12-Mavzu: Bozor iqtisodiyoti. Bozor va uning tuzilishi Bozor iqtisodiyotining mazmuni va uning asosiy belgilari


Bu Tizim Muvaffaqiyatga Qanday Erishadi?


Download 142.29 Kb.
bet10/11
Sana05.04.2023
Hajmi142.29 Kb.
#1276567
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
12-Mavzu.Bоzоr iqtisоdiyoti. Bоzоr vа uning tuzilishi

Bu Tizim Muvaffaqiyatga Qanday Erishadi?


Jamiyat, albatta, iqtisodiy yuksalishni (ko`proq mahsulot ishlab chiqarish) va insonlarni turmush darajalarini oshishini istaydi (kishi boshiga ko`proq daromadga erishilishi). Bozor tizimi jamiyatdagi insonlarni turmush darajalarini oshishini belgilovchi omillaridan hisoblangan ham texnologiyalarni takomillashuvi ham davlat byudjetini to`planishiga qanday erishadi?
Texnologiyaning takomillashuvi. Bozor tizimi texnologiyaning takomillashuvi uchun kuchli turtki bo`ladi va sifatsiz tovarlarni o`rniga yaxshiroqlarini almashtirishga imkoniyat yaratadi. Ishlab chiqaruvchi yoki korxona raqobatchilarni hisobiga daromad va iqtisodiy foydaga erishadilar. Birinchi yili samaradorlik bilan ishlayotgan korxona keyingi bir necha yil mobaynida moliyaviy muammolarga yuz tutishi mumkin.
Texnologiyaning takomillashuvi, shuningdek, ishlab chiqarish va yetkazib berish bilan bo`g`liq xarajatlarni qisqartirish ko`maklashuvchi yangi usullardan foydalanishni ham o`z ichiga oladi. Iste`molchiga o`zining narx qisqarishini pastroq mahsulot narxi orqali singdirib yuborib, korxona savdo ko`lamini oshiradi va raqobatchi firmalar hisobiga iqtisodiy foydaga erishadi.
Bundan tashqari, bozor tizimi sanoat bo`ylab texnologiyaning takomillashuvining tez sur`atda kengayishini ta`minlaydi. Raqobatchi firmalar tez sur`at bilan rivojlanayotgan firmalarga taqlid qiladi yoki tez orada bankrotga ushrashlari mumkin. Ba`zi hollarda, tanazzul bo`lib chidadi: yangi turdagi mahsulotlar va ishlab chiqarish usullari avvalgilarini tamomila barbod qiladi. Masalan: kompakt disklarini savdoga chiqarilishi gramplastinkalarni muomaladan chiqarib yubordi yoki MP3 va boshqa turdagi raqamli texnikalar CD disklarini siqib chiqardi.
Kapitalning jamg`arilishi. Ko`p texnologik takomillasuv qo`shimcha capital tovarlarini talab qiladi. Bozor tizimi kapital tovarlarga talabni oshishi hisobiga mahsulotlarni o`shanday tovarlarni ishlab chiqarish uchun kerakli resurslar bilan ta`minlaydi. Ya`ni, bozor tizimi ham iste`mol ham kapital tovarlarga talab bor ekanini biladi. Ammo kapital tovarlarga bo`lgan talabni kim belgilaydi?
Javob: korxona egalari va tadbirkorlar. Foydali daromadga ega bo`lganligidan, ular o`sha daromadni bir qismini kapital tovarlari ishlab chiqarishga sarflaydi. Agar texnologik innovatsiyalar muvaffaqiyatli bo`lsa, bunday yo`l tutish kelajakda foydali daromadni yanada ko`paytiradi. Shuningdek, foizlarni to`lash yoki aksiyalarni sotib olish orqali firma yoki korxona daromadni ba`zi qismini ko`proq kapital tovarlarga talabni oshirishga asrab qo`yadi.
Ko`rinmas Qo`l” nazariyasi. Adam Smith 1776 yilda yozgan Millatlar Boyligi kitobida ilk marotaba bozor tizimini boshqaruvi shaxsiy va ijtimoiy manfaatlar orasidagi ajoyib bog`liqlik yaratisgini aytib o`tgan edi. Firmalar va resurs ta`minotchilari o`zlarining shahsiy ehtiyojlarini oshirib va yuqori sur`atdagi raqobatdosh bozor tizimi doirasida harakatlanib, ayni paytda, go`yo “ko`rinmas qo`l”
tomonidan boshqarilayotgandek, umumiy va ijtimoiy manfaatlarini yuzaga chiqaradilar. Masalan, ko`rib chiqdikki, raqobat sharoitida, korxonalar foydani oshirish maqsadida yangi va talabgor mahsulotlarni ishlab chiqaradilar. O`sha ishlab chiqarilgan mahsulotlar jamiyat farovonligini oshiradi. Yana ular muayyan turdagi tovarlarni ishlab chiqarishda eng kamharj resurslardan foydalanadilar chunki bunda qilish, ularning shahsiy ehtiyojlaridan kelib chiqadi. Aks holda, korxona bankkrotga yuz tutishi mumkin. Ammo, ayni paytda, tanqis resurslardan eng kamharj foydalanish ijtimoiy manfaatlarni ham yuzaga keladi. U resurslardan jamiyat uchun kerakli bo`lgan mahsulotni ishlab chiqish orqali ularni sarflaydilar. Raqobatbardosh bozor tizimi orqali boshqariladigan va yuzaga kelgan shahsiy ehtiyoj jamiyat ehtiyjidagi o`zgarishlarga to`liq mos kelishni ta`minlab beradi. Yo`qotishlarga chap berib, foydani ko`zlagan korxonalar va katta pul daromadini ko`zlayotgan resurs ta`minotchilar resurslarni taqsimlanishidagi o`zgarishlarni kelishib oladilar va jamiyatni ehtoyojlarini qondirishga harakat qiladilar. Raqobat huddi shunday shahsiy ehtiyojni avtomatik holda boshqaradi va o`zlari xohlamagan tarzda jamiyatning eng maqbul manfaatlarini jadallashtiradilar. Ko`rinmas qo`l firmalar foydalarini oshirganda va resurs ta`minotchilari daromadlarini ko`paytirganda, bu guruhlar, shunigdek, jamiyatni foyda va daromadlarini ham oshiradilar. Quyida bozor tizimining ushta asosiy afzalliklarini ko`rib chiqamiz:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling