12-mavzu. Moliyaviy natijalar hisobining vazifalari


 Sotishdan olingan yalpi foyda (zarar)


Download 0.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/12
Sana28.02.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1236543
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
12-mavzu Moliyaviy natijalar hisobi

5. Sotishdan olingan yalpi foyda (zarar). 
Mahsulotni sotishdan olingan yalpi foyda, bu sotishdan olingan sof tushum bilan 
sotilgan mahsulotning ishlab chiqarish tannarxi o‘rtasidagi tavofut sifatida aniqlanadi: 
YaF= SST-IT 
bunda, 
YaF – yalpi foyda; 
SST – sotishdan olingan sof tushum; 
IT – sotilgan mahsulotning ishlab chiqarish tannarxi. 
6. Asosiy faoliyatning boshka daromadlari. 
asosiy faoliyatdan ko‘rilgan foyda, bu mahsulotni sotishdan olingan yalpi foyda 
bilan davr xarajatlari o‘rtasidagi tafovut va plyus asosiy faoliyatdan ko‘rilgan boshqa 
daromadlar yoki boshqa zararlar sifatida aniqlanadi: 
AFF = YaF-DX+BD-BZ, 
bunda, 
AFF – asosiy faoliyatdan olingan foyda; 
DX – davr xarajatlari; 
BD – asosiy faoliyatdan olingan boshqa daromadlar; 
BZ – asosiy faoliyatdan ko‘rilgan boshqa zararlar. 
Asosiy faoliyatning boshqa daromadlari to‘g‘risidagi axborotlarni umumlashtirish 
quyidagi schyotlarda amalga oshiriladi: 
9310 “Asosiy vositalarning chiqib ketishidan foyda”; 
9320 “Boshqa aktivlarning chiqib ketishidan foyda”; 
9330 “Undirilgan jarima, penya va ustamalar”; 
9340 “O‘tgan yillar foydalari”; 
9350 “Qisqa muddatli ijaradan daromadlar”; 
9360 “Kreditor va deponent qarzlarni hisobdan chiqarishdan daromadlar”; 
9370 “Xizmat ko‘rsatuvchi xo‘jaliklar daromadlari”; 
9380 “Tekin qaytarilmaydigan moliyaviy yordam”; 
9390 “Boshqa operatsion daromadlar”. 
Hisobot davrining oxirida asosiy vositalarning chiqib ketishidan foyda summasi 
9310 “Asosiy vositalarning chiqib ketishidan foyda” schyotining kreditida 9210 “Asosiy 
vositalarning chiqib ketishi” schyoti bilan bog‘langan holda aks ettiriladi. 


Hisobot davrining oxirida boshqa aktivlarning chiqib ketishidan foyda summasi 
9320 “Boshqa aktivlarning chiqib ketishidan foyda” schyotining kreditida 9220 “Boshqa 
aktivlarning chiqib ketishi” schyoti bilan bog‘langan holda aks ettiriladi. 
Xo‘jalik shartnomalarining shartlarini buzganliklari uchun qarzdorlardan undirilgan 
jarimalar, penya, ustamalar va boshqa jarima turlari, shuningdek yetkazilgan zararlarni 
qoplash bo‘yicha daromadlar 9330 “Undirilgan jarima, penya va ustamalar” schyotining 
kreditida pul mablag‘larini hisobga oluvchi schyotlar yoki olinadigan schyotlar bilan 
bog‘langan holda aks ettiriladi. 
Hisobot davrida aniqlangan o‘tgan yillar foydalari 9340 “O‘tgan yillar foydalari” 
schyotining kreditida pul mablag‘larini hisobga oluvchi schyotlar yoki tegishli olinadigan 
schyotlarning debeti bilan bog‘langan holda aks ettriladi. 
Mulkni qisqa muddatli ijaraga berishdan daromadlar 9350 “Qisqa muddatli ijaradan 
daromadlar” schyotining kreditida 4820 “Qisqa muddatli ijara bo‘yicha olinadigan 
to‘lovlar” schyoti bilan bog‘langan holda aks ettiriladi. 
Da’vo muddati o‘tib ketgan kreditor va deponent qarzlarni hisobdan chiqarishdan 
daromadlar 9360 “Kreditor va deponent qarzlarni hisobdan chikarishdan daromadlar” 
schyotining kreditida kreditor va deponent qarzlarni hisobga oluvchi schyotlar bilan 
bog‘langan holda aks ettiriladi. 
9370 “Xizmat ko‘rsatuvchi xo‘jaliklar daromadlari” schyotida shu korxonaning 
asosiy faoliyati bo‘yicha mahsulot ishlab chiqarish, ishlar bajarish va xizmatlar ko‘rsatish 
bilan bog‘liq bo‘lmagan daromadlar hisobga olinadi. Bularga korxona balansida bo‘lgan 
sog‘liqni saqlash ob’ektlari, bolalar bog‘chalari, uy joy komunal xo‘jaligi, madaniyat va 
sport ob’ektlaridan olingan daromadlar kiradi. 
Pul mablag‘lari va pul ekvivalentlari ko‘rinishida tekinga olingan daromadlar 9380 
“Tekin qaytarilmaydigan moliyaviy yordam” schyotining kreditida pul mablag‘lari va pul 
ekvivalentlarini hisobga oluvchi schyotlar bilan bog‘langan holda aks ettiriladi. 
Boshqa operatsion faoliyatdan olingan daromadlar 9390 “Boshqa operatsion 
daromadlar” schyotining kreditida pul mablag‘larini hisobga oluvchi schetlar yoki 
olinadigan schyotlar bilan bog‘langan holda aks ettiriladi. 
Asosiy faoliyatning boshqa daromadlarini hisobga oluvchi schyotlar (9300)ning 
bog‘lanishi 

Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling