayoni modeli


Download 0.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/13
Sana09.04.2023
Hajmi0.49 Mb.
#1346804
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
12-mavzu. Boshqaruv hisobini tashkil etish

Chizma 1.1 Korxonalarda rejalashtirish va boshqarish jarayoni modeli
5-bosqich. qabul qilingan qarorlarni amalga oshirish 
Muqobil harakat variantlarini kompaniya uchun eng maqbuli tanlab 
olingach, uni amalga oshirish jarayoni boshlanadi. Bu jarayon asosan qarorni 
hayotga tadbiq qilish bilan bog’lik smeta (byudjet)ni tuzishni taqazo kiladi. Smeta 
(byudjet) – kompaniya menejerlari tomonidan qabul qilingan turli qarorlarni 
amalga oshirish maqsadida tuzilgan moliyaviy rejadir. Unda asosiy e’tibor sotish 
(bajarilgan ishlar,xizmatlar ko’rsatish) dan olingan daromad va ularni bajarish 
uchun ketgan xarajatlar; qarorni amalga oshirish natijasida yuzaga keladigan pul 
oqimlari va ularni sarflash yo’nalishlari batafsil yoritiladi.Smetaning tuzilishidan 
maqsad, kompaniyaning har bir xodimini bosh rahbariyat tomonidan qabul 
qilingan qarorlarni bajarishdagi rolini ko’rsatishdan iborat. 
 
6-bosqich. Haqiqiy va rejalashtirilgan ma’lumotlarni solishtirish 
1.Maqsadni belgilash 
2.Alternativ harakat variant- 
larini qidirish 
3.Alternativ harakat variantlari 
to’g’risida ma’lumot yig’ish 
4. Alternativ harakat variantlaridan
maqbulini tanlab olish 
5Qabul qilingan qarorlarni 
amalga oshirish 
6.Xaqiqiy va rejalashtirilgan 
ma’lumotlarni solishtirish 
7. Aniqlangan chetga chiqishlarni 
bar- 
taraf qilish bo’yicha tadbirlar ishlab
chiqish 


Bu bosqichning asosiy vazifasi byudjetda keltirilgan ko’rsatkichlarni 
bajarilishini ta’minlashdan iborat. Buning uchun boshqaruv qarorlarini amalga 
oshirish jarayonida haqiqatda yuzaga kelgan ma’lumotlar byudjetda ko’rsatilgan 
ma’lumotlar bilan solishtirib boriladi, ular bo’yicha chetga chiqishlar aniqlanadi. 
Mutaxassislar tomonidan o’tkazilgan tahlil natijasida bu chetga chiqishlarning 
yuzaga kelish joylari, sabablari va sababchilari o’rganiladi. Agar tahlil natijalari 
belgilangan byudjet ko’rsatkichlari bajarilmay qolishidan dalolat bersa, kompaniya 
rahbariyati mavjud rejaga o’zgartirish kiritish to’g’risida qaror qabul qilishi 
mumkin. 

Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling