12-Mavzu: Bozor iqtisodiyoti. Bozor va uning tuzilishi Bozor iqtisodiyotining mazmuni va uning asosiy belgilari


Tizim o`zgarishlariga qanday moslashadi?


Download 142.29 Kb.
bet9/11
Sana05.04.2023
Hajmi142.29 Kb.
#1276567
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
12-Mavzu.Bоzоr iqtisоdiyoti. Bоzоr vа uning tuzilishi

Tizim o`zgarishlariga qanday moslashadi?


Bozor tizimi dinamik ko`rinishdadir: iste`molchilar talabi, texnologiya va resurs ta`minotlar, bularning barchasi o`zgaruvchandir. Bu degani, iste`molchining talabining muayyan ko`rinishi, texnologik alternativlarning turlichaligi hozirdagi eng samarali resurslarning taqsimlanishi demakdir. Vaqt o`tgan sari iste`molchining talabining o`zgarishi, ishlab chiqarishning yangi usullarining kashf etilishi va resurs ta`minotining o`zgarishi natijasida mavjud resurslarning miqdori eskirib, samarasiz bo`lib qoladi. Masalan, iste`molchilar bozorga yetkazib berishi mumkin bo`lgan darajadan kamroq sut va ko`proq sharbat xohlaydi deb tasavvur qilaylik. Iste`molchilarning talabining o`zgarishi sut va sharbatni ma`lum bir miqdorda ishlab chiqarishga turtki bo`ladi. Boshqa omillarni hisobga olganda, sharbat sanoatidagi narx va foydalar oshadi va sut sanoatidagi narx esa pasayadi. Insonning shaxsiy ehtiyoji mavjud raqobatchilarni mahsulot ko`lamini oshirishga va yangi raqobatchilarni ko`proq sharbat ishlab chiqarishga chorlaydi va shu bilan mos ravishda sut mahsulotlarini ishlab chiqarish sanoatini yopilib ketishiga olib keladi. Sharbat sanoatidagi baland narxlar va yuqori darajadagi iqtisodiy foyda nafaqat o`sha sanoatni kengayishiga, balki, shuningdek, o`sha sanoatga o`z tovar ishlab chiqarish ko`lamini ta`minlovchi muhim resurslarni qo`lga kiritishiga kerak bo`lgan mablag`ni berib yuboradi. Balandroq narxlar va foydalar sharbat ishlab chiqaruvchi sanoatni ishlatilinmayotgan boshqa ta`minot vositalaridan ko`qroq resurslarni jalb etishga undaydi. Sut mahsulotlari ishlab chiqarish sanoatida buni aksi kuzatilib, u yerga kamroq ishchilar va resurslar jalb etiladi. Iqtisodiyotdagi bunday sharoitga moslashuv, iste`molchi talablaridagi o`zgarishlarga muvofiq javob bo`ladi. Bu esa iste`molchini amaldagi ustunligini ko`rsatadi.
Bozor tizimi ulkan iqtisodiy tizimdir. Narx va foydalarni o`zgarishi orqali u iste`molchini talab istaklarini qondirish payida bo`ladi va ishlab chiqarish korxonalari va resurs ta`minotlari o`ziga kerakli xulosa chiqaradi. Narx va foyda ta`sirida iste`molchi talabidagi o`zgarishlar ba`zi sanoatlarni kengayishiga va boshqalarini qisqarishiga olib keladi. Bunday moslashuv resurslar bozoriga yo`naltiriladi. Kengayib borayotgan sanoatlar ko`proq resurslarni jalb etishi va qisqarib borayotgan sanoatlar o`z faoliyat ko`rsatish ko`lamlarini qisqartirishi bilan resurs narxlaridagi yuzaga kelgan o`zgarishlar (misol uchun, oylik maoshlari) va daromadga yo`naltirilgan resurslar qisqarib borayotgan sanoatdan kengayib borayotganiga yo`naltiriladi. Narxlar va foydalarning yo`naltirilgan vazifasi bozor tizimini eng muhim asosidir. Bunday tizimiz, ba`zi boshqaruv
idoralari ishlab chiqarish va resurslarni mavjud sanoatlarga yo`naltirgan bo`lar edi. Huddi shunday yuzaga kelgan tahlil bu tizimni boshqa fundamental o`zgarishlarga, misol uchun, turli resurslar va texnologiyalardagi o`zgarishlarga moslashuviga imkoniyat berishini ko`rsatadi.

Download 142.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling