12-mavzu. Olimning profesionallashuvi va ijtimoiy ma`suliyati. İlmiy tadqiqotda ijtimoiy etika. Reja
Download 68.07 Kb.
|
12 Mavzu IDM
Siyosat — bu hokimiyatni egallashga, uni ushlab qolishga, mustahkamlash va amalga oshirishga qaratilgan faoliyatdir. Siyosat faqat faoliyat doirasigina emas, balki fan va san’at xususiyatlariga ham egadir. Ijtimoiy taraqqiyot qonunlarining kashf etilishi siyosat uchun ilm-fan belgilarini kasb etishga imkon berdi. Boshqa bir tomondan, siyosat ijtimoiy jarayonlarni subyektiv tomonidan ish ko‘rishga olib keladi, shaxsiy tajriba, ichki tuyg‘u, ijodiy yondoshish va hokazolardan foydalanadi. Bu unga san’at belgilarini beradi. Shuning uchun siyosatni “boshqarish san’ati”, “hokimiyat san’ati” sifatida ifodalaydilar.
Fransuz tadqiqotchisi J.M. Denken “siyosat” tushunchasining uch asosiy jihatini ko‘rsatib o‘tadi: a) siyosat boshqaruv sifatida soha, amaliyot doirasini (“ijtimoiy siyosat, “iqtisodiy siyosat”, “harbiy siyosat” va shunga o‘xshashlarni) bildiradi; b) siyosat strategiya sifatida. Bunday tushunchada siyosat ma'muriy maqsadlar mohiyati va ijtimoiy subyektlar faoliyatini (alohida olingan shaxslar, ijtimoiy guruhlar, davlatlar va hokazolarni) ochib beradi; v) siyosat qadriyatli hukm sifatida. Bu ma’noda “siyosat “yaxshi” yoki “yomon”, “axloqiy” yoki “axloqsiz”, “insonparvar” yoki “insoniyatga qarshi", “foydali” yoki “foydasiz” va hokazolar sifatida ifoda qilinishi mumkin. Shuningdek, “siyosat” tushunchasining tarixiy jihatini ham alohida ajratib ko'rsatish mumkin: bu uzoq va yaqin o‘tmishda hukmron kuchlarning faoliyat tarzining xilma-xilligi, ularning niyatlari va maqsadlarini (“Amir Temurning siyosati”, “Oltin O‘rda siyosati”, “Buyuk mo‘g‘illar imperiyasi siyosati” va hokazolar) o‘z ichiga oladi. Jamiyatshunoslik jihatidan siyosat tushunchasi deganda davlat va ijtimoiy hayotning joriy voqealari muammolarining majmuasi tushuniladi: “nizolarni bartaraf qilish siyosati”, “qishloq xo‘jalik siyosati”, “xususiylashtirish siyosati” va boshqalar. Siyosat ijtimoiy hodisa sifatida hamma vaqt ham mavjud bo‘lmagan. Uning paydo bo‘lishi ijtimoiy hayot jarayonlarining murakkablashuvi, inson ehtiyojlari tizimining doimiy rivojlanishi, borgan sari turli xildagi yangi faoliyat turlarining kelib chiqishi va nihoyat davlat va huquq singari ijtimoiy institutlarning paydo bo‘lishi bilan bog’liqdir. Shuni aytish mumkinki, siyosat alohida olingan shaxslar va guruhlar o'rtasida tabiiy muvofiqlik bo’lmagan ammo murosa bilan ish yuritishga aniq ehtiyoj bo'lgan vaqtda va o'sha yerda paydo bo‘ladi. Ijtimoiy guruhlar, jamoalar, alohida olingan shaxslarning o‘zaro ta’siri shundagina siyosiy xususiyat kasb etadiki, ularning da’volari va talablari davlat aralashuvisiz amalga oshishi mumkin bo'lmay qolganligi ayon bo‘lganda. Siyosatni shartli ravishda quyidagi asosiy sohalarga ajratib chiqish mumkin; siyosat inson faoliyati sifatida, siyosiy institutlarning, hokimiyat organlari va boshqaruv vazifalarini bajaradi; -- siyosat mazkur jamiyatda amal qiladigan siyosiy mafkura, orzular, ta’limotlar va qadriyatlarning majmuasi sifatida; siyosat siyosiy yo'nalish sifatida (ijtimoiy subyektlarning alohida olingan shaxsdan tortib, umuman insoniyat darajasidagi tajribalari, ehtiroslari, ko‘rsatmalari); siyosat ijtimoiy-aloqaviy jarayonlarning turli ko'rinishi sifatida. Umuman siyosat - bu jamiyat taraqqiyoti tamoyillarini topish, uning o‘zgarishlarini oldindan aytish, kerakli chora-tadbirlarni va ularni amalga oshirish vositalarini ishlab chiqish, siyosiy sohada jamiyat manfaatlari va ehtiyojlarini shakllantirishdir. Siyosat — bu murakkab, ko‘p qirrali faoliyat bo’lib, fan va san’at unsurlarini ham o‘zida mujassamlashtiradi. Download 68.07 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling