12-Mavzu: iste`molchilarning xulq-atvor modellari
Download 52.14 Kb.
|
12-Seminar. ISTEMOLCHI XULQI MODELLARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qidirish.
- Harakatga kelish.
Iste’molchi tiplari:
Kognitiv iste’molchi. Bu yondashuv asosiga ko`ra iste’molchi xulq atvori ketma-ketlikdagi fikrlaydigan axborotni qayta ishlash bilan boshlanadi. Axborotni qayta ishlash bosqichlari Axborotni tashqi olamdan olish(asosan reklama ta’monoti vositasida). Axborotni sharhlash yoki tushunish. Bu jarayon o`zining tajribasi, fikri, shaxsiy maqsadi, xarakteri va ijtimoiy holati bilan mos holda amalga oshadi. Qidirish. Iste’molchi ehtiyojlari yoki istagini aniqlashtirish uchun qo`shimcha ma’lumot izlaydi. Baholash. Ehtiyojlarni qondirishga qodir bo`lgan raqobat qiluvchi muqobil markalarni baholaydi. Shakllanish. Xaridni qilish yoki qilmaslik bo`yicha fikr va niyatni shakllantiradi, agar xarid qilishga qaror qilinsa unda qaysi markani tanlash lozim. Harakatga kelish. Aniq xaridga undovchi ichki omillarga muvofiq amal qiladi. Baholash. Yan bir marotaba maxsulotni iste’mol qilishdan olingan, qoniqishdan kelib chiqib munosabat va niyatni baholaydi. Mustahkamlash. Ongda kelajakda shu tovarga murojaati bo`yicha yangi munosabatni mustahkamlaydi. A. Maslou nazariyasining keng miqyosda e’tirof etilganligi, xarid qilish jarayonidagi zamonaviy iste’molchilarning atvorini tushuntirishga yetarli emas. Umumiy o`xshash tomonlari bo`lishi mumkinligiga qaramasdan, xaridorlarni turli kategoriyalarga ajratish mumkin emas, ammo ular ko`p hollarda ulkan turlichalikni namoyon etadi. Bundan tashqari, iste’molchi xarakteristikasi – hayot tarzi, didi, istaklari va talablari – doimiy tarzda o`zgarib turadi va rivojlanib boradi. Iste’molchilarning harakatga undovchi motivlar anchayin murakkab bo`lishi mumkin, har bir xaridor, aynan bir xil tovarni o`zicha qabul qiladi, bu qabul qilish unikal(aynan o`sha shaxsga tegishli), emotsional(hissiy), charchoq bilan shartlangan, shuningdek nomantiqiy va o`zgaruvchan bo`lishi mumkin. Bir qator iste’molchilarda harkatga undovchi motivlar xarid qilish haqida analitik qarorga qaratilgan ketma-ket qadamlar sababidan bo`lgan mantiqiylikdan yuqori bo`lishi mumkin. Bitta tovarni xarid qilib turib, turli odamlar turlicha ehtiyojlarga ega bo`lishlari va har xil motivlarga tayanishlari mumkin, shu bilan birga har bir odam bitta xaridni amalga oshirib turib, bir necha motivlari bo`lishi ham mumkin. Insonning asosiy ehtiyoji iqtisodiyot rivojining tarixi davomida kamroq o`zgargan. Bu ehtiyojlarni qondirish usullari axborot texnologiyalari rivojlanishi asrida sezilarli o`zgarishlarni boshdan kechirdi. Zamonaviy iste’molchilar o`zlarining yashash tarzi, didlarida, istaklari, talablarida farqlidirlar. Natijada, “turli xaridorlarni turlicha xizmat ko`rsatish zarur”, degan bosh tamoyilga asoslangan “Birga bir” strategiyasi vujudga keladi. Iste’molchilarning hamma xarakteristikasi o`zgaradi va rivojlanib boradi. Iste’molchilarning xulq-atvor tadqiqotchilari, indidiuumlar xarid haqida qanday qilib qaror qabul qilishlarini, nimani, nega, qay darajada tez, qayerdan va qachon sotib olishlarini, tahlil etishadi. Ular fanning boshqa sohalari: psixologiya, sotsiologiya, sotsial psixologiya, antropologiya, kulturalogiya, iqtisodiyotda ishlab chiqilgan tamoyil va nazariyalar ma’lumotlarini foydalanadi. R. Olshavsky va D. Graboisning 1979 yilda chop etilgan “Iste’molchi qarorining qabul qilinishi – dalilmi yoki xomxayolmi?, nomli tadqiqotlari har kungi xaridlarning aksariyat qismi muayyan axborotni izlamasdan va o`rindoshlarini baholamasdan omalga oshirilishi namoyish etildi. M. Dimshits qayd etadiki, 20 yildan ortiqcha davrda olib borilgan turli tadqiqotlar reklama va PR-biznes, shuningdek OAV sanoatida keng tarqalgan va faol olg`a suriladigan “vafodor iste’molchi” modelidan farqli ravishda ko`proq tarqalganlikni “befarq iste’molchi”(xohlagan tovar guruhida 90% dan ortig`i) tashkil etishini tasdiqlashga imkon beradi. Bunga o`xshash iste’molchini quyidagicha farqlash mumkn: 1. Ma’lumotga bexosdan ega bo`lish. 2. O`zida allaqachon mavjud bo`lgan axborotni qo`llash. 3. Reklamani passiv tarzda qbul qlish orqali, axborotning samaradorligini ta’minlash. 4. Oldin xarid qilish, undan keyingina brendni baholash. 5. Qoniqishning muayyan darajasiga erishishga urunish, eng kam muammo keltirishi mumkin bo`lgan tovarlarni xarid qilish, uni baholashda chegaralangan mezonlar birligidan foydalanish. 6. Referent guruhlar bu kabi xaridorlarga va uning individual iste’mol xulqiga sezilarsiz ta`sir o`tkazadi. Xaridor tomonidan tovar tanlovi ko`plab omillar madaniy, ijtimoiy, shaxsiy va psixologik ta’sirlar ostida shakllanadi, aslini olganda bu jarayonda hal etuvchi rolni madaniyat o`ynaydi. 5. iste’molchilar xulqiga ta’sir etuvchi tashqi omillar Download 52.14 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling