12-Mavzu: Bozor iqtisodiyoti. Bozor va uning tuzilishi Bozor iqtisodiyotining mazmuni va uning asosiy belgilari


Zamonaviy bozor xo`jaligi modellari


Download 142.29 Kb.
bet3/11
Sana05.04.2023
Hajmi142.29 Kb.
#1276567
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
12-Mavzu.Bоzоr iqtisоdiyoti. Bоzоr vа uning tuzilishi

Zamonaviy bozor xo`jaligi modellari.
Hozirgi zamon bozor xo`jaligi iqtisodiyot xususiy va davlat sektorlarining o`zaro aloqasiga asoslanadi. Iqtisodiyotga ta`sirning intensivligi darajasi hamda davlat tomonidan hal etiluvchi ustuvor vazifalardan kelib chiqqan holda, zamonaviy bozor iqtisodiyotining yuqoridagi modellari farqlanadi (5.2-chizma).
Bozor iqtisodiyotida yuqorida tilga olingan belgi va tartiblar bilan birga, barcha hozirgi zamon iqtisodiy tizimlariga xos bo`lgan bir qator shart-sharoitlar bo`lishi
taqozo qilinadi. Bular quyidagilar: ilg`or texnologiya va yangi texnik vositalardan keng miqyosda foydalanish; ishlab chiqarishning ixtisoslashishi.
Har qanday iqtisodiy tizim singari bozor iqtisodiyoti ham iqtisodiyotning umumiy muammolarini ifoda etuvchi quyidagi savollarga javob topishi zarur: nima va qancha miqdorda ishlab chiqarish zarur? qanday texnika va texnologiya bilan ishlab chiqarish zarur? kim uchun ishlab chiqarish zarur?
Agar bu savollarni umumiy ravishda qo`yib, unga taraqqiyotning barcha bosqichlariga xos bo`lgan umumiy javobni beradigan bo`lsak, ularni lo`nda qilib: aholi ehtiyoji uchun zarur miqdor va turdagi tovar va xizmatlarni ishlab chiqarish; mavjud resurslardan samarali foydalanib, yangi texnika va texnologiyalar asosida ishlab chiqarish; aholi iste`moli uchun zarur ne`matlarni ishlab chiqarish, deb javob berish mumkin.
Lekin bozor iqtisodiyoti davrida bu savollarga mazkur tizimning o`ziga xos tarixiy xususiyatidan, uning talablari va qonun-qoidalaridan kelib chiqib javob beriladi. Qisqacha qilib aytganda, bozor iqtisodiyoti sharoitida:

  1. ko`proq foyda beradigan tovarlar va xizmatlar ishlab chiqariladi;

  2. puli bor, tovarlarni yuqori foyda olish imkonini beradigan narxlarda sotib olish layoqatiga ega xaridorlar uchun ishlab chiqariladi;

  1. yuqori foyda olishni ta`minlaydigan, tejash imkonini beradigan texnika va texnologiya yordamida ishlab chiqariladi.




      1. Download 142.29 Kb.

        Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling