12-mavzu. Boshqaruv hisobini tashkil etish
-bosqich. Maqsad va vazifani belgilash
Download 0.49 Mb. Pdf ko'rish
|
12-mavzu. Boshqaruv hisobini tashkil etish
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2-bosqich. Muqobil harakat variantlarini qidirish
- 3-bosqich. Muqobil harakat variantlari to’g’risida ma’lumot yig’ish
- 4-bosqich. Muqobil harakat variantlaridan maqbulini tanlab olish
1-bosqich. Maqsad va vazifani belgilash
Har qanday biznes faoliyatining eng oliy maqsadi, bu- kompaniya foydasini ko’paytirishdir. Bunga erishish uchun esa kompaniya o’z oldiga joriy va uzoq istikbolni hisobga olgan vazifalarni qo’yadi. Bunday vazifalar sifatida quyidagilarni keltirish mumkin: ■ sotish hajmini oshirish; ■ aktivlar qiymatini oshirish; ■ mahsulot sifatini yaxshilash; ■ ishlab chiqarish jarayonini kengaytirish; ■ yangi mahsulot turini yaratish va h.k. 2-bosqich. Muqobil harakat variantlarini qidirish Bu bosqichda maqsadga erishishning strategiyasi belgilanadi. Masalan, agar kompaniya oldiga yakin 3 yil ichida sotish hajmini oshirish va bozordagi mavqeini mustahkamlash vazifasi qo’yilgan bo’lsa, bu maqsadga erishishning turli yo’llari izlanadi. Bunday yo’llar sifatida quyidagi harakat variantlarini keltirish mumkin: ▪ mavjud bozorga yangi mahsulotlarni taklif qilish; ▪ yangi bozorlarga mavjud mahsulotlarni taklif qilish; ▪ yangi bozorlarga yangi mahsulotlarni taklif qilish 3-bosqich. Muqobil harakat variantlari to’g’risida ma’lumot yig’ish Maqsadga erishish va kompaniya oldiga qo’yilgan vazifalarni bajarish tavsiya etilayotgan muqobil variantlardan birini tanlab olish maqsadida ular to’g’risida har taraflama ma’lumotlarni yig’ish taqazo etiladi. CHunki aksariyat qarorlar noaniqlik va ko’plab cheklovlar mavjud bo’lgan sharoitda qabul qilinadi. qarorlar qabul qilish jarayonida ayniqsa nazorat qilib bo’lmaydigan omillar ta’sirini o’rganish alohida e’tiborni talab qiladi. Bunday omillar sifatida, o’ta yuqori iqtisodiy o’sish sur’atlari, sezilarli inqiroz darajasi, biznes olamida ishchanlik darajasining pasayganligi, raqobat darajasining o’zgarganligi va boshqalarni keltirish mumkin. 4-bosqich. Muqobil harakat variantlaridan maqbulini tanlab olish Kompaniya rahbariyati qo’lida to’plangan ma’lumotlarga asoslanib taklif etilgan muqobil variantlardan biri tanlab olinadi. Bunda har bir variant: a) strategik b) amalga oshirilishi mumkinligi va v) moliyaviy nuqtai nazardan baholab chiqiladi Tavsiya etilgan variantlarni strategik baholash jarayonida ushbu loyihani kompaniyaning istiqboldagi rejalariga qanchalik darajada mos kelishligi o’rganiladi. Bunda quyidagi savollarga javob olinishi ko’zda tutilgan: ■ ushbu loyiha kompaniyaning strategik rivojlanish rejasiga qanchalik darajada mos keladi: - samaradorlikni oshiradi yoki xarajatlarni kamaytiradi; - mavjud mahsulot bilan yangi bozorlarga chikish imkonini beradi; - mavjud bozorga yangi mahsulot tavsiya etish imkonini beradi; - yangi mahsulot bilan yangi bozorlarga chiqish imkoni yaratiladi ■ kompaniyada ushbu loyihaga muqobil variantdagi loyiha (lar) mavjudmi? ■ ushbu loyihani amalga oshirilishi asosiy raqobatchilar bilan bo’lgan munosabatlarga qanday ta’sir ko’rsatadi? Loyihaning amalga oshirilishi mumkinligi darajasi o’rganilaetgan paytda - ushbu loyihaning chindan ham kompaniyaga zarurligi va ushbu muammoni boshqacha yo’l bilan hal qilish imkoniyati aniqlanadi. Masalan, loyiha ishlab chikarish quvvatlarini oshirishni mo’ljallab tuzilgan bo’lsa: - bizga ushbu qo’shimcha quvvatlar kerakmi? - qo’yilgan maqsadga mavjud quvvatlardan yanada yaxshirok foydalanish orqali erishish mumkin emasmi? degan savollarga javob izlanadi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling