Korxonaning odatiy xo‘jalik faoliyatidan keskin
farq qiladigan favquloddagi
xodisalar (tasodif, kutilmagan va odatiy bo‘lmagan zarar va yo‘qotishlar)
natijasida
vujudga keladigan foyda va zararlar hisobi quyidagi schyotlarda yuritiladi:
9710 “Favquloddagi foydalar”;
9720 “Favquloddagi zararlar”.
Favqulodda xodisalardan foyda 9710 “Favquloddagi foydalar” schyotining kreditida
TMZni
hisobga oluvchi schyotlar, olinadigan schyotlar yoki pul mablag‘larini hisobga
oluvchi schyotlar bilan bog‘langan holda aks ettiriladi.
Favqulodda xodisalardan zarar 9720 “Favquloddagi zararlar”
schyotining debetida
uzoq muddatli va joriy aktivlarni hisobga oluvchi schyotlar bilan bog‘langan
holda aks
ettiriladi.
Hisobot davrining oxirida 9710 “Favquloddagi foydalar”, 9720 “Favquloddagi
zararlar” schyotlari 9910 “Yakuniy moliyaviy natija” schyoti bilan bog‘langan
holda
yopiladi.
9710 “Favquloddagi foydalar”, 9720 “Favquloddagi zararlar” schyotlari bo‘yicha
analitik hisob favquloddagi foyda va zararlarning nomlari bo‘yicha yuritiladi.
Favquloddagi foyda (zarar)larni hisobga oluvchi schyotlar (9700)ning bog‘lanishi
Do'stlaringiz bilan baham: