12-Mavzu: iste`molchilarning xulq-atvor modellari
Download 52.14 Kb.
|
12-Seminar. ISTEMOLCHI XULQI MODELLARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ko`ryapman va Bajaryapman
- 4. Ishonch.
12-Mavzu: ISTE`MOLCHILARNING XULQ-ATVOR MODELLARI Reja: 1. Iste’molchiga ta’sir o`tkazish nazariyasi 2. Xarid qilish qarori nazariyasi 3. Ehtiyojlarni qondirish nazariyasi 4. Xaridorlar ehtiyojlarining 6 kategoriyasi 5. Iste’molchi xatti-harakatiga ta`sir etuvchi ichki va tashqi omillar. 1. Bu nazariya sotuvchini savdo kelishuvi lahzasini yaqinlashtirib, xaridorni 5 intekletual bosqichdan o`tkazishiga asoslanadi. Bu intelektul bosqichlar quyidagilar: Ko`ryapman va Bajaryapman (diqqat, qiziqtirish, istak, ishonch va bajarish). 1. Diqqat. Agar xaridor diqqatini jalb eta olmasangiz, unda tovar yoki xizmatni sotish umidi ham yo`qdir. 2. Qiziqtirish – bu bu savdo kelishuvi yo`nalishida ikkinchi qadam, sotuvchi diqqatni qiziqishga aylanishi uchun eng yaxshi usulni tanlashi kerak bo`ladi. Qiziqqanlik suhbat va mijozni faol tinglash yordamida shakllantiriladi. Ushbu jarayonda mijozda o`zini ma`lum qilish, o`z ehtiyojlarini namoyon etish imkoni bo`ladi, sotuvchi esa o`z navbatida aniq iste’molchiga afzalikka ega bo’lgan va ushbu ehtiyojlarni qondira oladigan tovar va xizmatlarni taklif etish imkoniyati bo`ladi. Qiziqishni shakllantirish uchun eng avvalo tovar yoki xizmatning xarakteristikalarini aytib o`tish, so`ngra tovar o`ziga xos xususiyatlarini aniq mijoz afzalligi uchun qayta shakllantirish lozim. Shu usul orqali mijozda muayyan tovarga nisbatan qiziqish paydo qilinadi. 3. Istak. Aynan xohish insonni biror predmetga egalik qilishga biz tomondan his etiladigan rohatlanish, qoniqish kechinmalarda qatnashishga undaydi. Istak yuqori sifatli ovozli stereotizimlari, avtomobil ko`rinishi, computer samaradorlikni oshirish yoki ishni ancha sifatli bajarishini tushunish orqali uyg`otilishi mumkin. 4. Ishonch. Bu bosqichda potensial xaridor, tovar chin qadriyatini va uning xossalarini narxga muvofiqligini hal etadi. Sotuvchi xaridorning hamma shubhalarini bartaraf eta oldi. Bu bosqichda mijoz o`ziga va atrofdagilarga xaridni ratsional tushuntirishi mumkin, chunki u sotuvchi ishontira olgan tovar sifatiga ishonch, o`zi uchun tovarning ustunliklariga ega bo`ldi. Download 52.14 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling