12-Mavzu: Bozor iqtisodiyoti. Bozor va uning tuzilishi Bozor iqtisodiyotining mazmuni va uning asosiy belgilari


Download 142.29 Kb.
bet6/11
Sana05.04.2023
Hajmi142.29 Kb.
#1276567
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
12-Mavzu.Bоzоr iqtisоdiyoti. Bоzоr vа uning tuzilishi

6.3-chizma.


Bozorning vazifalari.
Bozor iqtisodiyotni tartibga solib turish vazifasini talab, taklif, raqobat va narxlar yordamida bajaradi. U o`zida talab va taklifni jamlab, bu bilan nimani, qancha miqdorda va qaysi vaqtda ishlab chiqarish kerakligini aniqlab beradi. Bozor narx vositasida iqtisodiy resurslarni tovarlarga talab kamaygan tarmoqlardan talab ortgan tarmoqlarga oqib kelishini ta`minlaydi.
Shuningdek, adabiyotlarda bozorning boshqa ko`plab qo`shimcha vazifalari ham keltiriladi. Bu vazifalarni yaqqolroq tasavvur etish uchun ularni maxsus chizma ko`rinishida ifodalash mumkin (5.3-chizma).
Bozor turli xil vazifalarni bajarsa-da, ular o`zaro bog`liq va bir-birini taqozo qiladi. Bozorning mazmunini to`laroq tushunmoq uchun uning turlarini va ichki tuzilishini bilish zarur.
Resurs bozorida, uy xo`jaliklari resurslarni sotadi va korxonalar ularni sotib oladilar. Uy xo`jaliklari ya`ni odamlar ishchilar sifatida bilvosita yoki korxonalarga egalik huquqlari orqali esa bevosita hamma iqtisodiy resurslarga egalik qiladilar. Ular resurslarni korxonalarga sotadilar va ular, o`z navbatida, ularni sotib oladilar chunki bu narsalar ularga tovar va xizmat turlarini ishlab chiqarishga yordam beradi. Korxonalarni resurslar uchun to`laydigan fondlari korxonalar uchun xarajatlardir, ammo ijara haqi va foiz uy xo`jaliklari daromadlari hisobigadir., Shuning uchun pul mablag`lari uy xo`jaliklaridan korxonalarga oqib boradi, korxonadan esa uy xo`jaliklarigakelib tushadi.
Tovarlar bozori korxona va ishlab chiqaruvchilar taklif etayotgan tovar va xizmatlar sotib olinadigan yoki sotib yuboriladigan joydir. Resurslar bozorida ishlab chiqaruvchilar resurslar sotib uchun pul mablag`larini yo`naltiradi. Uy-xo`jaliklari tovar va xizmatlarni sotish uhcun resurlar savdosidan olayotgan daromadlatlaridan foydalanishadi. Iste`molchilarning tovar va xizmatlarga sarfining pul aylanmasi korxonalarning foydali savdosiga imkoniyat yaratadi. Korxonalar ushbu foydalarni foydalilikni aniqlashda qiyoslab ko`radi va ma`lum tovar va xizmatlarni ishlab chiqarilishini davom ettirish yoki to`xtatish keraklini belgilaydi. Aylanma harakatli diagramma uy- xo`jaligi va korxonalarning o`zaro iqtisodiy faoliyatlarini qaror qabul qilishning bir-biriga bog`langan, murakkab sur`atini tasvirlab beradi. Iqtisodiyot uchun, bu hayot–mamot qonuniyatidir. Uy-xo`jaliklari va korxonalar sotuvchi va sotib oluvchilaridir. Korxonalar resurslarni sotib oladi va tovarlarni sotadi. Uy- xo`jaliklari esa tovarlarni sotib oladi va resurslarni sotadi. Iqtisodiy resurslarni va foydalanib bo`lingan xizmat va tovarlarni saot yo`nalishiga qarama-qarshi haqiqiy aylanma harakati va daromad hamda iste`mol harjlarini saot yo`nalishiga tomon harakatini ko`rish mumkin.151
Bozorning ichki tuzilishi murakkab bo`lganligi sababli uni turkumlashda quyidagi asosiy mezonlarga asoslaniladi:

  • bozorning etuklik darajasi;

  • sotiladigan va sotib olinadigan mahsulot turi;

  • bozor sub`ektlari xususiyatlari;

151 CampbellR.McConnell, Stanley L. Brue. Economics: Tamoyillar,muammolar va siyosat. O’nettinchiNashr. 53-55 b.

  • bozor miqyosi,

  • iqtisodiy aloqalar tavsifi va boshqalar.

Bozorning etuklik darajasiga qarab rivojlanmagan bozor, klassik (erkin) bozor, hozirgi zamon rivojlangan bozorlarga bo`linadi. Rivojlanmagan, shakllanayotgan bozor ko`proq, tasodifiy tavsifga ega bo`lib, unda tovarni tovarga ayirboshlash usuli (barter) ko`proq qo`llaniladi. Bozorning bu turi tarixan hali haqiqiy pul kelib chiqmagan davrga to`g`ri keladi. Lekin hozirgi davrda ham ayrim mamlakatlarda pul inqirozga uchrab, ijtimoiy ishonchni yo`qotgan, bozor iqtisodiyotiga o`tayotgan davrlarda ham bu bozor amal qilishi mumkin. Erkin (klassik) bozor – tovar va xizmatlarning har bir turi bo`yicha juda ko`p ishlab chiqaruvchilar va iste`molchilar, ya`ni sotuvchilar va sotib oluvchilardan iborat bo`lib, pul orqali ayirboshlash jarayonida ular o`rtasida erkin raqobat kelib chiqadi, narxlar talab va taklif o`rtasidagi nisbatga qarab erkin shakllanadi, raqobatning turli usullari qo`llaniladi, aholi va ishlab chiqaruvchilar keskin tabaqalanadi. Hozirgi zamon rivojlangan bozori – bunda davlat ham bozor ishtirokchisi bo`lib, bozor ancha tartiblashtiriladi va boshqariladi, turli xil birjalar va boshqa oldi-sotdi jarayoniga xizmat qiluvchi sohalar rivojlangan bo`ladi, raqobat kurashlari aholining tabaqalashuvi yumshatilib, ularning daromadlari darajasi o`rtasidagi farqlar kamayadi.
Bozor hududiy jihatdan quyidagi turlarga bo`linadi: mahalliy bozorlar (Toshkent bozori, Samarqand bozori, Urgut bozori, London bozori, Nyu-York bozori, Pekin bozori va boshqalar); milliy bozorlar (O`zbekiston bozori, Rossiya bozori, Ukraina bozori, Angliya bozori, Amerika bozori, Xitoy bozori va boshqalar); mintaqaviy bozorlar (Markaziy Osiyo yoki Osiyo bozori, G`arbiy Evropa bozori) va jahon bozori.

Download 142.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling