Siklodol O’zbekiston davlat reyestriga va asosiy dori vositalari ro’yxatiga trigeksifenidil nomi bilan kiritilgan.
Preparatlar.
L e v o d o p a (Levodopa) 0,25 va 0,5 g dan kapsulada va tabletkada ishlab chiqariladi. Boshlang.ich dozasi 0,25 g dan kuniga bir marta, keyinchalik har 2.3 kunda 0,25 g ga oshirib boriladi. Bir kecha-kunduzlik maksimal dozasi 6 g.
M i d a n t a n (Midantanum) 0,1 g dan parda bilan qoplangan tabletka shaklida ishlab chiqariladi. 1 tabletkadan kuniga 2.4 marta ovqatdan keyin ichiladi. Davo kursi 2.4 oy.
S i k l o d o l (Cyclodolum) 0,001; 0,002; 0,005 g dan tabletka shaklida ishlab chiqariladi. 0,001.0,002 g dan ichish uchun kuniga 2.3 marta beriladi. Bir martalik yuqori dozasi . 0,01 g; kechakunduzlik dozasi ham 0,01g.
Rp.: Tab.Diphenini N. 20
D.S. 1 tabletkadan kuniga 2.3 marta ovqatdan keyin ichish uchun.
#
Rp.: Tab. Midantani 0,1 N. 100
D.S. 1 tabletkadan kuniga 2.3 marta.
#
Do'stlaringiz bilan baham: |