12-mavzu. Moliyaviy natijalar hisobining vazifalari


 Moliyaviy natijalarni aniqlash va hisobini tashkil qilishning xuquqiy-me’yoriy


Download 0.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/12
Sana28.02.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1236543
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
12-mavzu Moliyaviy natijalar hisobi

2. Moliyaviy natijalarni aniqlash va hisobini tashkil qilishning xuquqiy-me’yoriy 
asosi. 
Moliyaviy natijani aniqlash tartibi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 5 fevraldagi 54 
– sonli qarori bilan «Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish 
xarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to‘g‘risida»gi 
Nizom asosida olib boriladi. 
Ushbu Nizomning ahamiyati katta bo‘lib, u soliqqa tortiladigan foyda bilan 
buxgalteriya schyotida (balans foyda) hosil bo‘ladigan foyda farqini aniqlash 
imkoniyatini beradi. 
Xarajatlar tarkibi to‘g‘risidagi Nizom bir tomondan, xo‘jalik sub’ektlariga hisobot 
davri ichidasodir bo‘lgan xarajatlar va daromadlar to‘g‘risidagi aniq ma’lumotlarni olish 
imkoniyatini bersa, ikkinchi tomondan, soliq qonunlariga binoan soliq organlariga 
hisobotlarni tuzib, topshirish imkoniyatini beradi. 
Xo‘jalik sub’ekti balans foydasini aniqlash uchun sotishdan tushgan tushumdan 
olib tashlanadigan xarajatlar ro‘yxati ushbu Nizomning asosiy matnida keltirilgan. 
Bundan keyin xo‘jalik sub’ekti buxgalteriya hisobi schyotlarida ko‘rsatilgan foydani
soliq qonunchiligiga binoan tuzatilib soliqqa tortiladigan foydani aniqlaydi. 
Buxgalteriya hisobi schyotlaridagi foydani soliq qonun-chiligiga binoan tuzishga misol
qilib normadan ortiq xarajat-langan safar xarajatlari, reklama xarajatlari va
boshqalarni keltirish mumkin. 
Demak, soliqqa tortiladigan bazani hisoblab chiqish uchun bu xarajatlarni soliqqa 
tortiladigan foydaga qaytadan qo‘shish kerak. Buning natajasida xo‘jalik yurituvchi 
sub’ekt quyidagi ma’lumotlarga ega bo‘ladi: 
- xo‘jalik sub’ektining qaysi bo‘linmalaridan qancha ishlab chiqarish, moliyaviy
va boshqaruv faoliyati natijasida qancha foy-da olindi; 
- xo‘jalik sub’ektining yakuniy faoliyatiga davlatning soliq siyosati qanchalik
ta’sir qilganligi
- yakuniy natijada xo‘jalik sub’ekti byudjetga qancha pul o‘t-kazib berishi. 
«Xarajatlar tarkibi to‘g‘risida»gi Nizomda aytilganidek, ishlab chiqarish – 
xo‘jalik faoliyati natijasida xo‘jalik sub’ekti tomonidan daromad quyidagi asosiy
bo‘limlar bo‘yicha aks etti-riladi: 
- sotishdan olingan sof tushum
- asosiy faoliyatdan olingan boshqa daromadlar (operatsion da-romadlar); 
- moliyaviy faoliyatdan olingan daromadlar; 
- favqulodda foyda. 

Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling