12-mavzu. Moliyaviy natijalar hisobining vazifalari


№  Xo‘jalik muomalalarining mazmuni


Download 0.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/12
Sana28.02.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1236543
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
12-mavzu Moliyaviy natijalar hisobi

№ 
Xo‘jalik muomalalarining mazmuni 
Schyotlarning bog‘lanishi 
Debet 
Kredit 

Foydadan byudjetga to‘lovlar bo‘yicha yil 
davomida hisoblangan summalar 
9810, 9820 
6410 

Hisobot davrining oxirida soliqlar va yig‘imlarni 
to‘lash uchun foydaning ishlatilishini hisobga 
oluvchi schyotlarning yopilishi 
9910 
9810, 9820 
5.10. Sof foyda hisobi. 
Yilning soy foydasi, u soliq to‘langandan keyin xo‘jalik yurituvchi sub’ekt 
ixtig‘rida qoladi, o‘zida daromad (foyda)dan to‘lanadigan soliqni va minus qonun 
hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa soliqlar va to‘lovlarni chiqarib tashlagan holda 
soliqlar to‘langunga qadar olingan foydani ifodalaydi: 
SF = STF-DS-BS, 
bunda, 
SF – sof foyda; 
DS – daromad (foyda)dan to‘lanadigan soliq; 
BS – boshqa soliqlar va to‘lovlar. 
Foydaning taqsimlanishi deganda uning iste’mol va jamg‘arishga yo‘naltirilishi, 
joriy davr foydasining soliqlar to‘lovi, ishlab chiqarishni rivojlantirish va zaxiralashga 
hamda kapital egalari o‘rtasidagi shartlar, kelishuvlarga binoan taqsimlanishi tushuniladi. 
Foyda quyidagicha taqsimlanadi: 
- soliq qonunchiligiga muvofiq davlat byudjetiga soliqlar, yig‘imlar va 
to‘lovlarga; 
- ishlab chiqarishni rivojlantirish va zaxiralashga; 
- aksiya va kapital egalariga dividendlar to‘lashga. 
Korxona o‘zining hisob foydasidan, avvalo, davlat oldida hisob beradi va o‘zining 
ixtiyorida hamda tasarrufida bo‘lgan foyda summasini aniqlaydi. Foydadan olingan 
soliqlar qat’iy stavkalarda va foizlarda undiriladi. Hisob foydasining qolgan qismi 
korxona sof foydasi sifatida uning erkin belgiloviga (aksionerlar umumiy yiG‘ilishining 
qarori va ichki nizomiga) muvofiq taqsimlanadi. 
Sof foydadan ishlab chiqarishni rivojlantirish va kengaytirishga oid sarflar 
aksionerlarning umumiy yiG‘ilishida hisob berish hamda ularning roziligini olish asosida 
belgilanadi. 
Sof foydaning qolgan qismi chiqarilgan aksiyalarning turiga qarab va ularning 
imtiyozli shartlari asosida taqsimlanadi. Dastlab imtiyozli aksiya egalariga oldindan 


kafolatlangan foizlarda to‘lovlar hisobga olinadi, so‘ngra oddiy aksiya egalariga dividend 
foizlari va summalari e’lon qilinadi. Foydaning taqsimlanmagan qismi korxona uchun 
taqsimlanmagan foyda sifatida, agar korxona nochor ahvolda bo‘lsa, qoplanmagan zarar 
sifatida keyingi hisobot yiliga o‘tkaziladi. 
9910 “Yakuniy moliyaviy natija” schyoti hisobot yilida korxona faoliyati yakuniy 
moliyaviy natijasining shakllanishi to‘g‘risidagi axborotlarni umumlashtirish uchun 
mo‘ljallangan. Yakuniy moliyaviy natija (foyda yoki zarar) asosiy faoliyatdan, moliyaviy 
faoliyatdan va favqulodda daromadlardan ushbu faoliyat turlari bo‘yicha xarajatlar 
summasiga kamaytirilishidan yuzaga keladi. 9910 “Yakuniy moliyaviy natija” 
schyotining debetida korxonaning xarajat (zarar)lar, kreditida esa daromad (foyda)lar aks 
ettiriladi. Hisobot davridagi debet va kredit aylanmasi taqqoslanishi hisobot davrining sof 
foydasi (zarari)ni ko‘rsatadi. 
Har bir hisobot davri oxirida 9910 “Yakuniy moliyaviy natija” schyotining debeti 
va krediti bo‘yicha aylanmalar yig‘iladi va hisobot davrining yakuniy moliyaviy 
natijanisini ifodalovchi ushbu schyot bo‘yicha umumiy qoldiq hisoblab chiqariladi. 
Hisobot davrining tugashi bilan yillik moliyaviy hisobot tuzishda 9910 “Yakuniy 
moliyaviy natija” schyoti 8710 “Hisobot davrining taqsimlanmagan foydasi 
(qoplanmagan zarari)” schyoti bilan bog‘langan holda yopiladi. 
Yakuniy moliyaviy natijani hisobga oluvchi schyotlar (9900)ning bog‘lanishi 

Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling