12-mavzu. Olimning profesionallashuvi va ijtimoiy ma`suliyati. İlmiy tadqiqotda ijtimoiy etika. Reja


Hozirgi zamon axloq falsafasining muhim muammolari


Download 68.07 Kb.
bet3/9
Sana09.02.2023
Hajmi68.07 Kb.
#1182397
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
12 Mavzu IDM

Hozirgi zamon axloq falsafasining muhim muammolari. XIX-XX asrlardagi falsafiy ta’limotlardan axloqiy muammolarga eng ko’p etibor qaratganlar per­sonalizm, “hayot falsafasi”, ekzistensializm va boshqalar edi. Personalizm nuqtayi nazaricha, shaxslarning o‘z-o‘zlarini axloqiy kamolot sari yo‘llashi to‘la ijtimoiy uyg’unlikka olib kelishi mumkin. Nemis personalizmi asoschilaridan biri M.Sheler (1874—1928) fikricha, insonda ikki bir-biriga qarshi bo'lgan ibtidoning kurashi: axkloqiylik va “hayot kuchi” yuz beradi. Inson birinchisiga yoki ikkinchisiga intilishi mumkin. Muammo shundaki, inson qanchalik axloqiy, ma’naviy jihatdan boy bo‘lsa, u shunchalik “hayotiy kuch” jihatidan zaif bo‘ladi.
F. Nitsshe “hayot falsafasi”ning eng yorqin vakillaridan biridir. Shelerdan farqli o‘laroq, u o'zining butun kuchi va oshkoraligi bilan “hayot kuchi” (vitalizm)ni targ‘ib qilib, ma’naviy qadriyatlar va axloqsizlikka mensimaslik bilan qaraydi.
Ekzistensializm ta’limoti amalan butunlay axloqiy muammoga bag‘ishlangan. Bu ushbu falsafiy yo‘nalishning kelib chiqish davri bilan bog‘liqdir: birinchi jahon urushining oxiri va ikkinchi jahon urushining arafasi. Insoniyatning barcha muammolarining keskinlashuvi (ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy va hokazo) axloqiy masalalarda o‘z ifodasini topmasdan iloji yo‘q edi. Ekzistensializm o‘z manbasini shu yerdan olib, hayot ma’nosi, vino, xavf-xatar, haqiqat, adolat, bema’nilik, isyon, ozodlik va boshqa shu kabi muammolarga katta qiziqish bilan yondashadi. Ekzistensializmda axloqiy tanlash muammosi haqiqatan ham har tomonlama xususiyat kasb etdi. Yirik fransuz ekzistensialisti J.P.Sartr (1905-1980) yozgan edi: “Mavjud bo‘lish uchun inson biror narsani tanlashi lozim, ichki tomondan ham, tashqaridan ham unga biror narsa kelmaydiki, uning uchun uni qabul qilishgina qolgan bo‘lsin. Inson butunlay va qaytarilmas darajada shunga mustahaq etilganki, u o‘z mavjudligini eng mayda juz’iy qismlarigacha juda ham zaruriy tarzda o‘zi yaratishi kerak”.
XX-XXI asrlar orasi faqat siyosiy, bilish va boshqa jihatlardangina emas, balki ma’naviy-axloqiy muammolardagi yangi yo‘nalish va yondoshishlarning shakllanishi jihatidan ham haqiqatan burilish nuqtasi bo‘ldi. Jumladan, biologik axloq, tabiat axloqi, ekologik axloq va shu kabi yo'nalishlar shakllandi. Shunday qilib, axloqiy mas’uliyat doirasining kengayishi yuz berdi. Masalan, biologik axloq ta’limotining asoschilaridan biri bo‘lgan ingliz faylasufi R.Atfild hech bir istesnosiz barcha yirik mavjudotlarni axloqiy maqoniga ega qilib qo‘yadi. “Yer yuzi axloqi” ta’limotining asoschilaridan biri O.Leopold undan ham o‘zib ketadiki, uning fikricha, faqat biologik obyektlargina emas, balki ekologik tizimlar ham, biosfera, yer yuzi ham to‘laligicha axloqiy maqomga egadirlar.
Axloq falsafasida yangi yo‘nalishlarning shakllanishi, hali unda an’anaviy ma’naviy-axloqiy muammolarga qiziqishning barham topishi ma’nosini anglatmaydi. Ezgulik va illatlar, hayot va o’lim, yaxshilik va yomonlik, to‘g‘rilik va egrilik, ulug'vorlik va pastkashlik, altruizm va xudbinlik - bu va boshqa ko'plab masalalar asrlar davomida faqatgina faylasuflarnigina emas, insoniyatning eng asl aql egalarini doim qiziqtirib kelgan.
Mustaqil O‘zbekistonning milhy g'oyasini shakllanishi va rivoji do‘stlik, xayrixohlik, mehr-shafqat, mehnatsevarlik, poklik, kattalarga hurmat, bag'rikenglik, ma’rifatparvarlik kabi axloqiy qadriyatlar bilan bog’liqdir4. Jamiyatning haqiqiy gullab-yashnashi, taraqqiyoti faqat shundagina mumkinki, agarda unda ma’naviy-axloqiy asos mustahkam o‘rnatilgan bo‘lsa.
Ushbu paragrafni A. Eynshteynning so‘zlarini keltirish bilan tugallash maqsadga muvofiqdir; “Oxir oqibatda insoniy qadriyatlarning barchasini asosida axloqiylik yotadi”.
Neytralizm - bu biotik omillarning turlararo o'zaro ta'siri. Ikkala tur ham bir-biriga ta'sir qilmaydi. Tabiatda haqiqiy neytrallik juda kam uchraydi yoki hatto imkonsizdir, chunki barcha turlar o'rtasida bilvosita munosabatlar bo'lishi mumkin. Shu munosabat bilan, neytralizm tushunchasi ko'pincha turlar o'rtasidagi o'zaro ta'sir kuchsiz yoki ahamiyatsiz bo'lgan holatlarga kengaytiriladi.
Siyosat” (politika) tushunchasi qadimgi Yunonistonningpolis” (shahar, jamiyat) manosiga borib taqaladi va ananaviy ravishda inson faoliyati doirasining hukmronlik bilan bogliq bolgan munosabatlari, davlat va ijtimoiy ishlarni boshqarish, ijtimoiy guruhlar, xalqlar, davlatlar taqdiri bi­lan bogliq bolgan mamuriyatchilikni bildiradi.

Download 68.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling