12-Mavzu: Uxlatuvchi vositalar. Tutqanoqka qarshi vositalar. Parkinsonizmga qarshi vositalar. Uxlatuvchi vositalar
Parkinson kasalligi va parkinsonizm
Download 27.79 Kb.
|
Фармакология 12-дарс (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- -dofaminergik retseptorlarni qo.zg.atuvchi (dofaminergik) preparatlar
Parkinson kasalligi va parkinsonizm (Parkinson kasalligiga o’xshash simptomlar alomatlar bilan kechadigan holat) tana mushaklari tonusining oshishi, normal harakatlarning qiyinlashib qolishi (spastik holat), qo’l-oyoqlar, boshning to’xtovsiz harakatda titrab, tebranib, tremor) turishi, yuz tuzilishining o’zgarib (niqoblanib) qolishi va boshqa belgilar bilan kechadi. Bu kasallikda dofamin mediatorining kamayib ketishi natijasida tormozlanish ta’sirining zaiflashishi kuzatiladi. Demak, bu xastalikning davosi uchun ikki tizimning muvozanatini saqlab turadigan yoki dofaminergik va xolinergik tizimga ta.sir etuvchi preparatlar ishlatilishi o.rinlidir. Shu maqsadda quyidagi preparatlar qo’llanadi:
-dofaminergik retseptorlarni qo.zg.atuvchi (dofaminergik) preparatlar (levodopa, madopar, midantan, gludantan, memantin); -xolinergik tizimni tormozlaydigan (atsetilxolinergik) preparatlar (siklodol, tropatsin, biperiden, didipel.). Bemorga davo ko’rsatishda bu dori preparatlari uzoq vaqt davomida beriladi va ular vaqt-vaqti bilan almashtirib turiladi. Levodopa. Preparat gematoensefalik to.siqdan o’tib, neyronlarga kira oladigan va dofaminni ko.paytiradigan dori vositasi hisoblanadi. Dofaminning oshishi esa kasallik alomatlarini kamaytiradi. Levodopa harakatsizlanish (akineziya)ga ko’proq, mushaklarning tonusi oshishi (rigidlik)ga kamroq, mushaklar titrashi (tremor)ga yanada kuchsizroq ta.sir etadi. Preparatning ta’siri sekin-asta namoyon bo’lib, bir haftadan keyin boshlanadi va bir oy mobaynida samarasi yuzaga chiqadi. Dori ta’sirida nutq yaxshilanadi, so’lak oqishi kamayadi. Levodopa bilan davo qilishda uning dozasini oshirib turish tavsiya etiladi. Preparat ovqatdan keyin ichiladi. Ko.pincha levodopa markaziy va periferik xolinoblokatorlar bilan birga tavsiya etilmaydi. Uning karbidopa preparati bilan birga qo’shilgan preparati (karbidopa-levodopa) Respublika davlat reyestriga kiritilgan. Midantan . dofaminergik retseptorlarning sezuvchanligini oshiradi, neyronal depodan dofaminning ajralishini ko’paytiradi, uning qaytadan depoga so.rilishini kamaytiradi. Preparat ta’sirida akineziya va rigidlik ancha kamayadi. Tremorga deyarli ta’siretmaydi. Siklodol. Farmakologik ta.siri bo.yicha markaziy va periferik ganglioblokator hisoblanadi. Bunda harakatlantiruvchi impulslarning neyronlararo o’tishi to’siladi. Natijada rigidlik va akineziya sezilarli darajada kamayadi. Titroq holatiga esa ta’siri kuchliroq. Preparat og’iz orqali qabul qilinganida so’lak oqishi, terlash qisman kamayadi. Preparat glaukoma kasalligida, taxiaritmiya va adenomada qo’llanilmaydi. Download 27.79 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling