12-mavzu. Boshqaruv hisobini tashkil etish
-qadam. Boshqaruv hisobi tizimini joriy qilish
Download 0.49 Mb. Pdf ko'rish
|
12-mavzu. Boshqaruv hisobini tashkil etish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Boshqaruv hisob va moliyaviy hisob orasidagi farqlar.
4-qadam. Boshqaruv hisobi tizimini joriy qilish
Bu bosqichda boshqaruv hisobi rejada ko’zda tutilgan tarzda amaliyotga joriy qilina boshlanadi va monitoring jarayonida aniqlangan kamchilik va nomuvofiqlar bo’yicha unga tegishli o’zgartirishlar qilinadi. Boshqaruv hisob va moliyaviy hisob orasidagi farqlar. Buxgalteriya hisobining moliyaviy va boshqaruv hisobiga rasmiy tarzda bo’linishi respublikamizda birinchi marta 1995 yili «Xarajatlar tarkibi va moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to’g’risida”gi Nizom orqali amalga oshirilgan. SHu tariqa iqtisodiy hayotimizga maqsadi, vazifalari va foydalanadigan usullari va yana bir qator belgilari bo’yicha farq qiluvchi boshqaruv hisobi kirib keldi. Uning ko’pchiligimizga ma`lum bo’lgan moliyaviy hisobdan farqini aniqroq tasavvur qilish uchun quyidagi jadval ma’lumotlariga murojaat qilamiz. Moliyaviy va boshqaruv hisobining taqqoslama tavsifi Farqlovchi belgilar Moliyaviy hisob Boshqaruv hisobi 1.Qo’yilgan huquqiy talablarga ko’ra qonunchilik asosida tartibga solinadi va yuritiladi Yuritilish tartibi maxsus qonunchilik bilan tartibga solinmagan 2. Axborotning aniqlik darajasiga ko’ra Aniqlik qat’iy tarzda talab qilinadi Ayrim ma’lumotlar aniq bo’lmasligi mumkin 3.O’rganish o’bektiga ko’ra Korxonaning barcha faoliyat yo’nalishlarini qamrab oladi Korxonaning ayrim fao- liyat yo’nalishlari yoki bo’limlariga tegishli 4.Qo’llaniladigan hisob tamoyillariga ko’ra Xalqaro yoki milliy buxgalteriya standartlari asosida yuritiladi qo’llaniladigan tamoyillar korxona menejmenti tamonidan belgilanadi 5.Axborotning vaqt qam roviga ko’ra Asosan o’tgan davrda yuz bergan muomala va hara- katlarni aks ettiradi O’tgan davr ma’lumotlaridan tashqari istiqbol tav- sifidagi axborotlar ham hisobga olinadi 6.Axborotlarni taqdim etish davriyligiga ko’ra Yilda yoki chorakda bir Marta Ehtiyoj tugilishi bilan so’rab olinadi yoki tavsiya etiladi 7.Axborotning Asosan, investorlar, Asosan korxonaning turli foydalanuvchilariga ko’ra aktsionerlar, mulk egalari kabi tashqi foydalanuvchilar darajadagi menejerlari, xodimlari 8.Qo’llaniladigan hisob tizimiga ko’ra Albatta ikkiyoqlama yozuvni taqazo etadi Ikkiyoqlama yozuv bo’lishi shart emas 9.Hisobot sub’ektiga ko’ra Korxona Mas’uliyat markazlari Menejmentda boshqaruv hisobi. Boshqaruv va moliyaviy hisoblarining schyotlarida xo’jalik muomalalarini qayd qilish Boshqaruv hisobi boshqaruv bo’g’iniga axborotlar yetkazib berish bilan shug’ullanar ekan, menejmentning ma’lumotlarga bo’lgan ehtiyojini yanada yaxshiroq tushunish uchun boshqaruv qarorlari qabul qilish jarayoni to’g’risida to’liq ma’lumotga ega bo’lish lozim. Boshqaruv qarorlari qabul qilish jarayoni 1.1.chizmada ko’rsatib o’tilgan. CHizmada ko’rsatilgan birinchi beshta bosqich rejalashtirish va boshqaruv qarori qabul qilish jarayonini tashkil etadi. Bunda asosan korxona oldiga qo’yilgan joriy yoki strategik vazifani bajarish uchun taklif etilgan alternativ harakat variantlari ichidan korxona uchun eng maqbuli tanlab olinadi.Oxirgi ikkita bosqich boshqaruv jarayonini tashkil qilib, bunda tanlab olingan harakat variantini baholash va chetga chiqishlarni aniqlash amalga oshiriladi. Boshqaruv qarorlari qabul qilish jarayonini batafsilroq ko’rib chiqamiz. Download 0.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling