12-Mavzu: Bozor iqtisodiyoti. Bozor va uning tuzilishi Bozor iqtisodiyotining mazmuni va uning asosiy belgilari


Download 142.29 Kb.
bet7/11
Sana05.04.2023
Hajmi142.29 Kb.
#1276567
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
12-Mavzu.Bоzоr iqtisоdiyoti. Bоzоr vа uning tuzilishi

Sotiladigan va sotib olinadigan tovar, xizmat turiga ko`ra bozorlar quyidagi turlarga bo`linadi: iste`mol tovarlari va xizmatlari bozori, ishlab chiqarish vositalari va ishchi kuchi (resurslar) bozori, valyuta bozori va fond birjalari, ilmiy texnika kashfiyoti va ishlanmalar bozori.
Muomalaga chiqadigan sub`ektlarning xususiyatiga ko`ra ulgurji va chakana savdo to`g`risida gap yuritiladi. Chakana savdoda asosan sotib oluvchilar fuqarolar hisoblanadi. Turli shakldagi korxonalar, firmalar, xususiy do`konlar va boshqalar esa sotuvchi hisoblanadi. Ulgurji savdoda davlat tomonidan qishloq xo`jalik mahsulotlarini xarid qilish alohida o`rin tutadi. Bunda asosiy xaridor davlat, sotuvchilar esa dehqon va fermerlar xo`jaliklaridir.
Bozorning Beshta Asosiy Savoli
Bozor tizimining asosiy xususiyatlari bozor iqtisodiyotining quyidagi beshta muhim savolga javob bo`la olishini tushunishga yordam beradi:

    • Qanday mahsulot va xizmat turlari ishlab chiqariladi?

    • Ular qay yo`sinda ishlab chiqariladi?

    • Ulardan asosan kimlar foydalanishi mumkin?

    • Bu tizim o`zgarishlarga qanday bardosh beradi?

    • Tizimning muvaffaqiyat garovi nimalardan iborat?

Mazkur beshta savol mahsulot ishlab chiqarish imkoniyatlari chizig`ini belgilovchi iqtisodiy tanlovlarni yoritib beradi. Ular inson ehtiyojlari cheksiz bo`lgan bu dunyoda tanqis resurslarni aks ettiradi. Iqtisodiyotning barcha ko`rinishlari shu beshta savolga murojaat etadi.

Qanday tovarlar va hizmatlar ishlab chiqariladi?


Bozor tizimi muayyan turdagi va miqdordagi xizmat va tovarlarni ishlab chiqarishni qanday hal etadi? Bu savolga jo`yali javob mana bunday: Doimiy foyda keltirayotgan xizmat va tovarlar ishlab chiqarilaveradi va foyda keltirmayotganlari ishlab chiqarilmaydi. Daromadlar va zararlar mahsulot sotuvidan tushadigan umumiy tushumlar (UT) va o`sha mahsulotlarning ishlab chiqarishning umumiy muqobil narxi (MN) o`rtasidagi farqlaridir. (Iqtisodcgilar uchun esa, iqtisodiy narxlarga mehnatga to`lanadigan to`lovlargina emas, balki tovar ishlab chiqarishda ishlatilgan boshqa resurslarni jamlash va tashkillastirish uchun sarflangan xarajatlar ham kiradi.)
Sanoatdagi davomiy iqtisodiy foyda (UT>MN) mahsulot ko`lamini kengaytirishga va resurslarni shu sanoatiga yo`naltirishni taqozo qiladi. Amaldagi korxonalar o`sib boradi va yangilari qo`shiladi. Shunday qilib, sanoat ko`lami kengayadi. Sanoatdagi davomiy iqtisodiy zarar (UTiste`molchilardir; mos ravishda ishlab chiqaruvchilar va ta`minotchilar ularning talablarini qondirish uchungina xizmat qiladi.

Download 142.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling