12-mavzu. Olimning profesionallashuvi va ijtimoiy ma`suliyati. İlmiy tadqiqotda ijtimoiy etika. Reja


Download 68.07 Kb.
bet5/9
Sana09.02.2023
Hajmi68.07 Kb.
#1182397
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
12 Mavzu IDM

Siyosatning subyekti va obyekti. Siyosat inson hayotiy faoliyatining eng muhim jihatlaridan biri sifatida maydonga chiqadi. Shuning uchun siyosatning subyekti va obyektini kim va nima tashkil etishini aniqlash juda muhimdir.
Subyekt” va “obyekt” tushunchalari asosiy falsafiy kategoriyalardan biridirlar. “Subyekt” deganda faol harakat qiluvchi va idrok etuvchi, iroda va ongga ega bo‘lgan alohida shaxs yoki ijtimoiy guruh, “obyekt” deganda subyekt faoliyati nimaga yo‘naltirilganligi tushuniladi.
Siyosatda obyekt sifatida siyosiy munosabatlar, siyosiy jarayonga tortilgan siyosiy tizim o‘zining institutlari bilan birgalikda, ijtimoiy guruhlar va shaxslar maydonga chiqishlari mumkin. Siyosatda obyekt passiv omil bo‘lraasdan, o‘z yashash va amaliyot doirasidagi rivojlanish qonunlariga egaki, siyosiy jarayonni tatbiq qilishda ular bilan, albatta, hisoblashish lozim. Siyosiy mexanizm siyosat obyektining faolligini hisobga olmog‘i lozim. Siyosiy munosa­batlar ochiq, harakatchan, to‘xtovsiz o‘zgarib boruvchi tizim bo‘lib, jamiyatning barcha iqtisodiy, ijtimoiy, ma’naviy sohalari bilan yaqindan bog‘liqdir.
Siyosatning subyekt va obyekti garchi jamiyatning to'xtovsiz bir-biriga ta’sir qiluvchi unsuri bo‘lsa ham ular ikki mustaqil sohasidir. Ular orasidagi aloqa dialektik xususiyatga ega, ya’ni garchi ular bir-birini taqazo etsalar ham, biri ikkinchisiga qarama-qarshidir. Siyosatning subyekti uning obyektisiz mavjud bo‘la olmaydi va aksincha.
Subyekt siyosatda ko’p saviyali xususiyatga ega. Birinchi navbatda, bu jamiyatning siyosiy tashkiloti va uning bosh elementi bolgan davlat bajaradigan vazifalarining xilma-xilligi va keng kolamliligi bilan ajralib turadi. Bular: hokimiyat, rahbarlik, boshqaruv, tartibga solish, nazorat va boshqalar. Bundan tashqari, siyosat subyekti oz ichiga jamiyat siyosiy tashkilotining boshqa elementlarini ham qamrab oladi; siyosiy partiyalar va harakatlar, ijtimoiy-siyosiy tashkilotlar, “tasir o'tkazish guruhlari”, parlamentdagi lobbi, mahalliy oz ozini boshqarishning nodavlat organlari va shunga oxshashlar.
Siyosat subyektining mustaqil element sifatida siyosiy bo‘lmagan tashkilotlar va muassasalar. Kasaba uyushmalari, ijodiy birlashmalar, turli yo‘nalishdagi ijti­moiy tashkilotlar (diniy, ekologik, xotin-qizlar, yoshlar tashkiloti, milliy-madaniy markazlar va hokazo), mehnat jamoalari va boshqalar ham unga taalluqlidir.
Tabiiyki, ijtimoiy institut qanchalik siyosiylashgan bo‘lsa, uning siyosatdagi o‘rni shunchalik ko‘p bo‘ladi. Biroq birorta institut ham o‘ziga yetarli bo‘lgan, o‘z kuchiga ishongan mutlaq narsaga aylanmasligi lozim. Totalitar va yakka hokimlikka asoslangan tuzumlar sharoitida partiyalarda ana shunday holat kuzatilishi mumkin.
Demokratiya, huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati taraqqiy etgan sharoitida, hatto bevosita siyosatdan juda ham uzoq bo‘lgan tashkilot va muassasalar siyosiy jarayonlarni takomillashtirish va uyg‘unlashtirishga o‘z hissalarini qo‘shishlari mumkin. Siyosat obyektining o'zi esa faqat zaif, statik tizimgina bo‘lib qolmasdan, balki ijtimoiy faol, harakatchan xususiyatga ega bo'lib, siyosiy subyektga ta’sir o‘tkazishga qodirdir. Buni siyosatda ауlanma aloqa, deb ataydilar. Aylanma aloqa qanchalik rivojlangan, faol, shakllangan bo‘lsa, siyosiy jarayonni amalga oshirish shunchalik ko'proq demokratik, samarali bo‘lib, kamroq qarama-qarshilikka ega bo‘ladi. Siyosiy tizimni demokratlashtirish davrida bu alohida muhim ahamiyat kasb etadi.
Siyosat subyektlarining inslitutlashtirilganlaridan tashqari institutlashtirilmaganlari ham bo‘lishi mumkin. Shundaylar qatoriga mazkur lahzada siyosiy jihatdan faol bo‘lgan ijtimoiy guruhlar kiradilar. Shuning uchun siyosiy subyektlarni asosiy va ahamiyat (mohiyat)lilari o‘rtasida tafovutlar mavjud. Siyosatning asosiy subyektlari yirik ijtimoiy jamoalar sinflar, tabaqalar va millatlar bo‘lsa, mohiyatiylar - aholi soni, yashash hududi, ma’lumoti, kasbi yoki uyushish belgilari jihatidan tashkil topgan uncha katta bo‘lmagan ijtimoiy guruhlardir. Demokratiya sharoitida siyosat subyekti sifatida butun xalq, hech bo‘lmaganda o‘zining siyosiy faol qismi vakilligida maydonga chiqadi.
Din falsafasi dinga nisbatan falsafadir. U dinning ma’nosi va mazmunini, dinning insonning individual hayoti va ijtimoiy turmushidagi o‘rnini oydinlashtirish masalalari bilan shug‘ullanadi.
Falsafaning din bilan munosabatdoshligi, har ikkisining ijtimoiy ong va nazariy faoliyatning alohida shakli sifatida paydo bo'lgan vaqtdan boshlab doimiy ravishda birga yashab kelayotgani falsafaning muhim xususiyallaridan biri hisoblanadi.
Dinni tadqiq etish tarixan har doim falsafaning obyekti bo'lib kelgan. Ilk davrlarga tatbiqan olganda din haqidagi ayrim falsafiy bilimlarning paydo bo’lishi va rivojlanishi to‘g‘risida gapirish mumkin. Din falsafasining falsafa ilmining maxsus predmet sohasi sifatida shakllanib borishi XVIII—XIX asrlardayoq B. Spinoza, F.Shelling, G.Gegel, L.Feyerbax kabi faylasuflar, shuningdek, F. Shleyermaxer, T.Til, S.Kerkegor va boshqa shu kabi ilohiyotchi olimlar yaratgan ilmiy manbalar samarasi o'laroq amalga oshdi. XX asrda din muammolari turli falsafiy oqimlarning ko‘zga ko‘ringan namoyandalari asarlarida tadqiq etildi.
Falsafiy-diniy konsepsiyalar dinni zamonaviy falsafaning tegishli yo'nalishlari nuqtayi nazaridan — naturizm, materializni, ekzistensializra, pragmatizm, pozitivizm, tahliliy falsafa, neopozitivizm va boshqa shu kabilar, shuningdek, zamonaviy Sharq falsafasining turli maktablari nuqtayi nazaridan talqin etadi. Hozirgi vaqtga kelib, din falsafasi o‘zining muammolari, pred- metiga ega bo‘lgan nisbatan mustaqil falsafa fani sifatida shakllandi5.
Din falsafasi — dinshunoslik bilan falsafaning to‘qnashadigan nuqtadagi ilmdir. U bir tomondan dinshunoslikning, ikkinchi tomondan falsafaning bo‘limidir.
Dinshunoslik ko’ptormoqli tadqiqot majmui, din tarixi, fenomenologiyasi, dinning turli ko‘rinishlarini tadqiq etuvchi, sintezga asoslangan fandir. Dinni turli aniq fanlar tadqiq etadi. U, shuningdek, dinning o‘zining, ya’ni Xudoning haqiqatini ochish asosida dinni asoslashni maqsad qilib olgan konfessiyaviy dinshunoslikning tadqiqot obyektidir.
Din bilan fan nuqtayi nazaridan shug'ullanuvchi tarix, sotsiologiya, psixologiya, iqtisodiyot va boshqa shu kabi aniq fanlardan farqli ravishda falsafiy dinshunoslik dinni bir butun holda, mohiyat jihatidan, Inson - Olam munosabatlari, cheklilik va cheksizlik aloqasi rakursida ko‘rib chiqadi. Falsafiy dinshunoslik dinni inson hayoliy faoliyatining fenomeni, madaniyat fenomeni sifatida tadqiq etadi. Dinni o‘rganuvchi aniq fanlarga nisbatan falsafiy dinshunoslik metanazariya va metodologiya sifatida maydonga chiqadi.
Falsafiy dinshunoslik diniy (konfessiyaviy) dinshunoslikdan farqli olaroq, dinni falsafiy bilishning tabiati nuqtayi nazaridan ko‘rib chiqadi. U ilohiy voqelikning o’zi bilan emas, balki diniy munosabatlar bilan, ya’ni insonning ilohiy voqelik sifatida idrok etiladigan voqelikka bo‘lgan munosabati bilan shug‘ullanadi. Aynan shu yo'sinda tushuniladigan diniy munosabatlar, eng avvalo, ularning ma’rifiy, lognitiv vazifalari falsafiy dinshunoslikning predmeti hisoblanadi.
Diniy falsafa dinga tatbiqan falsafa kategoriyalari va uslublaridan foydalangan holda, ontologiya, gnoseologiya, ijtimoiy falsafa g‘oyalarini aniqlashtiradi. Falsafiy dinshunoslikning vazifasi dinning mohiyati, tabiati, qimmati va vazilalari bilan bog‘liq muammolari tadqiq etishdan iboratdir.
Cherkov dinshunosligidan farqli ravishda, falsafiy dinshunoslik dinga nafaqat ijobiy nuqtayi nazardan, balki tanqidiy, hatto nigilistik nuqtayi nazardan ham yondashishi mumkin. Din falsafasi vujudga kelganidan buyon deyarli hamma vaqt dinni tanqid ostiga olib kelgan.
Din falsafasi falsafaning bir qismi sifatida Xudo to‘g‘risidagi, ilohiy mo­hiyat haqidagi fikr-mulohazalar bilan bog‘liq holda falsafa bilan shug'ullanish demakdir. U falsafa ilmining nisbatan mustaqil qismi bo’lib, eng avvalo, falsafiy teologiya sifatida maydonga chiqadi. Falsafiy ilohiyot har qanday dinning konseptual, nazariy qismini ifodalovchi ilohiy aqoidlar bilan bevosita aloqadorlikda va ayni paytda ulardan farqli ravishda mavjuddir.
Fanda taxminan besh mingta din ma'lum bo‘lib, ular rang-barang diniy shakllari va til ifodasidagi o'ziga xos xususiyatlari bilan ajralib turadi. Bunday holat din tushunchasi va ta’fini ishlab chiqish, ya’ni “din nima?” degan savolga javob topish muammosini bir qadar murakkablashtirib yuboradi. Hozirda dinning taxminan 250 ta ta’rifi, shu jumladan, diniy, ya’ni teologik ta’rifi, aniq fanlarning qoidalari va empirik maleriallari asosida shakilanadigan ta’riflari, shuningdek, dinning mohiyatini ochib berishga da’vogarlik qiluvchi falsafiy ta’riflari mavjud.

Download 68.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling