12-mavzu. Moliyaviy natijalar hisobining vazifalari
Moliyaviy faoliyatning daromadlari va xarajatlari hisobi
Download 0.54 Mb. Pdf ko'rish
|
12-mavzu Moliyaviy natijalar hisobi
7. Moliyaviy faoliyatning daromadlari va xarajatlari hisobi.
«Xarajatlar tarkibi to‘g‘risidagi Nizom»ga binoan moliyaviy faoliyatdan olinadigan daromadlarga quyidagilar kiradi: - olingan royaltilar va sarmoya transferti. - O‘zbekiston Respublikasi hududida va uning tashqarisida boshqa xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatida ulush qo‘shgan holda qatnashishdan olingan daromad, aksiyalar bo‘yicha dividendlar va obligatsiyalar hamda xo‘jalik yurituvchi sub’ektga tegishli qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha daromadlar. - mulkni uzoq muddatli ijaraga berishdan olingan daromadlar (lizing to‘lovini olish). - valyuta schYotlari, shuningdek chet el valyutalaridagi muomalalari bo‘yicha ijobiy kurs tafovutlari. - sarflangan (qimmatli qoG‘ozlarga, sho‘ba korxonalarga va hokazolarga) mablag‘larni qayta baholashdan olingan daromadlar. Moliyaviy faoliyatdan olingan boshqa daromadlar soliqqa tortishda yalpi daromadga kiritilmaydi. Moliyaviy faoliyat bo‘yicha daromadlar hisobi «Asosiy xo‘jalik faoliyatidan olinadigan daromadlar» nomli 2-son BHMA, «Lizing hisobi» nomli 6-son BHMA, «Moliyaviy investitsiyalar hisobi» nomli 12-son BHMAlar bilan tartibga solinadi. Moliyaviy faoliyat daromadlari to‘g‘risidagi axborotlarni umumlashtirish quyidagi schyotlarda amalga oshiriladi: 9510 “Royalti ko‘rinishidagi daromadlar”; 9520 “Dividendlar ko‘rinishidagi daromadlar”; 9530 “Foizlar ko‘rinishidagi daromadlar”; 9540 “Valyutalar kurslari farqidan daromadlar”; 9550 “Uzoq muddatli ijaradan daromadlar”; 9560 “Qimmatli qog‘ozlarni qayta baholashdan daromadlar”; 9590 “Moliyaviy faoliyatning boshqa daromadlari”. Royalti ko‘rinishida olingan daromadlar 9510 “Royalti ko‘rinishidagi daromadlar” schyotining kreditida 4850 “Olinadigan royalti” yoki pul mablag‘larini hisobga oluvchi schyotlar bilan bog‘langan holda aks ettiriladi. O‘zbekiston Respublikasi hududida va undan tashqarida boshqa korxonalar faoliyatida ulush bilan ishtirok etishdan olingan daromadlar, korxonaga tegishli bo‘lgan aksiyalar bo‘yicha dividendlar va obligatsiya va boshqa qimmatli qog‘ozlardan daromadlar 9520 “Dividendlar ko‘rinishidagi daromadlar” schyotining kreditida 4840 “Olinadigan dividendlar” schyoti bilan bog‘langan holda aks ettiriladi. Uzoq muddatli va joriy investitsiyalar bo‘yicha foizlar ko‘rinishidagi daromadlar 9530 “Foizlar ko‘rinishidagi daromadlar” schyotining kreditida 4830 “Olinadigan foizlar” schyoti bilan bog‘langan holda aks ettiriladi. 9540 “Valyutalar kurslari farqidan daromadlar” schyotida balansning valyuta moddalari bo‘yicha ijobiy kurs farqlaridan olingan daromadlar aks ettiriladi. Chet el valyutasidagi operatsiyalar bo‘yicha ijobiy kurs farqi, shu jumladan buxgalteriya balansini tuzish sanasiga qarzlarni qayta baholash farqlari 9540 “Valyutalar kurslari farqidan daromadlar” schyotiga o‘tkaziladi. Mulkni uzoq muddatli ijaraga berishdan olingan daromadlar 9550 “Uzoq muddatli ijaradan daromadlar” schyotining kreditida 4830 “Olinadigan foizlar”, 6230 “Boshqa kechiktirilgan daromadlar”, pul mablag‘larini hisobga oluvchi schyotlar va boshqa tegishli schyotlar bilan bog‘langan holda aks ettiriladi. Qimmatli qog‘ozlarni qayta baholashdan daromadlar 9560 “Qimmatli qog‘ozlarni qayta baholashdan daromadlar” schyotining kreditida uzoq muddatli investitsiyalarni hisobga oluvchi schyotlar va qisqa muddatli investitsiyalarni hisobga oluvchi schyotlar bilan bog‘langan holda aks ettiriladi. 9590 “Moliyaviy faoliyatning boshqa daromadlari” schyotida moliyaviy faoliyatning boshqa daromadlari aks ettiriladi. Moliyaviy faoliyat daromadlarini hisobga oluvchi schyotlar (9500)ning bog‘lanishi № Xo‘jalik muomalalarining mazmuni Schyotlarning bog‘lanishi Debet Kredit 1 Royalti bo‘yicha olinadigan summalar 4850 9510 2 Boshqa korxonalarda ulushli qatnashishdan olingan daromadlar, korxonaga tegishli bo‘lgan aksiya va boshqa qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha dividendlar 4840 9520 3 Qarz majburiyatlari bo‘yicha foizlar 4830 9530 4 Balansning valyuta moddalarini qayta baholashdan ijobiy kurs farqlari Pul mablag‘larini hisobga oluvchi schyotlar, olinadigan schyotlar, majburiyatlar ni hisobga oluvchi schyotlar va boshqalar 9540 5 Uzoq muddatli ijara shartnomasi bo‘yicha hisoblangan foizlar summasi 4830 9550 6 Qimmatli qog‘ozlarni qayta baholash (qiymatining oshirilishi) 0610, 5810 9560 7 Hisobot davri oxirida moliyaviy faoliyat daromadlarini hisobga oluvchi schyotlarning yopilishi 9510-9590 9910 Moliyaviy faoliyat bo‘yicha xarajatlar to‘g‘risidagi axbrotlarni umumlashtirish quyidagi schyotlarda amalga oshiriladi: 9610 “Foizlar ko‘rinishidagi xarajatlar”; 9620 “Valyutalar kurslari farqidan zararlar”; 9630 “Qimmatli qog‘ozlarni chiqarish va tarqatish bo‘yicha xarajatlar”; 9690 “Moliyaviy faoliyat bo‘yicha boshqa xarajatlar”. Banklar, mol yetkazib beruvchilarning kreditlari va qarzlar, uzoq muddatli ijara bo‘yicha foizlar va boshqa foiz to‘lovi xarajatlari 9610 “Foizlar ko‘rinishidagi xarajatlar” schyotining debetida 6920 “Hisoblangan foizlar” yoki pul mablag‘larini hisobga oluvchi schyotlar bilan bog‘langan holda aks ettiriladi. 9620 “Valyutalar kurslari farqidan zararlar” schyotida salbiy kurs farqi va balansning valyuta moddalariga doir operatsiyalar bo‘yicha zararlar aks ettiriladi. Chet el valyutasi operatsiyalari bo‘yicha salbiy kurs farqlari, shu jumladan buxgalteriya balansini tuzish sanasiga qarzlarni qayta baholashdan farq 9620 “Valyutalar kurslari farqidan zararlar” schyotining debetida pul mablag‘larini hisobga oluvchi schetlar, olinadigan schetlar va majburiyatlarni hisobga oluvchi schyotlar bilan bog‘langan holda aks ettiriladi. Qimmatli qog‘ozlarni chiqarish va tarqatish bilan bog‘liq xarajatlar 9630 “Qimmatli qog‘ozlarni chiqarish va tarqatish bo‘yicha xarajatlari” schyotining debetida majburiyatlar va pul mablag‘larini hisobga oluvchi schyotlar bilan bog‘langan holda aks ettiriladi. 9690 “Moliyaviy faoliyat bo‘yicha boshqa xarajatlar” schyotida moliyaviy faoliyat bo‘yicha boshqa xarajatlar aks ettiriladi. Moliyaviy faoliyat bo‘yicha xarajatlarni hisobga oluvchi schyotlar (9600)ning bog‘lanishi Download 0.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling